Ijtimoiy soha va uning


Resurslarning nomutanosib taqsimlanishini tartibga


Download 1.41 Mb.
bet43/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

4. Resurslarning nomutanosib taqsimlanishini tartibga
solishda davlatning roli
Resurslarni qayta taqsimlash, bozorning amal qilishida keskin buzilishlarning ikki holati ma’lum, ya’ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma’lum tovarlar va xizmatlarning kam miqdorini ishlab chiqaradi yoki 2) ishlab chiqarish o‘zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi. Birinchi holat resurslarning qayta taqsimlanishi, ikkinchisi ijtimoiy yoki davlat boyligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Resurslarning qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish bilan bog‘liq ayrim foyda yoki chiqimlar, uchinchi tomonga, ya’ni bevosita xaridor yoki sotuvchi bo‘lib hisoblanmagan tomonga “joyini o‘zgartirsa” vujudga keladi. Kimyo korxonasi yoki konserva zavodi o‘zlarining sanoat chiqindilarini ko‘l yoki daryoga oqizsa bu cho‘miluvchilar, baliqchilar va qayiqda sayr qiluvchilarga zarar keltiradi. Neft haydovchi yoki bo‘yoq ishlab chiqaruvchi zavod muhitga zararli tutun yoki hid tarqatsa bundan aholi zarar ko‘radiki, uning hech qachon o‘rni qoplanmaydi.
Ishlab chiqaruvchi esa o‘z hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarining ancha past darajasini ta’minlaydi. Boshqa holda davlat atrof-muhit ifloslanishining oldini olish uchun ular keltiradigan zararga juda yaqin yoki teng bo‘lgan maxsus soliqlarni kiritishi mumkin. Shunday soliq yordamida davlat, atrof-muhitni ifloslantiruvchi korxonalarga boshqalarga kirishi mumkin bo‘lgan chiqimni yuklashga harakat qiladi.
Resurslarning nomutanosib taqsimlanishi ma’lum bir tovarlarni ishlab chiqarishni taklif etuvchi va iste’mol qiluvchi hisoblanmagan uchinchi tomon yoki butun jamiyatga katta foyda yoki naf keltirishi ham mumkin.
Ta’lim ham xuddi shunday samara beradi. “Oliy ta’lim olgan” kishilar “Kam ta’limli” larga qaraganda ancha yuqori daromad oladi. Shu bilan birga ta’lim butun jamiyatga ko‘proq naf keltiradi, ya’ni yaxlit iqtisodiyot ancha unumli ishchi kuchi bilan ta’minlanadi.34
Birinchidan, iste’molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish qobiliyatini ta’minlash yo‘li bilan ularning talabi oshiriladi.
Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning chiqimlarini qisqartiradi va mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarning etishmasligi bartaraf qilinadi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunda tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi va davlat tomnonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Tovarlar va xizmatlar tarkibida individual iste’mol tovarlaridan tashqari, tovarlarning shunday turlari mavjud bo‘ladiki, ularni bozor tizimi ishlab chiqarishni umuan ko‘zda tutmaydi va tovarlarning xususiyatlari individual iste’mol tovarlarining xususiyatlaridan keskin farq qiladi. Jamiyatning bu xizmatlariga ehtiyoji bo‘lgani uchun ularni davlat sektori ta’minlaydi va bunday xizmatlar byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Bozor tizimiga asoslangan demokratik davlatlarda turli hil ijtimoiy ne’matlarning turlari va ularni ishlab chiqarish hajmi siyosiy usullar, ya’ni ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. 35To‘liq bandlilik mavjud bo‘lgan bunday iqtisodiyotda davlat oldida shaxsiy iste’mol tovarlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan resurslarni ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarishga yo‘naltirish uchun bo‘shatib berish vazifasi turadi. Xususiy sektordan bo‘shatib olishning asosiy usuli, ularga bo‘lgan xususiy talabni qisqartirish hisoblanadi. Bunga soliqlarni tabaqalashtirish orqali erishiladi, shu orqali ularning daromadlarining bir qismi “daromadlar-xarajatlar” oqimidan chiqarib olinadi. Korxona va uy xo‘jaliklari kam daromad olib o‘zlarining investitsion va iste’molchilik sarflarini qisqartirishga majbur bo‘lib qoladi, qisqacha aytganda soliqlar, shaxsiy iste’molchilik tovarlari va xizmatlariga talabni qisqartiradi, bu o‘z navbatida resurslarga xususiy talabni kamayishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib davlat resurslarni mamlakat milliy mahsuloti tarkibida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta taqsimlaydi.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling