Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari
Ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omili — bu uning uchun
Download 248.74 Kb.
|
Kurs ishi uchunn
Ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omili — bu uning uchun
zarur boMgan barcha mehnat vositalari va moddiy shakldagi ashyolardir. Bu omilni tabiat in’om etgan boyliklar va kishilar yaratgan mehnat vositalari tashkil etadi. Ishlab chiqarish har doim tabiatga tayangan. Yer, suv, yerosti bovliklari, o'rmonlar va boshqalar unga tabiiy materiallar yetkazib beradi, uning uchun moddiy sharoit vazifasini o'taydi. Tabiat in’omi bo'lgan narsalar qayta ishlanib, ulardan kerakli mahsulot olinadi. Tabiatda uchraydigan materiallar undirib olingach va dastlabki ishlovdan o'tgach, xomashyoga ayla nadi. Tabiiy xossalaridan foydalangan holda ular mahsulotga aylantiriladi. Tabiiy resurslar qishloq xo‘jaligi, undirma sanoatuchun o'ta ahamiyatli. Yersiz dehqonchilikni tasavvur etib bo'l maydi, o'rmonsiz yog'och sanoatini, suvsiz baliqchilik bo'lishi mumkin emas. Qurg'oqchilik mintaqalarida, masalan, Markaziy Osiyoda, suv yer kabi dehqonchilik uchun asosiy vosita rolini o'taydi. Tabiat qanchalik boy bo'lmasin, baribir, bu boylikni mehnatsiz ishlab chiqarishga jalb etib bo'lmaydi. Tabiatning ahamiyati u beradigan boylik bilan cheklanmaydi. Tabiat — ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitidir. Undagi o'zgarishlar ishlab chiqarishga jiddiy ta’sir etadi. Masalan, yerdagi harorat, ko'kdagi havo oqimining o'zgarishi, kosmik nurlanish, magnit bo'ronlari — bularning hammasi ishlab chiqarish sharoitiga va kishilarning ishlash qobiliyatiga ta’sir etadi. Ishlab chiqarish m a’lum sohalarda, masalan, ziroat, chor vachilik baliqchilik va mikrobiologiya sanoatida muayyan paytda o'simlik va hayvonlarning biologik rivoji shaklini oladi, bioximiya jarayoni sifatida yuz beradi. Mehnat bilan tabiatning boylik manbayi sifatidagi ahamiyati bir xil emas. Bir mamlakat ishlab chiqarishi u yerdagi tabiiy boylikka tayansa, boshqasiniki asosan mehnatga tayanadi. Masalan, Norve giya, Quvayt, Saudiya Arabistonining iqtisodiy gullab-yashnashiga asosiy hissa qo'shgan omil ular tabiatining neftga boy bo'lishidir. Aksincha, tabiiy resurslar kamyob bo'lgan Yaponiya, Koreya Res publikasi iqtisodiy rivojining asosiy omili mehnat, aniqrog'i intel lektual m ehnat, ya’ni shaxsiy-insoniy omil bo'ldi. Tabiiy resurs larning turli mamlakatlar uchun ahamiyati ularning oz yoki ko'p bo'lishidadir. Bundan q at’iy nazar, ularning ishlatilishi mehnat vositalariga, ularni qo'llash usulining mukammalligiga bog'liqdir. Download 248.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling