Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet34/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Internet saytlari
11. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
12. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi.
13.www.ziyonet.uz– O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali.
14.www.pedagog.uz - O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali
15.www.yedu.uz- O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali




4 - МАВЗУ: ИЖТИМОИЙ ПЕДАГОГИК ТАДҚИҚОТЛАР



Asosiy tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar, tadqiqot ob’yekti, ijtimoiy buyurtma, ilmiy maqsad, ijtimoiy tadqiqot usullari, ilmiy kuzatishlar, ilmiy tadqiqot tiplari, ijtimoiy pedagogika va pedagogik sosiologiyada ilmiy tadqiqotning vazifalari.
4
Режа

  1. Илмий ижтимоий тадқиқотларнинг моҳияти.

  2. Ижтимоий педагогика ва педагогик социологияда илмий тадқиқотнинг вазифалари.

  3. Фан ва ишлаб чиқариш.
.1. Ilmiy – ijtimoiy
tadqiqotlarning mohiyati bo‘lajak izlanishlarning ilmiy asoslangan reja va dasturini tayyorlashdan boshlanadi. Dastur hayot haqiqatidan kelib chiqqan va ilmiy-nazariy jihatdan puxta ishlangan bo‘lishi lozim. Zero, tadqiqot natijalari kanday bo‘lishi ana shu omillarga bevosita bog‘liqdir. Dastur bo‘lajak tadqiqot materiallarini to‘plash, qayta ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob’yekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarni xarakterlab berish, ishning ilmiy farazi (ilmiy tahmin) ni belgilash, usullarini aniqlash, ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Shunday qilib, dastur, asosan ikki katta bo‘lim, ya’ni metodologik - nazariy va amaliy-uslubiy bo‘limlardan iboratdir.
Nazariy-metodologik bo‘lim mavzu tanlash, tadqiqot ob’yektini xarakterlash, maqsad va vazifalar, faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o‘z ichiga olsa, amaliy-uslubiy bo‘lim ma’lumotlarni to‘plash usullarini bayon etish, yig‘ilgan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi.
Ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar nazariy asoslarini ishlab chiqish va faktlarni yig‘ish bir paytda amalga oshirilmaydi, ammo ular mushtarak birlikda umumiy vazifalarga bo‘ysungan holda amalga oshiriladi. Dasturni ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy talabga rioya qilish muhimdir. Birinchidan, ishlab chiqilgan nazariy umumlashmalardan real tadqiqot jarayonlariga o‘ta bilish va ikkinchidan, olingan natijalar, faktlar, yig‘ilgan empirik materiallardan nazariy umumlashmalarga, ilmga qayta bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish ana shu talablar mazmunidir. Bu ikki talabga rioya qilish bir jihatdan ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazishni tizimli yo‘lga qo‘yish, jamiyat ijtimoiy muammolarini tadqiq etish ishlarini uzluksiz amalga oshira borishni ta’minlasa, ikkinchi jihatdan, ilm-fan turli sohalarining uzviy rivojlana borishi uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Dastur mazmunida jamiyatda turli ta’sirlar oqibatida yuzaga chiquvchi ijtimoiy muammoli vaziyatlari aniq - yorqin ifoda etilmog‘i lozim. Ilmiy muammoning qo‘yilishi muayyan soha amal qilayotgan bilimlar hamda amaliy andozalar doirasidan qoniqmaslik, bu bilimlar chegarasini kengaytirish demakdir. Zero, muayyan tadqiqot boshlangunga qadar ma’lum bo‘lgan bilimlar doirasida hamisha ham ijtimoiy muammoli vaziyat hal etilavermaydi.
Odatda ijtimoiy muammo amaliy vositalar bilan hal etilmagan holatda ilmga, tadqiqot o‘tkazishga murojaat qilinadi. Bu murojaat ilmda ijtimoiy buyurtma deb ataladi. Shu tariqa ijtimoiy tadqiqotlar ikki yo‘nalishda: ijtimoiy buyurtma va shaxsan ijtimoiy pedagogning tashabbusi asosida amalga oshirilishi mumkin. Ammo pedagogning shaxsiy tashabbusi ham real hayot muammolari asosiga qurilishi shart.
Sosiologik tadqiqotlarda ilmiy maqsad muhim ahamiyat kasb etib, tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo‘nalishlarda bo‘lishini ko‘rsatuvchi mo‘ljal vazifasini o‘taydi.
Maqsadni amalga oshirish jarayonida bir qator ijtimoiy ziddiyatli holatlarga duch kelish mumkin. Zero, hamma narsani oldindan aniq belgilash mumkin emas. Shu bilan barcha tadqiqotchi kutilgan natijalardan tashqari yana qo‘shimcha natijalar paydo bulishini ham nazardan qochirmasligi kerak. Antik dunyo mutaffakkiri Dekart, «Agar Siz qandaydir o‘ylanmagan, kutilmagan, hayolingizga keltirmagan narsani topishni o‘ylamaydigan bo‘lsangiz, siz bu narsani hech qachon topa olmaysiz» degan edi.
Maqsadni amalga oshira borish jarayonida ba’zan faqat asosiy vazifanigina emas, ikkinchi darajali vazifalarni xam bir yula bajarishga to‘g‘ri keladi. Shu boisdan ham ishda asosiy va qo‘shimcha u yoki bu masalalar birvarakayiga hal etiladi yoki hal qilishning konkret yo‘llari belgilab beriladi.
Maqsadning amalga oshirilish jarayonida tadqiqotchi uch an’anaviy vazifani bajarishni o‘z oldiga qo‘yadi. Avvalo mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan atroflicha tadqiq etish, ikkinchidan, bu ilmiy-amaliy mavzuning boshqa ilm va hayot jabhalari bilan nechog‘lik bog‘liqligi, ularga ta’siri masalalarini o‘rganish va nihoyat, uchinchidan, ijtimoiy ziddiyatli holatlardan chiqishning mantiqli asoslangan yo‘llarini belgilab berishdan iboratdir. Dasturda hal etilmagan ikkinchi darajali vazifalar alohida tadqiqotlar sifatida mustaqil tadqiq etilishi qayd qilinadi.
Sosiologik tadqiqotlar ilmiy atamalari va tushunchalari qatorida ob’yekt va predmet tushunchalariga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Tadqiqotchi ijtimoiy muammo vaziyatini samarali hal etishi uchun ob’yekt va predmetni to‘g‘ri belgilashi muhim ahamiyatga ega. Obyekt odatda mustaqil tushuncha sifatda tadqiqotchi ilmiy-amaliy faoliyatlarining umumiy sarhadlarini ifodalaydi. Predmet esa tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va maxsus tadqiqot ko‘lami sifatida o‘rganiladi. Ob’yekt predmetdan ma’no doirasi jihatidan ancha keng, predmet ob’yektning hosilasidir. Zero, birgina ob’yekt zamirida bir necha alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib o‘rganish mumkin. Ba’zan tadqiqotchi dastlab maxsus o‘rganiladigan masala, ayni predmetni aniqlab oladi va shundan so‘ng shu masala tevaragidagi muhit, masalaga qon-qarindosh jihatlar doirasini, ya’ni ob’yektni belgilaydi. Ob’yekt va predmet masalasida ilm ahli davrasida turli munozaraviy yondashuvlar mavjud. Ayrim mualliflar ob’yekt deganda odamlar yoki turli ijtimoiy tabaqa vakillari deb tushunishadi. Biz bunday yondashuvga umuman qo‘shila olmaymiz. Negaki, inson keng ma’noda tadqiqot ob’yekti bo‘lishi juda qiyin. Ayniqsa, ijtimoiy sohada (sosiologiya, pedagogika va psixologiya va b.) insonning jismi, fiziologik tuzilishi emas balki uning ruhiy-ma’naviy dunyosi, faoliyati yoki faoliyatining muayyan jihatlari o‘rganiladi. Shu boisdan ham ijtimoiy fanlarda ob’yekt deganda o‘quvchi ko‘z ungida mavhum tarzda odamlar emas, balki ularning hatti-harakatlari, faoliyati, turmush tarzi, hulk-atvori gavdalanmog‘i lozim.

Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling