Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Mahsulotlarning turli XIL turlari Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar


Download 80.9 Kb.
bet4/5
Sana15.02.2023
Hajmi80.9 Kb.
#1202649
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Reja

3. Umumiy resurslar.
Umumiy resurslar, xuddi ommaviy mahsulotlar kabi iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas: ular iste’mol qiluvchilar uchun mavjud va bepul. Shu bilan birga umumiy resurslar cheklanganlik xususiyatiga ega: biror kishining umumiy resurslarni iste’mol qilishi boshqa bir kishining ularni iste’mol qilish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi.
Shunday qilib, umumiy resurslar yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Atroflicha o‘rganib chiqilgandan so‘ng siyosatchilar umumiy resurslarni qanday hajmda iste’mol qilinayotganligi haqida qayg`urishlari lozim. Bu masalani Umummilliy resurslar fojeasi hikoyasidan to‘liqroq anglash mumkin.
Umummilliy resurslar fojeasi.
O‘rta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini ko‘rib chiqamiz. Shaharchada mavjud ko‘pgina iqtisodiy faoliyat turlaridan eng muhimlaridan biri - bu qo‘y yetishtirish edi. Shahardagi ko‘pgina oilalar qo‘ylarni yetishtiruvchi xo‘jalikka (fermalarga) ega edilar, ular qo‘ylarning yunglarini keyinchalik kiyim-kechak sifatida ishlatish uchun sotishar edi.
Bizning hikoyamiz boshlangan vaqtda qo‘ylar ko‘pgina vaqtlarini shaharni qamrab olgan Umumiy Maydon deb nomlanuvchi umumiy yerlarda (yaylovlarda) yotib o‘tkazishar edi. Shaharda hech bir oila o‘zining shaxsiy er maydoniga ega emas edi. Buning o‘rniga aholi kollektiv (jamoa) er maydonlariga (yaylovlariga) ega bo‘lib, o‘z qo‘ylarini mazkur erlarda boqishar edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi samara beradi, chunki erlar yaxshi ko‘rinishda saqlanadi. Kishilar o‘zlari uchun shaxsiy er maydonlarini ajratib olgunlariga qadar Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan xususiyatga ega edi va kishilarni qo‘y yetishtirishlarida hech qanday to‘siqlar mavjud emas, bir so‘z bilan aytganda hamma baxtli edi.
Yillar o‘tishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar ravishda Umumiy Maydonda boqilayotgan qo‘ylar soni ham ortib borar edi. Yer maydonining o‘zgarmas hajmida qo‘ylar sonining ortib borishi yerning o‘zini o‘zi qayta tiklash qobiliyatini kamaytirib borar edi. Oxir oqibat yerni tarkibi shu darajada yomonlashib ketdiki natijada u o‘zining hosildorlik darajasini butkul yo‘qotdi.
Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qo‘ylarni etishtirish imkonsiz va qachonlardir rivoj topgan yung etishtirish sanoati o‘z o‘zidan yo‘qolib boradi. Ko‘pgina oilalar o‘zini o‘zi ta’minlash uchun daromad manbalarini yo‘qotishadi. Xo‘sh, ushbu muammoning yuzaga kelish sabablari nima? Nega cho‘ponlar qo‘ylar sonini Umumiy Maydonni ishdan chiqarish darajasigacha o‘sishiga yo‘l qo‘yishdi? Muammo shundaki, ommaviy va xususiy rag`batlar (manfaatlar) tubdan farq qiladi.
Hosildor erlar sifatini saqlab qolish cho‘ponlarning birgalikdagi jamoaviy harakatlariga bog`liq. Agar cho‘ponlar birgalikda harakat qilishganida edi, ular qo‘ylar sonini Umumiy Maydon quvvati yetadigan darajada saqlab qolishlari mumkin edi. Biror bir oila uning qo‘ylari sonini kamaytirishdan manfaatdor emas, lekin har bir qo‘ylar guruhi aslida umumiy muammoning alohida bir bo‘lagi hisoblanadi.
Aslini olganda, umummilliy resurslar fojeasi tashqi ta’sirlarni o‘rganmaganlikdan kelib chiqadi. Bir oilaning qo‘ylari umumiy maydonda boqilganda bu o‘z o‘zidan ikkinchi bir oila qo‘y boqishi mumkin bo‘lgan er maydoni sifatini yomonlashtiradi. Kishilar yaylovda qancha qo‘y boqish mumkinligini aniqlashayotganda bu kabi tashqi masalalarga befarqlik bilan yondoshishadi, natijada qo‘ylarning umumiy soni haddan ziyod ortib ketadi.
Agar muammo ilgariroq ko‘rib chiqilganda, shahar aholisi buning yechimini turli usullar bilan topgan bo‘lar edi. Buni har bir oiladagi qo‘ylar sonini cheklash, ularning ma’lum bir soni uchun soliq joriy etish yoki qo‘ylarning ma’lum bir sonini boqish huquqini auksion savdolarida sotish kabi usullar bilan tartibga solish mumkin edi. Ya’ni o‘rta asrlardagi shahar qo‘ylar sonining haddan ziyod ortib ketishi muammosini zamonaviy jamiyat atrof-muhitni ifloslanishiga qarshi kurashayotgan usullar orqali bartaraf etishi mumkin edi.
Buning ustiga er bilan bog`liq holat uchun yana ham soddaroq usullar mavjud: shahar er maydonini barcha oilalarga teng bo‘lib berishi mumkin edi. Har bir oila o‘z er maydonini to‘siqlar bilan chegaralashi, keyinchalik uni chorva sonining haddan ziyod ko‘p bo‘lishidan himoyalashi mumkin edi. Shunday qilib, er umummilliy resurs emas, balki xususiy mulkka aylana boshlaydi. Bu narsa aslida XVII asrda Angliyada o‘rab olish vaqtida yuz berdi ham.
Umummilliy resurslar fojeasi umumiy saboqqa ega: qachonki biror kishi umumiy resursdan foydalanganda, u albatta boshqalarning undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Aynan mana shu salbiy samara tufayli umummilliy resurslardan ehtiyotsizlik bilan foydalaniladi. Davlat umummilliy resurslar iste’molini kamaytirish maqsadida ushbu muammoni tartibga solish choralari yoki soliqlar orqali hal etishi mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralganda, davlat gohida umummilliy resursni xususiy mulkka aylantirishi ham mumkin.
Bu hikoya (dars) ming yillar davomida barchaga saboq bo‘ldi. Qadimgi grek faylasufi Aristotel umummilliy resurslar haqida shunday degan: “Barcha uchun birdek mavjud bo‘lgan ne’matlarga odatda kamroq e’tibor beriladi, sababi kishilar o‘zining shaxsiy buyumlariga boshqalar bilan birgalikda egalik qilayotgan buyumlariga qaraganda ko‘proq hurmat bajo keltirishadi”.

Download 80.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling