Ijtimoiy soha va uning


Davlat sektori va ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish


Download 1.41 Mb.
bet42/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

2. Davlat sektori va ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish. Raqobatni himoya qilish. Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo‘lib xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar amriga yoki iste’molchilar mustaqilligiga ishlab chiqaruvchi va resurslarni etkazib beruvchilarni bo‘ysundiradi. Monopoliyalarning o‘sishi bu vaziyatni keskin o‘zgartiradi.
Monopoliya – bu shunday vaziyatki, unda sotuvchilar soni juda kam bo‘ladi, har bir sotuvchi taklifning umumiy hajmiga va shu sababli sotiladigan mahsulot narxiga ta’sir ko‘rsatish holatida bo‘ladi. Monopoliyalar o‘zlarining takliflarini umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin. Ishlab chiqaruvchining mustaqilligi iste’mol mustaqilligining monopoliya raqobatining o‘rnini almashtirgandagi kabi ta’sir ko‘rsatadi. Qisqacha aytganda, monopoliya iqtisodiy resurslarni noratsional taqsimlanishini vujudga keltiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda, xususan, AQSHda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o‘rnatiladi. Birinchi holda, “Tabiiy monopoliyalar” munosabatlarida, ya’ni texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli bozor mavjud bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tarmoqlarda davlat narxlarni tartibga soladi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga standartlarni o‘rnatadi. Transport, aloqa, elektr-energiya ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar u yoki bu darajada shunday tartibga solishga uchraydi. Ikkinchi holatda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajada ta’minlanishi mumkin. Shu sababli davlat raqobatni kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalar yoki trestlarga qarshi qonunlar qabul qiladi.


3. Davlat sektori va ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish.
Daromadlarni qayta taqsimlanishi

Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasini hisobga olib, ularning mehnatiga yuqori haq to‘lashni ta’minlaydi. Xuddi shunday, kim, o‘z mehnati bilan ishlab topgan yoki meros bo‘yicha erishgan kapital yoki er maydoniga ega bo‘lsa, shunday kishilar ular hisobiga ko‘proq daromad oladi. Bulardan tashqari ko‘plab qariyalar, jismoniy va aqliy kamchilikli shaxslar, yolg‘iz ayollar va qaramog‘ida bolalari bo‘lgan bevalar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‘lmaydi. Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi.33


Birinchidan, transfert to‘lovlari muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog‘ida bo‘lganlarni nafaqalar bilan, ishsizlarni ishsiz-lik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali nafaqaho‘rlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
Ikkinchidan, davlat bozorga aralashish yo‘li bilan, ya’ni talab va taklif ta’sirida o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat jamiyat a’zolari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq tizimidan ham keng foydalanadi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling