Bola tomonidan alkogolni (katta) ko‘p miqdorda iste’mol qilish.
Bu bolalarning alkogolni iste’mol qilishi jamiyat tomonidan nazorat qilinadi, shu sababli ham bolalar yashirincha, birdaniga ko‘p miqdorda iste’mol qilishga harakat qiladilar.
Ichkilikbozlikning tez rivojlanishi. O‘smirlar istagan bo‘lar-bo‘lmas sabablar tufayli ichishni me’yoriy odat qilib oladilar, yengil mastlik holatidayoq ular o‘zlaricha ishonchsizlik holatini sezadilar Shu sababli ular to‘liq mastlik holatigacha ichishga intiladilar. Shundagina ichimlikni muvaffaqiyatli, to‘liq darajali hisoblaydilar.
8.2. O‘smirlar orasidagi giyohvandlikning, narkomaniyaning, toksikomaniya va alkogolizmning biologik, psixologik va ijtimoiy oqibatlari. Bugungi kunda bolalar giyohvandligi, yoshlarning narkotiklarni iste’mol qilishi, toksikomaniyaga berilishi, bolalar alkogolizmi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolardan biridir. Narkomaniya va toksikomaniyaning asosiy xavfi bu organizmga fiziologik zarar yetkazishdangina iborat emas, muximi shaxsning keyingi tanazzulga kyetish, inqirozi kattaroq xavfdir. Bu holat alkogolizmda bo‘lganidan ko‘ra 10-20 barobar tezroq sodir bo‘ladi. Narkomanlar o‘qishga umuman qiziqmay qoladilar, keyinchalik o‘qishni tashlab yuboradilar, o‘rtoqlari bilan, maktab jamoasi va o‘qituvchilari bilan ijtimoiy-foydali aloqalari asta-sekin yo‘qolib boradi, oilada murakkab munosabatlar yuzaga keladi. Xarakterida egoistik, munofiqlik, yolg‘onchilik belgilari rivojlanadi va miyasida faqatgina narkotik iste’mol qilish muammosigina joylashib oladi.
Mutaxassislar narkomaniyaning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta turdagi oqibatlarini ko‘rsatadilar: biologik, ijtimoiy-psixologik va kriminal.
Do'stlaringiz bilan baham: |