Ijtimoiy pedagog faoliyati maqsadi nimalardan iborastrrepla


Download 30.55 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi30.55 Kb.
#1819034
  1   2
Bog'liq
ijtimoiy pedagog faoliyati maqsadi nimalardan iborat


ijtimoiy pedagog faoliyati maqsadi nimalardan iborat
R e j a
1. ijtimoiy pedagog faoliyati maqsadi nimalardan iborat.
2. Ijtimoiy pedagogikaning funksiyalari.
3. Ijtimoiy pedagogikaning obyekti va predmeti.

Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy majlisning IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash bо‘yicha milliy dastо‘rning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega-deydi Prezidentimiz I.A.Karimov. Bu dastо‘rni bajarish uchun javobgar kishilar oldiga men quyidagi vazifalarni kuymokchiman:


Ta’lim tizimida mazkur tajriba qanday о‘tayotganini va uning dastlabki natijalarini chuqur tahlil etib, ta’lim andozalari, о‘quv rejalari va dasturlari mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ya’ni yangi avlodni kamol toptirishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritish darkor.
Ana shu vazifalarni bajarish ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashuviga xizmat qiladi, davrning tobora oshib borayotgan talablariga javob berishga qodir bо‘lgan mutlako yangicha tipdagi shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. Milliy g‘oya’ni ruyobga oshirish jarayonida uzluksiz ta’lim tizimlarini, kо‘prok halk pedagogikasida, о‘yinlarda va shu kabilarda о‘z aksini topgan progressiv milliy, ma’naviy – axloqiy kadriyatlar va normalarni qayta tiklash, rivojlantirish hamda hozirgi hayotga, о‘quv – tarbiya ishlariga joriy etish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Har bir insoning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jixatdan ahamiyatli bо‘lgan vazifalarni bajaradi,ijtimoiy rolni о‘zlashtirib oladi, о‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy muloxaza qilib kо‘radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi. Ijtimoiy pedagogika ma’naviy – ma’rifiy faoliyatning alohida sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi о‘rtasida milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ibot – tashviqotini keng olib borish imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy pedagogika predmeti san’atdan shaxsga ta’sir etadigan g‘oyaviy –emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan fark qilib turadi. Ijtimoiy pedagogika О‘zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chukur an’analarga ega. Shunga karamay sovet davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, raxm–shavqatga, milliy an’analarga befarq bо‘lish holatlari bilan izohlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yо‘nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy– pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy– pedagogik faoliyatining ilmiy–tadqiqot bazasini ham о‘z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda о‘qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma’naviy –axloqiy og‘ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot obyekti xususiyatlarini о‘rganmok lozim. Shu sabab fanda tadqiqot ob’kti va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti za predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining о‘ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika sо‘zlaridan tashqil topib, ularning ma’nosini о‘zida jamlaydi. Bu birlik fanda differensatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bо‘ladi. Yangi bilimlarni о‘sishi ilmiy fikrlarni real hayotga tadbiq etilishi, yangi muallimlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga extiyojini yuzaga keltirish darajasi fanning differensatsiyasi va maxsuslashtirish tendensiyasi kuzatiladi. Chunonchi asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek bir qator muammolarni hal qilishda tо‘plam nuktai nazardan bir obyektni о‘rganuvchi mustaqil fan birligini о‘zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisa kuzatiladi. Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil obyektlari alohida kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafa psixologiya bilan о‘zaro munosabatda psixolo- pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday misollarni kо‘plab keltirish mumkin. Pedagogikada keyingi vaktda differensiya hodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormokda. Ijtimoiy pedagogika shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti pedagogika о‘rganadigan jarayon va vokelik bо‘lib, u masalani muayyan, о‘ziga xos aspektda kо‘radi. Uning о‘ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan sо‘zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning obyekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalkning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika о‘z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chikadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir, bu yerda yangi kadriyatlar san’ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi. «Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog‘liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning mulokati va о‘zaro aloqalari turli shakllarda bо‘ladi. Demak, pedagogika о‘sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi tо‘g‘risidagi fan bо‘lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga ta’lim berish tо‘g‘risidagi fandir.
Ijtimoiy pedagogika jarayon va xodisalarni ma’lum spetsifik aspektda о‘rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog‘i spetsifikasi «ijtimoiy» sо‘zida namoyon bо‘ladi. «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning о‘zaro muloqot» formalari bо‘lgan narsa-hodisalarni о‘zida jamlaydi. Shunday qilib, pedagogika yosh о‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi fan asoslari ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning jamiyat hayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi. Insonni atrofdagi muhit bilan о‘zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimonylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Zero ijtimoiy norma -madaniyat qadr-qimmatlar egallashi lozim shuningdek bu jamiyatda insonni о‘z qobiliyatlarini realizatsiya qilinish, nazorat qilish ijtimoiy tajribani egallash (bilimlar, qadr-qimmat, xulk-atvor koidalari) jarayoni ijtimoiy hodisa deb nomlanadn. Bolani ijtimoiylashtirish murakkab va davomli hodisadir. Bir tomondan har qanday jamiyat о‘zining rivojlanish etapida ma’lum ijtimoiy, ma’naviy kadr- qimmat, о‘zini tutishi, axloqiy qonun-koidalar, normalar ishlab chikadi. Jamiyat bir avlod shu jamiyatdagi qonun-qoidalarni egallab uning teng xuquqli a’zosi sifatida yashab, faoliyat kо‘rsatishni kо‘zda tutadi. Buning uchun jamiyat ta’lim-tarbiya normasi orqali shaxsga ta’sir kо‘rsatadi Ikkinchi tomondan, atrofdagi olamda sodir etilayotgan turli hodisalar uning shakllanishga ta’sirini kо‘rsatmay kolmaydi. Jamiyat о‘zaro munosabatda bо‘lgan о‘zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlarni о‘zida namoyon qiladi. Shular orqali bola tomonidan ijtimoiy normalarni egallash jarayoni amalga oshadi. Bulardan ba’zilari bolani rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir kо‘rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga oila,ta’lim, madaniyat va din kiradi.
О‘z qobiliyatini inson jamiyatda kо‘plab quyidagi jarayonlarda amalga oshiradi;
A) Insonni jamiyat bilan stixiyali о‘zaro munosabatda va uning hayotiy jabhalariga stixiyali ta’lim jarayonida.
B) Insonlarni u yoki bu kategoriyasiga davlat tomonidan pedagogika nimani о‘rgatadi? Ijtimoiy pedagogika insonlarning butun egallayotgan, davom etayotgan, amalga oshiradigan ijtimoiy tarbiya’ni ta’sir kо‘rsatish jarayonida.
V) Inson rivojlanishi, uni tarbiyalash uchun qulay shart—sharoitlar yaratish.
G) Inson о‘zini tarbiyalashi va rivojlantirish jarayonida.

Download 30.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling