Ijtimoiy pedagogika faoliyat turlari


Download 67.68 Kb.
bet1/12
Sana25.04.2023
Hajmi67.68 Kb.
#1398517
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika


Angren Universiteti
MT 106- guruh talabasi
Tursunova Dilbarning
Ijtimoiylashuv fanidan
«Ijtimoiy pedagogika faoliyta turlari»
mavzusida tayyorlagan
mustaqil ishi
Bajardi: Tursunova Dilbar

Ijtimoiy pedagogika faoliyat turlari

Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o’rganilish jarayoni va ko’rinishi pedagogika fani tomonidan o’rganadigan, biroqo’ziga xosligi aniqbir sohani o’rganish jihatdan tadqiqqilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog’ining o’ziga xosligi “ijtimoiy” so’zida namoyon bo’ladi.


“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog’liqbo’lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllarini birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo’lsa, oila va ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o’rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo’lishi (bilim, boylik, o’zini tutish qoidalari, yo’naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoqva murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo’lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo’lishga intiladi.
Ijtimoiy pedagogika predmeti va obyekti
Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning obyekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak, quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti bu bola, biroqo‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganishli predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir.
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va axloqqoidalarini o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, axloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kerak bo’lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o’zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko’rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig’inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g’amxo’rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi axloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)
Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani o’rganishini aniqob’ekti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pedagogikani o’rganish ob’ekti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta’limi qonuniyatlari hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogika obyekti bo’lib ham bola, uni o’rganish mavzui esa bola ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.

Download 67.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling