Ijtimoiy soha va uning


xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


Download 1.41 Mb.
bet45/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Mustaqillikning dastlabki yillarida ijtimoiy sohaning rivoj-lanishida asosiy manba davlat byudjeti hisoblanar edi. Mamlakatimiz milliy daromadini qayta taqsimlash natijasida uning ko‘proq qismi moliyaviy resurs sifatida ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. Ammo bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri bu sohalarni moliyalashtirish bo‘yicha ham yangi yo‘nalishlarni joriy etishni taqozo etmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida talabalarni shartnoma asosida qabul qilish, boshqa sohalarda ham tijorat faoliyatini rivojlantirish va hokazolar shular jumlasiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlar qismi asosini soliqlar tashkil etadi. Soliqlar - milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga topshirish shaklidir. Soliqlar mulkchilik shaklidan qatiy nazar, barcha korxona, tashkilot va aholining daromadlaridan olinadi. Daromadlar davlat xarajatlarini qoplash manbai hisoblanadi.36
Davlat xarajatlari moliya resurslarini davlat faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanishini bildiradi. Davlat o‘z vazifalarini bajarishi uchun xarajatlar qilishi zarur. Bular tarkibida davlatning investitsiya uchun ajratgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga qaratilgan, uni boshqarib turish, mudofaa uchun ketadigan xarajatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Umumdavlat xarajatlari aniq maqsadlarga qaratiladi va rejalashtiriladi. Bu xarajatlar byudjet tomonidan moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti, bu umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida hosil bo‘luvchi va sarflanuvchi moliyaviy resurslarni anglatadi. U daromad va xarajat qismlaridan iborat bo‘ladi. Byudjet daromad qismining shakllanishida, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, hamma iqtisodiy sub’ektlar qatnashadilar, ularning ishtiroki soliqlar to‘lash shaklida yuz beradi. Byudjet xarajatlari umumdavlat moliya fondini tashkil etgan tushumlarni taqsimlab, ma’lum maqsad yo‘lida ishlatilishidir.
Byudjet xarajatlari ishlatilishiga ko‘ra to‘rt xil bo‘ladi: a) ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ketadigan sarflar, xususan investitsiya sarflari;
b) ijtimoiy-madaniy, ya’ni davlatga qarashli ijtimoiy-madaniy xizmat sohalari, chunonchi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport, maorif va madaniyatni pul bilan ta’minlab turish sarflari;
v) davlat boshqaruvi xarajatlari;
g) mamlakatni mudofaa qilish yoki harbiy xarajatlar (byudjet
daromadlari uning xarajatlarini qoplashi shart).
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar, shahar va tumanlar byudjetlarini birlashtiradi. Respublika davlat byudjeti tomonidan davlat ahamiyatiga molik xo‘jalik va madaniy qurilishlar, tashqi savdoni rivojlantirish, davlat boshqaruvi apparatlarini saqlash, davlat ahamiyatiga molik korxonalar va tashkilotlar moliyalashtiriladi.
Davlat byudjetining asosiy bo‘g‘ini mahalliy byudjetlar hisob-lanadi. Mahalliy byudjetlar tomonidan deyarli barcha ijtimoiy soha moliyalashtiriladi. Mahalliy hokimiyatlarga o‘z hududlarida byudjet tomonidan moliyalashtiriladigan korxonalarning daromad va xarajat-larini tasdiqlash va o‘zgartirish huquqi berilgan.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling