Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet133/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

Ikkinchi davr-kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli sabablar: ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo bo‘lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir.

Biologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-avlodga o‘tmaydi, faqatgina unga mayl o‘tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishiga ota-onalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Maktablarda sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ota-onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uning maktabdagi hayotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigiyenik me’yorlarga amal qilishdir.

Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqmasa yoki nomiga qiziqsa, uning maktabga nisbatan qiziqishi neytrallashadi, so‘ngra ta’lim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Bola o‘zini namoyon qilishining boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda, bu bola ko‘cha guruhlariga qo‘shilib qoladi va u yerda spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o‘rganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan “tanish” bo‘lsa va bu “tanishuv” oilada sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu o‘rganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. Natijada maktab, maktab hayotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va bola o‘ziga o‘xshagan bolalarning ko‘cha guruhini afzal ko‘ra boshlaydi.




Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling