Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishni tashkil etish


Download 158.1 Kb.
bet2/6
Sana09.03.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1256088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy soha MI

1. Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishni tashkil etish

Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo`lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ro`yobga chiqadi. Inson munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirish vazifalarining ijobiy hal etilishi aynan ijtimoiy-madaniy sohalar taraqqiyotiga bog`liq. Yuqoridagilardan kelib chiqib kuchli ijtimoiy siyosat bevosita aholini turmush darajasini, uning faravonligini oshirishning asosiy omili bo`lib hisoblanadi va u quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi:


1. Daromad siyosati
2. Ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy kafolatlar
3. Aholini ish bilan ta`minlash va mehnat bozorini shakllantirish
4. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish va ular sifatini yaxshilash.
Aholi turmush darajasini oshishida ish haqi miqdorini uzluksiz oshirib borishi muhim ahamiyatga ega. Respublikamizni o`tgan davrlarda qo`lga kiritgan salmoqli yutuq va natijalari xalqimizning daromadlari va faravonligini izchil ravishda oshirib borishga, keng ko`lamli ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berdi. 2018-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha
23 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish, 2018-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda.
Keyingi yillarda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi ortib borayapti. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining ayrim vakolatlari ushbu tizimga o‘tkazildi. Natijada mahallaning ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy hayotiga oid muhim masalalar fuqarolar yig‘inlarining o‘zida hal etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Darhaqiqat, xalqimiz turmushiga oid urf-odat va ezgu an’analarning shakllanishi, yashab kelishi, ayni paytda rivojlanishida mahallaning tarixiy o‘rni va ahamiyati beqiyos. Mahalla kishilarning mehr-oqibatli bo‘lib, hamjihatlikda yashashini ta’minlashga xizmat qiluvchi institut hisoblanadi. Shu bois har bir oila va jamiyatning farovonlashuvida uning ta’sirchanligi, hayotimizdagi qadr-qimmatini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, odamlarning qalbi va intilishlarida yurt obodligi, tinch va farovon hayot barpo etish g‘oyalari mujassam bo‘lishi, barcha bir yoqadan bosh chiqarib, ezgu ishlarni amalga oshirishida mahallaning xizmati katta.
Davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturiga binoan mablag'lar ajratiladi. Ijtimoiy xarajatlar asosan, ijtimoiy madaniy tadbir xarajatlariga va aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlariga bo'linadi. Bu yo'nalishdagi xarajatlar nomoddiy sohaga mo'ljallangan mablag'lar hisoblanadi. Bu xarajatlarga: maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va fan hamda boshqa xarajatlarni sanab o'tish mumkin. Budjet korxonalari tarkibida yana bir guruh xarajatlar boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari ham rejalashtiriladi. Bu guruh xarajatlariga mudofaa, ichki ishlar vazirligi, milliy havfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining rezerv fondi ko'zda tutiladi.
So’ngi yillarda aholining daromadlarining oshishi mamlakatimiz turmush darajasini yaxshilanayotganligi va kam taminlangan oilalar sonini sezilarli pasayotganligiga sabab bo’layotganligini ko’rishimiz mumkin.
Aholi daromadlari barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda ko`rsatilgan bepul xizmatlar summasi, aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, fonda, dividend, zayom va lotereya yutug`i, bank to`lagan foiz puli, ko`chmas mulkdan kelgan renta to`lovi va ijara puli, sug`urta qoplamalari va boshqalardan iborat. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit ko`rsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daromadlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy to`lovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan so`ng uning qo`liga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qo`liga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta`sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamg`armasi ko`p bo`lsa, bank to`laydigan foiz puli salmoqli bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorlikdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga budjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida O`zbekistondagi aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning ko`payib borishi kuzatiladi.


Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling