Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet70/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy tengsizlik
Ijtimoiy tengsizlik deviant xulqning yana bir asosiy sabablaridan biridir. Har bir insonning fundamental, asosiy ehtiyojlari juda o‘xshash bo‘ladi, biroq ularni qondirish imkoniyati turli ijtimoiy qatlam vakilllari (o‘ziga to‘qlar va nochorlar)da turlichadir. Bunday shart-sharoitda qo‘li kalta kishilar mol-mulkni har xil ko‘rinishda tasarruf qilayotgan boylarga nisbatan o‘zlaricha deviant xulqqa “ma’nan haqli” bo‘ladilar. Bu nazariya, masalan, bolsheviklarga quloqlarni surgun qilish, qamash, otish, mol-mulkini musodara qilishda juda qo‘l kelgan.
Deviant xulq namoyon bo‘lishining oldini olishda ijtimoiy nazoratning ahamiyati kattadir. Ijtimoiy nazorat – bu, bir tomondan ijtimoiy regulyasiya mexanizmi, ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish usul va vositalari majmui bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ulardan foydalanishning ijtimoiy amaliyotidir. Ijtimoiy nazorat ikki unsurdan – ijtimoiy me’yor hamda ijtimoiy sanksiyadan tarkib topadi. Ijtimoiy me’yor-inson xulq-atvorini yo‘naltirib turadigan, jamiyat a’zolari tomonidan ma’qullanadigan, huquqiy jihatdan belgilab qo‘yilgan qoida va namunalardan iborat. Ijtimoiy sanksiya esa kishilarning mavjud me’yorlarga amal qilishini rag‘batlantiradigan jazolash va taqdirlash vositalaridir.
Ma’rifatli, bilimli, keng dunyoqarashli bo‘lish bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilik xulqi kelib chiqishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Ma’lumot darajasining pastligi yoshlarda jinoyatchilik darajasi yuqoriligiga sabab bo‘layotgani kuzatiladi. Salbiy xulqqa ega bo‘lgan bolalarda o‘qishga nisbatan qiziqish sust, maqsadli faoliyat yo‘q, o‘z kelajagi haqida o‘ylash, biror mutaxassislikni egallashga nisbatan intilish sezilmaydi. Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida a’lo bahoga o‘zlashtirayotganlar deyarli uchramsaligining asl sababi ham shunda.
Tizimlashtirilgan motiv bormi?
O‘smir kayfiyati ba’zan juda kuchli ko‘tarilib, ba’zan esa arzimas sabablarga ko‘ra tushib ketishi mumkin. Bu atrofdagilarning o‘smir tashqi ko‘rinishi, qobiliyatiga bergan bahosi bilan bog‘liqdir. O‘z mustaqilligini namoyon qilishga intilish, katta bo‘lganini ko‘rsatish, muayyan predmet yoki voqea-hodisalarga nisbatan munosabat bildirayotgan o‘smir bilan o‘ta ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish talab qilinadi. Sababi, o‘smirlik yoshida xudbinlik, atrofdagilarga befarqlik, oilaviy o‘zaro munosabatlarda disgarmoniya, shaxslararo subordinasiyaning buzilishi, diqqatni to‘play olmaslik, o‘qishga nisbatan qiziqishning so‘nishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
Olim, pedagog, tadqiqotchi va umuman, keng jamoatchilikni “Nima uchun inson muayyan vaziyatlarda ezgu amallarni unutib, aynan jinoiy xatti-harakatlarga qo‘l uradi?” degan savol o‘ylantirmoqda. Jinoiy xatti-harakat, odatda, birgina mustaqil motiv bilan amalga oshirilmaydi. Shaxsni jinoiy harakatga undovchi motivlarning namoyon bo‘lish darajasi va mazmuni turlicha bo‘lgani bois, ularni muayyan tizimga solish taqozo etiladi. Tizimlashtirish orqali jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi motivlar turkumini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bolalar va o‘smirlar jinoyatchiligiga sabab bo‘luvchi quyidagi motivlar mavjudligni ko‘rsatadi:

  • moddiy va maishiy shart-sharoitga ega bo‘lish orzusi, ochko‘zlik mazmuniga ega bo‘lgan xatti-harakatning keskin ifodalanishi, do‘st, tanish-bilishlar oldida obro‘ va mavqe orttirish uchun turli noqonuniy harakatlarni amalga oshirish;

  • qasos, o‘ch olish uchun g‘azablanib harakat qilish;

  • romantika, sarguzashtga intilish hissini qanoatlantirish;

  • o‘zini ko‘rsatishga intilish (maqtanish);

  • boshqa shaxslar ta’siriga berilish;

  • sabab va motivlari anglanmagan jinoyatchilik.


Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling