Ijtimoiy qarovsizlik — ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo‘sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati.
Ijtimoiy harakat — turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-harakatlari.
Ijtimoiy hudud - bola ko‘z o‘ngida har kuni sodir bo‘ladigan harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, transport, narsa- buyumlarning qiyofaviy majmuasi.
Ijtimoiy-huquqiy yordam - inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo‘yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.
Ko‘rsatma (ustanovka) — muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga tayyor bo‘lish. Ko‘rsatmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. Agar shaxsiy ko‘rsatmalar kasbiy faoliyatning tavsifini belgilab bersa, ijtimoiy ko‘rsatmalar mutaxassisning mijoz bilan o‘zaro munosabati usullariga oydinlik kiritadi.
Sosium — insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati.
Submadaniyat — muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik belgilar (me’yor, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Tayanch shaxs — insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy andoza. Tayanch intilishlar hammada bir xil bo‘ladi, biroq ularning namoyon bo‘lishi genetik va tashqi omillarga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |