Ijtimoiy pedagogika


Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta’lim – tarbiya muassasalari, madaniyat, din, mahallaning o‘rni


Download 440.66 Kb.
bet26/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

3.3. Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta’lim – tarbiya muassasalari, madaniyat, din, mahallaning o‘rni
Oila-ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta’lim-ta’lim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat-bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi.
Din-ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b) diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi axloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda Oila instituti va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 175-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligi konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
“Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligi” konsepsiyasini amalga oshirish jarayonida oilaning vazifalari:

  • oilada sog‘lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlarning ota-onaga, Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, o‘zaro g‘amxo‘r bo‘lishni ta’minlash;

  • oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o‘z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;

  • farzandlarga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyati yuksak kishilar bo‘lib yetishishlarini ta’minlash;

  • bozor munosabatlariga mos bo‘lgan kasb-hunar o‘rgatish, iqtisodiy tushunchalarni ular ongiga singdirish;

  • bolalarning ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom bo‘lishlari uchun ma’naviy va ijtimoiy muhitni yaratish;

  • ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;


Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling