Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet134/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

Uchinchi bosqich-o‘smirlik va o‘sprinlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablar oiladagi nomaqbul holat, o‘zini namoyon qilish, OAVlaridagi reklama, muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik oqibatlari haqidagi bilimlarning yo‘qligidir. Bolada ichkilikka ruju qo‘yish ro‘y beradi. Ichkilikka mayli bor bolalarning 4 turi farqlanadi:

1). o‘ziga yuqori baho bergan bolalar;

2). shafqatsiz va agressiv xulqli bolalar;

3). amaliy hayotga ko‘nikmagan, shaxsiy tashabbus qobiliyatidan ayrilgan bolalar;

4). turg‘unlikka tushgan bolalar.

Bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishni boshlaganliklarining bir nechta darajalari mavjud. Nolga teng daraja juda kamdan-kam iste’mol qilish. Epizodik iste’mol darajasi turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik. Yuqori daraja 1 oyda ikki martadan ortiq iste’mol qilish. Namoyon bo‘lgan ruhiy tobelik darajasi mast bo‘lishning va ruhiy holatning istalgan holatiga aylanishi, ichkilikka ruhiy qaram bo‘lishning yuzaga kelishi. Ichkilikka jisman tobe bo‘lish darajasi spirtli ichimlikni nazoratsiz iste’mol qilish.




Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling