Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Mahsulotlarning turli XIL turlari Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar


Download 80.9 Kb.
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi80.9 Kb.
#1202649
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar. Reja

Mudofaa tizimi. Mamlakatni xorijiy bosqinchilardan himoya qiluvchi mudofaa tizimi bunga klassik misol bo‘la oladi. Butun mamlakat himoyalangandan keyin biror bir kishini bu mahsulotning (xizmatning) iste’molidan, ya’ni tinchlikdan bahra olishdan mahrum qilib bo‘lmaydi. Undan tashqari biror kishi mudofaa tizimidan foydalanayotganda, u boshqa bir kishini bu mahsulotdan (xizmatdan) foydalanishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Shunday qilib, mudofaa tizimi iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ham cheklanganlik xususiyatiga ham ega emas.
Shu bilan birga mudofaa tizimi eng serharajat ommaviy mahsulot hisoblanadi. 2007-yilda AQSh federal hukumati mudofaa tizimiga 553 milliard so‘m mablag` sarfladi, ya’ni aholi jon boshiga 1800 so‘m. Bu mablag`ning ko‘p yoki kamligi yuzasidan aholi o‘rtasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lganiga qaramay, hech kim mudofaa tizimi uchun davlat harajatlari zarur ekanligini inkor etmaydi. Davlatning o‘ziga hos himoyachilari bo‘lgan iqtisodchilar ham mudofaa tizimining ommaviy mahsulot ekanligini inobatga olib, uni davlat tomonidan ta’minlanishini yoqlashadi.
Fundamental ilmiy tadqiqotlar. Bilim ilmiy tadqiqotlar asosida yuzaga keladi. U yoki bu davlatning bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan siyosatini baholashda umumiy bilimlarni aniq texnologik bilimlardan farqlash zarur. Uzoqroq muddat xizmat qiluvchi batareykalarni ixtiro qilish, kichikroq hajmdagi mikrochiplarni yaratish yoki yaxshiroq musiqa eshitish asbobini ishlab chiqishga o‘xshagan aniq texnologik bilimlar odatda patentlangan bo‘lishi mumkin. Patent ixtirochiga ma’lum bir muddatda u yaratgan yoki ixtiro qilgan sohada faoliyat yuritish uchun alohida huquqni beradi. Boshqa shaxslar patentlangan ma’lumotlardan foydalanganlik huquqi uchun ixtirochiga haq to‘lashadi. Boshqacha aytganda patent ixtirochining bilimini iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega qiladi.
Bunga qarama-qarshi ravishda umumiy bilimlar ommaviy mahsulot hisoblanadi. Masalan, matematik olim teoremani patentlay olmaydi. Teorema isbotlanganidan so‘ng bilim iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ega bo‘lmaydi. Teorema umumiy foydalanishdagi bilimlar sirasiga kiradi, har kim biror-bir ayblovsiz undan foydalanish huquqiga ega. Teorema shuningdek, iste’molda ta’qiqlangan ham emas, biror kishini teoremadan foylanishi boshqa bir kishini undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytirmaydi.
Daromad olishga intilgan firmalar keyinchalik ularni patentlash yoki qayta sotish hisobiga ko‘proq daromad olishni ko‘zlab, tayyor ilmiy tadqiqotlar hisobiga yangi loyihalarni ishlab chiqishga juda ko‘p mablag` ishlatishadi, biroq ular fundamental ilmiy izlanishlarga ko‘p mablag` sarf etishmaydi. Bunda ularni rag`batlantiruvchi omil - ilgari boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy bilimlarga mablag`ni iqtisod qilish. Buning natijasi o‘laroq, u yoki bu davlat siyosatining mavjud emasligi tufayli jamiyat yangi fundamental ilmiy izlanishlarga juda kam resurs sarflaydi.
Davlat ommaviy mahsulot hisoblangan umumiy bilimlarni turli xil usullar bilan ta’minlashga harakat qiladi. Sog`liqni saqlash milliy instituti va Milliy ilmiy jamg`arma kabi davlat idoralari tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, biologiya va hatto iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda fundamental tadqiqotlar uchun turli xil subsidiyalar ajratadi. Ba’zi kishilar davlatning kosmik dasturlarni moliyalashtirish siyosatini ularni jamiyatda umumiy bilimlarni kuchaytirilishiga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi tufayli yoqlashadi (biroq ba’zi olimlar kosmik sayohatlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarga skeptik yondoshishgan). Olinayotgan foydani aniqlash qiyinligi hisobiga davlat tomonidan mazkur urinishlarga mustahkam qo‘llab-quvvatlashni aniqlash qiyin. Bundan tashqari, mazkur tadbirlarga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag`larni tasdiqlab bergan Kongress a’zolari ushbu yo‘nalishlarda yetarlicha bilim va tajribaga ega emas, bu tadbirlarning samarali ekanligini aniqlab berishga qodir emaslar. Shunday qilib, fundamental izlanishlar ommaviy mahsulot bo‘lgan bir paytda davlatni ularni kerakli hajm va yo‘nalishlarda moliyalashtirishga qodir emasligiga hayron bo‘lishimiz kerak emas.
Qashshoqlikka qarshi kurashish. Ko‘pgina davlat dasturlari nochorlarga yordam berishga yo‘naltirilgan. Ijtimoy himoya qilish tizimi (rasman yordamga muhtoj oilalarga vaqtincha ko‘mak deb nomalanadi) ayrim nochor oilalarga katta bo‘lmagan daromadni ta’minlab beradi. Undan tashqari, oziq-ovqat talonlari dasturi kam daromadli kishilarga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni subsidiyalaydi, shuningdek, turli xil uy-joy bilan ta’minlash davlat dasturlari ularni yashash joylari bilan ta’minlab beradi. Qashshoqlikka qarshi kurashishga yo‘naltirilgan ushbu dasturlar moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lgan oilalar tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Iqtisodchilar qashshoqlikka qarshi kurashishda davlatning tutgan roli borasida o‘zaro hamfikr emaslar. Biz mazkur masalani 20-bobda atroflicha o‘rganib chiqishimizga qaramasdan, hozir muhim bir jihatga e’tibor qaratamiz: qashshoqlikka qarshi kurashish tarafdorlari ushbu kurashishni ommaviy mahsulot hisoblashadi. Hatto, barcha qashshoqlik mavjud bo‘lmagan jamiyatda yashashni xohlasa-da, qashshoqlikka qarshi kurashish umuman olganda “yaxshi” tadbir emas, sababi bu masalalar shaxsiy tartibda amalga oshirilishi zarur.
Qashshoqlikni bartaraf etish maqsadida, aytaylik, kimdur boy kishilar jamiyatini tashkil etdi. Ular ommaviy mahsulotlar taqdim etishadi. Bu iste’molda cheklangan mahsulot bo‘lmaydi: biror kishini qashshoqlik mavjud bo‘lmagan jamiyatda yashashi boshqa bir kishini ana shu jamiyatda yashashiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ham ega bo‘lmaydi: qashshoqlik bartaraf etilgandan so‘ng kimdur, hech kim bundan mahrum etilmaydi.
Natijada, “tekinxo‘rlar” qashshoqlikka qarshi kurashishda ishtirok etmasdan turib qashshoqlik mavjud bo‘lmagan sharoitda yashash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“Tekinxo‘rlar” muammosi tufayli qashshoqlikni xususiy homiylik yordamlari hisobidan bartaraf etish, turgan gapki, mumkin emas. Shu bilan birga, davlatning aralashuvi ushbu masalani hal etishi mumkin. Nochorlarning hayot tarzini ko‘tarishni ko‘zlab boylarni soliqqa tortish hammasini yaxshilashi mumkin. Nochorlar baxtli – sababi ular yaxshi hayot tarziga ega bo‘lishayapti, boylar baxtli – sababi ular qashshoqlar nisbatan kam bo‘lgan jamiyatda yashashni yaxshi ko‘rishadi.
Keys. Mayoqlar ommaviy mahsulotmi?
Ba’zi bir mahsulotlar sharoitga qarab ommaviy mahsulotdan shaxsiy mahsulotga aylanishi mumkin. Masalan, agar mushakbozlik aholisi ko‘p bo‘lgan shaharda o‘tkazilsa u ommaviy mahsulotdir. Shu bilan birga, bu tadbir Walt Disney World kabi shaxsiy ko‘ngilochar xiyobonlarda o‘tkazilsa, mushakbozlik xxususiy mahsulotga ko‘proq to‘g`ri keladi, sababi xiyobonga kirish uchun alohida to‘lov amalga oshiriladi.
Boshqa bir misol sifatida mayoqni ko‘rishimiz mumkin. Iqtisodchilar anchadan beri mayoqlarni ommaviy mahsulot namunasi sifatida ishlatib kelishayapti. Mayoqlar dengizda ma’lum bir hududlarni yoritib beradi va ular yordamida suv kemalari begona suv hududlaridan xalos bo‘lishadi. Mayoqlarning kema kapitaniga beradigan foydasi iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ham cheklanganlik xususiyatiga ham ega emas, shuning uchun ham har bir kapitan mayoqlardan yo‘l yorituvchi vosita sifatida foydalanib ularga haq to‘lamasdan mustaqil harakat qilishlari mumkin. “Tekinxo‘rlar” muammosi tufayli, xususiy bozorlar kapitanlarni ular uchun zarur bo‘lgan mayoqlar bilan ta’minlab bera olishmaydi. Aynan shu sababli hozirda ko‘pchilik mayoqlar davlat nazoratida bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, ayrim holatlarda mayoqlar xususiy mahsulotlarga yaqin bo‘lishadi. XIX asrda Angliya qirg`oqlarida, masalan, bir qator mayoqlar xususiy mulk sifatida boshqarib kelingan. Mayoqlardan foydalanish uchun kema kapitanlari emas, balki yaqin atrofdagi port egalari haq to‘lashgan. Agarda port egalari mayoq uchun haq to‘lashmasa, mayoq egalari uni o‘chirib qo‘yishgan va kemalar, turgan gapki, bu portda to‘xtamasdan o‘tishgan.
U yoki bu mahsulot ommaviy mahsulotga mansub ekanligini aniqlashda, avvalo uning egasi kim ekanligiga va ushbu benefitsiarlar iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ega yoki yo‘qligiga e’tibor qaratish zarur. Qachonki mahsulot iste’molchilari soni ko‘p va ulardan u yoki bunisini ajratish imkoni bo‘lmasa “tekinxo‘rlar” muammosi yuzaga keladi. Agar mayoq bir qancha kapitanlarga xizmat ko‘rsatsa bu ommaviy mahsulot, va shu bilan birga u birgina port egasiga xizmat ko‘rsatsa, xususiy mahsulot hisoblanadi.
Harajatlar va daromadlarni tahlil qilishning murakkab jihati
Shu vaqtgacha biz ko‘rib chiqdikki, xususiy bozorlar samarali miqdorda ta’minlay olmaganligi sababli ommaviy mahsulotlarni davlat ta’minlab beradi. Shu bilan birga, davlat faqatgina birinchi qadamni qo‘yish funksiyasini bajarishi ham mumkin. Keyinchalik esa davlat qaysi ommaviy mahsulotlarni qancha hajmda yetkazib berish kerakligini ko‘rsatib berishi zarur.
Aytaylik, davlat yangi shosseni qurish loyihasini – ommaviy mahsulotni (xizmatni) ko‘rib chiqayapti. Shosse qurilishi to‘g`risida yakuniy xulosaga kelishdan oldin, davlat, shosseni unga ketadigan harajatlar va keyinchalik uning faoliyatini ta’minlash harajatlari bilan ishlatishi mumkin bo‘lganlardan kelib tushuvchi foydani ko‘rib chiqishi lozim. Bu qarorga kelishdan oldin davlat, harajatlar va daromadlarni tahlil qilish deb nomlanuvchi jamiyatga ushbu tovar yalpi foydasini aniqlab beradigan tadqiqotni olib borish uchun iqtisodchilar va injenerlar komandasini jalb qilishi mumkin.
Harajatlar va daromadlar tahlili o‘ziga xos murakkab jarayon. Shosse kelgusida barcha uchun bepul foydalanishga mo‘ljallanganligi sababli uning qiymatini (yoki foydalilik darajasini) aniqlovchi narx mavjud emas.
Kishilardan shunchaki ular shosseni qanchaga baholashlarini so‘rash ishonchli emas, anketalash ham samarali usul emas, sababi so‘rovda qatnashuvchilar haqiqiy bahoni berish uchun moddiy rag`batga ega bo‘lmaydilar. Shossedan kelajakda foydalanishi mumkin bo‘lganlarda uni daromadlilik darajasini oshirishga ko‘proq rag`bat bor. Shosseni qurilishidan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lganlarda esa shosse qurilishiga ketadigan harajatlarni oshirib ko‘rsatishga va uning qurilishini to‘xtatishga rag`bat mavjud.
Ommaviy mahsulot (xizmat) larni samarali tarzda taqdim etish, o‘z o‘zidan, xususiy mahsulot (xizmat) larni taqdim etishga qaraganda bir muncha mushkulroq. Xususiy mahsulot xaridorlari bozorga chiqishganda ular o‘zlari to‘lay olishi mumkin bo‘lgan narxga qarab fikr yuritishadi. Shu bilan birga sotuvchilar o‘z harajatlarini o‘zlari qabul qilishlari mumkin bo‘lgan narx yordamida ko‘rsatishadi. Muvozanat nuqtasi esa resurslarni samarali taqsimlash nuqtasi bo‘lib, u barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Ommaviy mahsulotlarda, bundan farqli o‘laroq, harajatlar va daromadlar tahlilchilari davlat ommaviy mahsulotlarni qanday va qancha miqdorda ta’minlashi bo‘yicha hech qanday baho signallariga ega bo‘lishmaydi. Ularning harajatlar va daromadlar to‘risidagi xulosalari, nari borsa, eng yaxshi taxminiy xulosalar, xolos.
Keys stadi. HAYOT QIYMATI QANCHA?
Tasavvur qiling, siz xalq deputatlari mahalliy kengashiga a’zo sifatida saylandingiz. Shahar injeneri yoningizga shunday bir taklif bilan keldi: shahar 10 000 so‘m sarflab, hozirda faqat STOP belgisi qo‘yilgan markaziy ko‘chadagi chorrahada svetofor o‘rnatishi va uni keyinchalik boshqarishi mumkin. Svetoforning ustun jihati - harakat havfsizligi oshiriladi. Injenerni ilgarigi shunga o‘xshash chorrahalardagi loyihalar tahlili asosidagi bahosiga ko‘ra, svetofor faoliya muddati davomida o‘lim bilan tugaydigan yo‘l-harakati hodisalari darajasini 1,6 foizdan 1.1 foizgacha tushiradi. Siz bunga mablag` sarflaysizmi?
Ushbu savolga javob topish uchun siz harajatlar va daromadlar tahliliga murojaat etishingizga to‘ri keladi. Biroq siz darhol o‘ziga xos qarshilikka duch kelasiz: agar siz foydalilik darajasini hisoblamoqchi bo‘lsangiz, harajatlar va daromadlar bir xil kattaliklarda (o‘lchovlarda) hisoblanishi lozim. Qiymat pul birligida (so‘mda) o‘lchanadi, biroq svetofordan keladigan foyda inson hayotini saqlab qolish pul birligida o‘lchanmaydi. Qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorni aniqlash uchun siz so‘mning inson hayotidagi o‘lchamini aniqlashingiz zarur bo‘ladi.
Dastavval siz inson hayoti bebaho, deb o‘ylashni hohlashingiz mumkin, qolaversa, siz o‘zingiz yoki biror sevimli kishingizning hayoti uchun o‘z hohishingiz bilan sarflashingiz mumkin bo‘lgan pulning qiymati yo‘q. Bu shundan dalolat beradiki, inson hayoti pulda (so‘mda) qiymatga ega emas.
Biroq bu javob harajatlar va daromadlar tahlili uchun o‘ta mavhumdir. Agar biz rostdan ham inson hayoti uchun cheksiz qiymatliklarni sarflamoqchi bo‘lsak, u holda har bir ko‘cha burchagida svetor o‘rnatib chiqishimiz va barcha yangi yirik yuk avtomashinalariga eng so‘nggi havfsizlik funksiyalarini joylashtirishimiz lozim bo‘ladi.
Ustiga ustak, svetoforlar har bir burchakda emas va kishilar ko‘p holatlarda xavfsizlik yostiqchasi yoki tormoz tizimining bloklanishiga qarshi mexanizmga ega bo‘lmagan, qimmat bo‘lmagan avtomobillarga haq to‘lashni afzal ko‘rishadi. Ommaviy yoki xususiy mahsulotlar to‘g`risidagi har ikki qarorda ham ko‘proq iqtisod qilish maqsadida hayotimiz bilan tavakkal qilishga tayyor bo‘lamiz.
Inson hayoti so‘mdagi ekvivalentga ega emas, degan qarorni qabul qilgandan so‘ng qanday qilib bu qiymatni aniqlab olishimiz mumkin?
O‘lim to‘g`risida da’vo qilgan taraf harajatlarini qoplab berish maqsadida “agar vafot etgan shaxs tirik bo‘lganda qancha mablag` ishlab topishi mumkinligini aniqlash” usuli sudlar tomonidan qo‘llanilib kelinadi. Iqtisodchilar bu usulni ko‘p holatlarda tanqid qilishadi, sababi bu usul hayotni yo‘qotishning boshqa qiymatliklarini e’tiborga olmaydi. Shunday qilib, bu usul g`alati ko‘rsastkichni o‘zida aks ettiradi, go‘yoki nogiron yoki pensionerning hayoti hech qanday qiymatga ega emasdek.
Inson hayotini baholashning eng yaxshi usuli bu – inson o‘z hayotini yo‘qotish uchun mavjud bo‘lgan tavakkalchilik va bunga to‘lanishi lozim bo‘lgan haq miqdorini bilishdir. O‘lish tavakkalchiligi, masalan, ish joyiga qarab baholanadi. Osmono‘par binolardagi quruvchilar o‘z ish joylarida ofis ishchilariga qaraganda ko‘proq tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodchilar ko‘proq va kamroq tavakkalchililik darajasi, ta’lim sifati, tajriba va boshqa ish haqini belgilab beruvchi faktorlarga qarab kishilar o‘z hayotlarini qanchaga baholashlari mumkinligi haqida ba’zi bir tushunchalarga, ega bo‘lishlari mumkin. Ushbu usulni qo‘llab o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra inson hayoti qiymati 10 million so‘mga baholanishi to‘g`risida xulosaga kelingan.
Endi biz, yuqorida keltirib o‘tilgan misolimizga qaytib shahar injenerining taklifiga munosabat bildirishimiz mumkin. Svetofor inson hayotini saqlab qolish tavakkalchiligi darajasini 0,5 foizgagina yaxshilaydi. Shunday qilib, svetovor o‘rnatilishidan kutilishi mumkin bo‘lgan foyda 50 000 so‘m (yoki 0,005*10 million so‘m) ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich loyiha xarajati bo‘lgan 10 000 so‘mdan bir muncha ko‘p, demak siz loyihani tasdiqlashingiz mumkin.

Download 80.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling