Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan metodlar ikkita katta guruhga ajratiladi.
Ma’lumot to’plash metodlari
Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari
3.4-rasm.
M a’lumotlarni qayta ishlash metodlari (natijalarni nazariy va mantiqiy qayta ishlash usullari, matematik statistika metodlarini qo’llash).
3.1.jadval.
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy metodlari
Asosiy metodlar
|
Asosiy metodlarning variantlari
|
Kuzatish metodi
|
Tashqi (ob’ektiv kuzatish)
Ichki (sub’ektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
|
So`roq metodi
|
Og’zaki so’roq
Yozma so’roq
Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq
|
Testlar metodi
|
Test – so’rov
Test - topshiriq
Proyektiv test
Sotsiometrik test
|
Ekspriment
|
Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti
|
Modellashtirish
|
Matematik modellashtirish
Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish
Kibernetik modellashtirish
|
Hujjatlarni o`rgabish metodi
|
Ijtimoiy o’rganish
Psixologik o’rganish
Motivatsion o’rganish
Klassifikatsion o’rganish
|
Kontnent- analiz metodi
|
Matnni analiz qilish
Abzatslarni analiz qilish
Iboralar, tushunchalarni analiz qilish
|
Ijtimoiy rsixologiyada quyidagi metodlar mavjud:
U
Qo`shilib kuzatish
Tashqi kuzatish
mumiy psixologiyada bo`lgani kabi ijtimoiy psixologiyada ham kuzatish metodi qo`llaniladi, lekin kuzatuv ob’ekti konkret shaxsdagi psixik faoliyat emas, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimida bevosita kuzatish mumkin bo`lgan ijtimoiy xulqidir. Ya’ni, kuzatuvchi aniq oldindan belgilangan reja asosida o`zi o`rganayotgan guruhning faoliyatini, verbal va noverbal xatti-harakatlarni ma’lum vakq birligida muttasil kuzatib, olingan ma’lumotlarni qayd etib boradi. Bunda zamonaviy audio va videotexnikadan foydalanish, u yoki bu harakatlarni qayta-qayta qurish orqali kerakli xulosalarni chiqarish mumkin. Ijtimoiy psixologiyada qo`llaniladigan kuzatish metodining asosan 3 shakli mavjud:
«muhim vaziyatlarni qayd etish»
3.5-rasm.
A. Qushilib kuzatish - bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, ular bilan kerak bo`lsa, yashaydi va ishlaydi. Bu usuldagi eng muhim xususiyat uning tabiyligi bo`lib, kuzatish ob’ektlari o`zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar va kuzatuvchini guruhning a’zosi sifatida qabul qiladilar. Ushbu shartning buzilishi eksperimentning samarasiz bulishiga olib kelishi mumkin.
B. Tashqi kuzatish-kuzatuvchilar faoliyatiga aralashmagan holda ular tashqi xulq atvorini qayd qilishdir. Bu usul muayyan vaqt va sabr-toqat talab qilishi bilan boshqa metodalrdan farq qiladi, ba’zida qisqa muddat ichida tadqiqotchi o`zini qiziqtirayotgan predmet xususida hech narsa qayd qila olmasligi yoki tasodifan qo`lga kiritilgan ma’lumot asosida xulosa chiqarishga majbur bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo`shimcha vosita sifatida ishlatiladi.
V. «Muhim vaziyatlarni qayd etish» usulida kuzatishning mohiyati shundaki alohida shaxs yoki guruh kutilmagan tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga munosabati, o`zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo`llari kuzatiladi. M: guruhni ataylab oldindan tuzilgan loyiha yordamida munozarali vaziyatga solish va unga har bir guruh a’zosini o`zini qanday tutishi va bayon etgan fikrlarini zikr etish bunga misol bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |