Ijtimoiy pedagogika
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda mahallaning vazifalari
Download 440.66 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda mahallaning vazifalari:
mahalla faollari tomonidan ta’lim muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashib, oqilona yechimlar topishda faollik ko‘rsatishi; mahalla o‘z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlab, bilim hamda tarbiya olishlariga bosh-qosh bo‘lish; farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalarni aniqlab, mahalla yig‘inlarida muhokama qilish, jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish, lozim hollarda bunday ota-onalar bilan tegishli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish maqsadida mahalla faollaridan birini biriktirish yoki qonun doirasida choralar ko‘rish; Tarixga murojaat qiladigan bo‘lsak, azaldan xalqimiz jamoa bo‘lib, keyin mahallada yashab, o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Aytish mumkinki, jahon tajribasida mahalla deb ataluvchi yagona, betakror boshqaruv instituti ilk bor bizning yurtimizda paydo bo‘ldi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da mahallaga “shaharning bir necha ko‘chani o‘z ichiga olgan bir bo‘lagi va uning aholisi” deb ta’rif berilgan1. O‘zbek mentalitetining muhim xususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir. Toshkent shahrida (o‘n to‘qqizinchi) XIX asrdan boshlab mahallalar mavjud. Har bir mahallaning kulolchilik, pichoqchilik, misgarlik, novvoylik, zargarlik, do‘ppichilik, temirchilik kabi o‘z nomlari bo‘lib, ushbu kasb-hunarlari bilan ro‘zg‘or tebratib, oilalarni boqishgan, mehnatga layoqatsiz qariyalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishgan. Professor H. Omonov “Dehqon yerga ishlov bermasa, urug‘ sepmasa, konchi ma’dan qazimasa, quruvchi qurmasa, rassom chizmasa, shoir yoki yozuvchi adabiy-badiiy asar yaratmasa, olim ixtiro va kashfiyot qilmasa, xullas, hech kim jon chekib “igna bilan quduq qazimasa”, jamiyat inqirozga uchrashi va ochlikdan halok bo‘lishi muqarrar-ku, axir!” – deb yozadi1. Mana shu o‘z o‘tmishiga tayangan, umuminsoniy, umummadaniy odatlarga amal qilish tufayli mahalla o‘zini o‘zi boshqargan, o‘zini o‘zi ta’minlagan, shu tariqa mahallada o‘ziga xos ijtimoiy muhit paydo bo‘lgan. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi, bir tomondan, milliy-psixologik xususiyatlarga, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga jalb bo‘lishlariga imkon yaratish bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrosizm bo‘lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini birinchi prezidentimiz I. A. Karimov quyidagicha ta’kidlab o‘tgan: “Mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o‘zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlat daryolar bo‘yida paydo bo‘lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo‘lib yashashga o‘rgatgan. Mehribonlik, rahmdillik kabi insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o‘z-o‘zini boshqarish maktabi, kerak bo‘lsa, demokratiya maktabi desa bo‘ladi”. Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo‘lishini, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham nazarda tutadi. Shu borada mahalla ijtimoiylashuvining muhim mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda: -har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi; -muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi; -hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi, kattalarga hurmat, bolalarga g‘amxo‘rlik; -axloq va jamoatchilik tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi; -ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oilaga va shaxsga uzatiladi; -alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo‘ladi. Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy me’yorlarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilganligiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko‘rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam berdi. Mahallaning ijtimoiy o‘rni uni doimo jiddiy ijtimoiy o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirganida va oliy insoniy hamda axloqiy tamoyillarga tayanishida namoyon bo‘ladi. Masalan, XX asrning 20-30 yillarida mahallada ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga qo‘shilishi, savodsizlikni bartaraf etish, aholining madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo‘llab- quvvatlangan. Ikkinchi jahon urushi yillari (194-1945 yillar) mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorussiyadan evakuasiya qilinganlarni qabul qilganliklari hammaga ma’lum. Mahalliy aholi vakillari ko‘chib kelganlarga o‘z uylarining bir qismini berishgan, moddiy yordam ko‘rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy salohiyatga ega bo‘lib, ular odamlarda yaxshi niyatlilik, o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish kabi hislatlarni tarbiyalashadi. Mahalla an’analarni saqlab qolish va ularni yoshlarga yetkazish, jamiyatni demokratiyalashtirishning ilk davrlarida milliy qadriyatlarning tiklanishiga katta yordam bergan. Yangi sharoitlarda mahalla o‘z-o‘zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo‘ldi. Mahalla maktablarida tahsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o‘zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo‘lishni davom ettirmoqda. Bu, avvalambor, mahalla qo‘mitalari faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri-ijtimoiy mehnatni, shu jumladan, obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo‘ladi. Bunday ishlarning asosiy turlari: ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish kabi hasharlardir. Bunday tadbirlar, asosan, Navro‘z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o‘tkaziladi. Hashar yo‘li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda. Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘lib, u quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: — jamoaning g‘amxo‘rligi, qo‘shnilarning kasal, keksa va kam ta’minlanganlarga yordam ko‘rsatishi; o‘ziga to‘q kishilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo‘shnilariga moddiy yordam berishi; oqsoqol va mahalla qo‘mitasi tomonidan boquvchisini yo‘qotgan va qariyalarga yordam ko‘rsatishi va boshqalar. Jamoada yordam ko‘rsatish an’anasi hozir yangi shakllariga ega bo‘ldi va hokimiyatlar hamda mahalla qo‘mitalarining asosiy vazifasiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda qurish, rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2660-sonli va 23.10.2017 yildagi PQ-3350-sonli qarorlari asosida Toshkent shahar, Sergeli tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni ipoteka krediti asosida aholiga imtiyozli ravishda arzon kredit asosida uy-joy ajratilishi shular jumlasidandir. Hozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida faol ishtirok etmoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to‘yi, sunnat to‘yi kabi marosimlar o‘tkazilmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtirish roli oshib ketdi. Bu, avvalambor, oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo‘ldi. Nizoli holatlar paydo bo‘lganda mahalla oqsoqollari oila vakillari bilan suhbat o‘tkazadi va, odatda, vaziyatga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari mahalla ishsizlarni ishga joylashishlariga, milisiya profilaktika xodimlariga esa jamoat tartibini saqlashda yordam beradi, xizmatga chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday, jamoa o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda mahalla maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga binolarni ta’mirlashda, tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish ishlarida yordam ko‘rsatadi. Mahalla qo‘mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko‘rib chiqiladi. Yoshlarga ta’sir ko‘rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari, jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko‘chadagi yurish-turishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbeh berishlari mumkin, biroq bu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiradilar. Ota-onalarning bunday munosabatni qadrlashi tahsinga sazovor. Shuning uchun “mahalla-sening ham otang, ham onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo‘ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o‘zligini anglash jarayonini faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Sobiq Sovet ittifoqi davrida bu kabi an’analar to‘liq yo‘qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o‘ziga xos tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini saqlab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo‘lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o‘rta avlod, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi, marosimlar o‘tkazishda ma’naviy o‘z-o‘zini ifodalashning keng imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Shuni ta’kidlash joizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida, avvalo, oiladagi katta avlod, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televideniye katta o‘rin tutadi. Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga to‘sqinlik qiladigan bir qancha holatlar ham yuzaga kelmoqda. Yoshlarning savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho‘ng‘ib ketishi ularning o‘qishga va bilim olishga bo‘lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ba’zi hollarda muallimlar o‘quvchilarni to‘liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar Buning sababi, ularning boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanishlaridadir. Jamiyatni demokratiyalashtirishning mazkur bosqichida yoshlar faoliyat turini tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq ular bu imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayaptilar. So‘nggi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susayib bormoqda. Dinning ta’siri kuchaydi, natijada yoshlar mafkuraviy sohada noto‘g‘ri, ekstremistik yo‘nalishlarga kirib qoldilar. Mahalla tarbiyasining an’anaviy usullaridan foydalanib yosh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda hozirgi jamiyat talablariga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillarni hosil qilish kerak. Mahalla azaldan nafaqat o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ularda ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham. Qo‘shnilar o‘rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, oilaviy janjallar mahalla qo‘mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko‘pincha qaynona-kelin, yosh kelin-kuyovlar orasidagi janjallar ko‘p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo‘mitasi suhbat o‘tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo‘lmasa, bu holat bilan mahalla qo‘mitasi shug‘ullanadi. Odatda, o‘sha joyning o‘zida muammo hal qilinadi. Shuning uchun ajralishlar soni ko‘p emas. So‘nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar va yosh oilalar bilan ishlash faollashdi, ularni kasb-hunarlarga o‘rgatish ishlari olib borilmoqda. Harbiy qo‘mitalar muddatli xarbiy xizmatga yigitlarni tanlab olish jarayonida ham mahallalarning faol yordamiga tayanishadi. Download 440.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling