Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari


Download 248.74 Kb.
bet1/13
Sana23.04.2023
Hajmi248.74 Kb.
#1386731
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi uchunn




Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari



3. Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi.
Resurslar cheklangan sharoitda jamiyat ham o‘z qarorini tanlov asosida qabul
qilishga majbur bo‘ladi. Bunda ulardan to‘liq va samarali foydalanish hamda
ehtiyojlarni to‘laroq qondirib borish talabi hisobga olinadi.
Iqtisodiy faoliyatda foydalanishga yaroqli bo‘lgan moddiy tabiiy va inson
resurslar iqtisodiy resurslarni tashkil qiladi. Iqtisodiy resurslar to‘rtta turga
ajratadi. Yer-tushunchasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan er va
barcha tabiiy resurslarni anglatadi. Ekin maydonlari, o‘rmonlar, mineral va neft
zahiralari hamda suv resurslari shular jumlasidandir. Ishchi kuchi insonda
mavjud bo‘lgan jismoniy va aqliy qobiliyatlar yig‘indisi. Mehnat - esa inson ishchi
kuchining sarflanish jarayonidir.
1516
Kapital - tushunchasiga iste‘mol tovarlari va xizmatlarini yaratishda
foydalaniladigan kishilar tomonidan yaratilgan barcha ishlab chiqarish vositalarini
kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vosi
talari, etkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Kapital tovarlari
haridiga sarflarga investitsiya deb qaraladi1.
Resurs sifatidagi kapital iste‘mol tovarlaridan farq qiladi. Iste‘mol tovarlari
inson ehtiyojini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondiradi, vaholanki kapital resurs tovarlarini
ishlab chiqarishga jalb etiladi. Resurs sifatidagi ―kapital‖ga jihozlar, texnika va
boshqa ishlab chiqarish vositalarini anglatadi.
Tadbirkorlik qobiliyati alohida kishilarga xos bo‘lgan noyob ishbilarmonlik
layoqati yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik qobiliyati mahsulot ishlab chiqarish va
xizmatlarni ma‘lum turini tashkillashtirish uchun bir joyga jam bo‘lar ekan, ularni
umumiy qilib, tovar ishlab chiqarish omillari deyish mumkin2.
Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma‘lum samara beradi.
Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi,
oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma‘lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib
bo‘lmaydi.

Download 248.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling