Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet109/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

Deviasiya nima? – bu ijtimoiy pedagogik muammo bo‘lib, inson ruhiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o‘zgarish hollari bilan bog‘liq. Bu hol, ayniqsa, o‘smir yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo‘lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqa jihatlarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida ularning psixikasida o‘zgarishlar ro‘y berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o‘zini tutishida o‘zgarishlar ro‘y berib, ularni ko‘proq “Men kimman?” – degan savol qiynaydi. Deviasiyaning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, xulq og‘ishi makro va mikromuhitdagi, jumladan oila, ta’lim muassasasi, mahalla, ishlab chiqarish jamoalaridagi nosog‘lom psixologik muhit, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoit va turmush tarzining yomonligi asosiy omillardan ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim nazariyalarda aholi yuqori va o‘rta tabaqa vakillarining “past” tabaqaga mansub kishilardan yomon xatti-harakatlarni o‘rganishlari, o‘zlashtirishlari deviant hulqqa sabab bo‘lishi ko‘rsatiladi. Yomon odatlarning “yuqishi” ko‘chada, tasodifiy tanishuvlardagi muloqot jarayonida amalga oshishi ham mumkin.

Tadqiqotchilar ba’zan motivasiyaga undovchi ta’riflarning mavhumligi ham deviasiyaga sabab bo‘lishini ta’kidlashadi. Misol uchun, “Imkon boricha yaxshiroq bajar”, “Jamoa mafaatlarini o‘zingnikidan ustun qo‘y” kabi jumlalar shaxsga ma’lum bir vaziyatda o‘z xatti-harakatini yetarli darajada aniq yo‘naltirishga imkon bermaydi. Faol konformist bunda iloji boricha yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga intilsa, sust, passiv shaxs o‘z xotirjamligi, bamaylixotirligini imkon qadar buzmaslikka harakat qiladi. Konform-deviant motivasiyaga ega shaxs esa o‘z deviant xulq-atvorini oqlashga doimo bahona topadi.



Deviasiya o‘z ichiga deviant, delinkvent va kriminal xatti-harakatlarni birlashtiradi.


Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling