Ijtimoiy pedagogika
Ma’naviy qiyofa – birlamchi
Download 440.66 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika
Ma’naviy qiyofa – birlamchi
Shaxs shakllanishida qiziqish, intilish, maqsad muhim o‘rin tutadi. Muayyan hayotiy qadriyatlarga ega bo‘lgan shaxs turli sinovlardan osonlik bilan o‘ta oladi. Shu sababli shaxsning ijtimoiy fazilatlari, mustahkam va qat’iy hayotiy pozisiyasini, maqsad va intilishlarini shakllantirish voyaga yetmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishining oldini olishda muhim ekanligini unutmaslik lozim. Kishining ijtimoiy voqelikdagi turmush tarzi, hayot sharoiti, tarbiyalanganlik darajasi va turli vaziyatlar jinoyatning sodir etilishi uchun zaruriy shart-sharoit sifatida namoyon bo‘ladi. Muayyan turmush tarzi va o‘ziga xos tarbiya muhitida kamol topgan shaxs turli hayotiy vaziyatlarda ziddiyatni yengib o‘tishga harakat qiladi yoki ular ta’siriga tushib, jinoiy xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Muammoli vaziyatlardan oqilona yo‘l bilan chiqib ketish aqliy salohiyatga, dunyoqarashga, tarbiyalanganlik darajasi va bir qator ijobiy shaxsiy fazilatlarga bog‘liqligini inkor etib bo‘lmaydi. Jinoyatchilik xulqining kelib chiqishida shaxs ma’naviy qiyofasi birlamchi o‘rin tutadi. Ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lgan shaxs oq-qorani ajrata biladi. Ta’kidlangan xususiyatlarning barchasi axloqsiz (axloq va umuminsoniy qadriyatlarga zid) hisoblangani uchun delinkvent va axloqsiz (amoral) xatti-harakatlarni farqlashda muayyan qiyinchilik tug‘iladi. Ko‘p jihatlari, tavsiflariga ko‘ra, jinoiy, delinkvent, axloqsiz xulq bir-biriga juda o‘xshashdir. Farq shundaki, jinoiy va delinkvent xulq jamoatchilik uchun zararli, jamiyatga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lsa, axloqsiz xulq jamiyatda iinsonlarning o‘zini tutish me’yor va qoidalariga rioya qilmaslikdir. Biroq, o‘z xatti-harakatlarining nojoiz ekanini tushunib yetmagan axloqsiz xulq egalari bora-bora delinkvent va jinoiy xulqqa xos bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘zlashtirib, jinoyatchi sifatida shakllanib qolishlari ehtimoli yuqoridir. Bolaning kamol topishi va qanday shaxs bo‘lib yetishishida avval ta’kidlaganimizdek, oila, maktab va mahallaning o‘rni beqiyosdir. Ulardagi vaziyat, shart-sharoit, ijtimoiy-psixologik muhit bola shaxsidagi sifatlarni belgilab beradi. Oila, maktab va mahalladagi nosog‘lom muhit, munosabat o‘smirda turli illatlarnigina keltirib chiqarmay, jinoyatchilik xulqini ham paydo qiladi. Olib borilayotgan ijtimoiy tadbirlarning samarasizligi, jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy beqarorlik bolalar va o‘smirlarda g‘ayriqonuniy xulq-atvorning kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar farzand tarbiyalashda kechikib qolmayaptimi, degan savol keng jamoatchilikni tashvishlantirmay qo‘ydi. Afsuski, ko‘pgina ota-onalar farzandining qorni to‘q, usti butligiga e’tibor qaratib, uning tarbiyasiga unchalik ahamiyat bermaydilar. Farzand balog‘at yoshiga yaqinlashganda esa barmoq tishlab qoladilar. Tarbiyada qo‘ldan boy berilgan fursat azobini ota-ona tortadi. Bu holatda aybni ko‘pincha bolalardan izlash to‘g‘rimikan? Oilada ota-onalar g‘oyaviy-siyosiy bilimlarini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini o‘rganish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan pedagog olim H. Norqulovning ta’kidlashicha, tadqiqotda ishtirok etgan 45 foiz ota-ona farzandining yurish-turishini qattiq nazorat qiladi. Qolgan 30 foiz kishi yaxshi gapirish orqali bunga urinadi. Yana 25 foizi esa tarbiyalash jarayonida farzandlari bilan fikr almashish, suhbatlashish, tushuntirish usullaridan foydalanishlarini bildirishgan. Ota-onaning farzand tarbiyasiga mas’ulligi borasida respondnetlar fikri o‘rganilganda, so‘ralganlarning 90 foizi bunga o‘zini mas’ul deb, 10 foizi esa mahalla va maktabni mas’ul deb javob berishgan. Bu esa farzand tarbiyasiga, birinchi navbatda, ota-ona, qolaversa, jamoatchilik, ta’lim muassasalari ikki karra e’tibor qaratishi zarurligini ko‘rsatadi. Oilada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklardan yana biri bolalarning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olmaslikdir. Ko‘pchilik oila boshliqlari barcha farzandlarga bir xil tarbiya berishga o‘rganib qolgan. Aslida, bolalar tabiatan har xil ko‘rinishli, turli xil xarakterli, qobiliyatli yoki qobiliyatsiz, og‘ir, vazmin yoki harakatchan bo‘lishadi. Bola tabiyasiga aynan ushbu jihatlariga qarab yondashish maqsadga muvofiqdir. Download 440.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling