Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


-jadval. O'zbekiston Respublikasida hududlar bo`yicha kvartira (uy)larning ichimlik suvi bilan ta`minlanganligi


Download 0.57 Mb.
bet32/33
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176638
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
1-mavzuga

3.7-jadval.
O'zbekiston Respublikasida hududlar bo`yicha kvartira (uy)larning ichimlik suvi bilan ta`minlanganligi, jami kvartira (uy)larga nisbatan, % da18



Hududlar

2017

2018

2019

2020

2021

O'zbekiston Respublikasi

75,6

75,3

76,6

67,4

68,3

Qoraqalpog'iston Respublikasi

48,2

54,4

52,9

56,7

57,5

Andijon

92,7

93,9

97,8

82,3

77,3

Buxoro

45,7

39,6

39,9

41,7

50,9

Jizzax

71,2

71,2

74,5

72,7

63,2

Qashqadaryo

81,7

78,7

75,1

34,8

35,8

Navoiy

73,2

72,9

71,6

75,7

72,5

Namangan

72,3

72,5

85,6

87,2

85,5

Samarqand

55,7

57,3

59,6

58,7

63,7

Surxandaryo

75,4

74,1

74,3

72,5

78,4

Sirdaryo

79,2

79,7

84,3

82,2

84,0

Toshkent

78,4

80,2

81,5

74,0

75,4

Farg'ona

98,7

98,1

100,0

68,8

68,7

Xorazm

42,5

41,6

40,2

40,6

40,6

Toshkent sh.

100,0

100,0

100,0

98,1

97,2

Suvni xom ashyo sifatida ishlatadigan korxonalar yoki aylanma tsikllari yopiq korxonalar uchun oqava suv miqdori haqiqiy oqizish yoki hisob-kitob yo'li bilan aniqlanadi.




Qisqacha xulosalar


Ijtimoiy sohaga ta’lim, fan va maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniyat va san’at, turar-joy, kommunal xo’jaligi, savdo-sotiq, umumiy ovqatlanish, boshqaruv, jismoniy-tarbiya, sport va boshqalar kiradi. Aholi turmush farovonligi darajasi mamlakatning faqat iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilangina emas, balki ijtimoiy sohalar taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi. Ijtimoiy sohada davlat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning natijasi o’z aksini topadi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy siyosat esa barcha aholi manfaatini ko’zlaydi. Aynan ijtimoiy sohada davlatning insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon bo’ladi. Ijtimoiy soha taraqqiyotining qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining umumiy kayfiyatini bеlgilaydi.

Nazorat uchun savollar


1. Ijtimoiy soha tushunchasini tavsiflang.
2. Davlatimizning ijtimoiy sohada olib borayotgan siyosatini bayon qiling.
3. Xizmat ko’rsatish sohalari bilan moddiy ishlab chiqarish sohalarini bir-biri bilan aloqadorligini izohlang.
4. Ijtimoiy soha xizmati qanday o’ziga xos xususiyatlarga va qonuniyatlarga ega?
5. Sizningcha, xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari mеhnatiga qanday baho bеriladi?
6. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti bilan bog’liq fanlarni sanab bеring.
7. Xizmat ko’rsatish sohalari xalq xo’jaligida bajaradigan vazifalariga qarab qanday guruhlarga bo’linadi?
8. Ijtimoiy siyosat yo‘nalishlarini sanab bering?
9. Kеyingi yillarda pullik xizmat asosida ishlaydigan qanday muassasalar faoliyati rivojlanib bormoqda?
10. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti haqida mulohazalaringiz?
11. Ijtimoiy sohadagi baholarning rolini tushuntiring?
12. Tabiiy monopoliya va mukammal raqobat sharoitida ijtimoiy soha xizmatlariga baholar qanday tashkil etiladi?
13. Davlat aholi uchun eng zarur mahsulotlar narxlarini qanday tartibga soladi?
14. Tibbiyot bozorida taklifning o'sishi talab va narxga qanday ta’sir qiladi?
15. Xizmatlar bozorida monopol hokimiyat namoyon bo'lishi mumkinmi, javobingizni asoslang.
16. Subsidiyalar berilishi tartibini tushuntiring?
17. Nima uchun hukumat “narxlar chegarasi”ni belgilaydi?
18. O‘zbekiston ijtimoiy soha iqtisodiyotida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
19. Ijtimoiy boylik qanday shakllanadi?
20. Jamoat boyligi tushunchasiga qanday yondashuvlar mavjud?

  1. Uy-joy kommunal xо‘jaligi deganda nimani tushinasiz?

22. Uy-joy kommunal xо‘jaligi sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tegishli bо‘lgan korxona va tashkilotlar tomonidan aholi turmushida zarur bo‘lgan qanday resurslar yetkazib berish kerak?
23. O‘zbekiston Respublikasida gaz, suv, issiqlik energiyasi kabi resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini ayting.

  1. O‘zbekiston Respublikasida davlatimiz tomonidan energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni gapirib bering.

  2. O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat tasarrufidan chiqarish qachondan boshlab amalga oshirilgan va bu xalqimiz hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

  3. Asosiy kommunal xizmatlar o‘z ichiga nimalarni oladi?

  4. Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish korxonalarida kо‘rsatilgan xizmatlar hajmi (soni)ning о‘sishi qanday ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi?

  5. Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish korxonalarining iqtisodiy samaradorligi kо‘rsatkichlari qanday aniqlanadi?

  6. O'zbekiston Respublikasida hududlar bo`yicha uy-joy fondining umumiy maydonini yillar bo‘yicha tahlil qiling.

  7. O'zbekiston Respublikasida hududlar bo`yicha uy-joylarning tabiiy gaz bilan ta`minlanganligini tahlil qiling.

  8. Suv xо‘jaligini tartibga solishda qо‘llaniladigan kо‘rsatkichlar tizimini keltiring.

  9. O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi bilan ta’minlanishda qanday muammolar mavjud?




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling