Ijtimoiy pedagogika faoliyat turlari
Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir
Download 67.68 Kb.
|
ijtimoiy pedagogika
Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir. U mazkur jamiyatga xos bo’lgan bilim, qadriyatlar, o’zini tutish namunalari tizimini o’zlashtirishda mujassamlashgan.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi – uni ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol moslashuvi jarayoni, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta’siri turi. Bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi– ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashishga qarshilik qiladigan undagi ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarning yo’qolib ketishi yoki shakllanmasligi jarayoni. Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya obyektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning yoshiga xos xususiyatlari ta’lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi ta’siri va boshqalar. Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojaat qilgan holda insonning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrimoilalarga bolaning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga, hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta’sirini taxlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojaat qiladi. Hamda u shaxs tarbiyasi uning ma’naviy axloqiy sifatlarining shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab — quvvatlanishi masalalariga murojaat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam beradi. Bugun ijtimoiy pedagogika insonning jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir. Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagi fikrlardan bilib olsa bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafa singari boshqa fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq, tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining obyekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri (turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish sohasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu holat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik xarakterini kasb etadi. Ushbu fan maqsadi — inson va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish, amaliyot ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy.—pedagogik faoliyatning ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, o‘zaro bog‘lovchi vazifalaridir. Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari 3 guruhga bo‘lingan: Download 67.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling