Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari


Download 248.74 Kb.
bet13/13
Sana23.04.2023
Hajmi248.74 Kb.
#1386731
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi uchunn

3.6. !shlab chiqarish chegarasi
Ishlab chiqarish chegarasi qancha ishlab chiqarish zarurligi va
buning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Muayyan vaqtda xohla
ganicha ishlab chiqarish mumkin emas, chunki buni cheklab turuv
chi omillar bo'ladi, ularni birdaniga o'zgartirib bo'lmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegaralanishi ehtiyojga va
uni qondirish vositalariga qarab muayyan vaqtda qancha ishlab
chiqarish mumkinligini bildiradi.Ishlab chiqarish chegarasini ehtiyojning katta-kichikligi, bunga
resurslarning yetarli bo'lishi yoki yetishmasligi belgilaydi. Odatda
ehtiyojlar tez o'sgani holda resurs imkoniyatlari bundan orqada
qoladi. Shunday sharoitda qo'shimcha mahsulotni ishlab chiqarish
naqadar m a’qulligi nazarda tutiladi. Qo'shim cha mahsulot chiqarish
uning sarfi oshgunga qadar davom etadi. Shu chegaraga yetgach
ishlab chiqarish serxarajat ishga aylanadi, shu bois sarflami tejash
usulini topish zarurati paydo bo'ladi. Buning yo'li topilgach yana
qo'shimcha ishlab chiqarish mumkin bo'ladi.
Xulosalar
1. Resurslar ishlab chiqarishda uning omillariga aylanadi,
bularga yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va informatsiya
(axborot) kiradi. Bular 3 guruhga ajratiladi: moddiy-ashyoviy,
shaxsiy-insoniy va informatsion omillardir. Bular ishlab chiqarishda
har xil rol o'ynaydi.
2. Ishlab chiqarish omillari yaxlitlikda amal qiladi, ularning
birikishi natijasida mahsulot va xizmatlarning yaratilishi yuz beradi.
Mahsulotlar va xizmatlar natural va tovar shakliga ega bo'ladi. Bular
pirovard ishlatilishiga qarab iste’mol buyumlaridan va moddiy
resurslardan iborat bo'ladi.
3. Resurslar cheklanganidan o'sib borayotgan ehtiyojlarni
qondirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish talab
qilinadi. Samaradorlik ishlab chiqarishda olingan natijaning bunga
ketgan sarflar bilan qiyoslanishidir. Kam sarflab ko'p natija olinp-ni
yerda samaradorlik yuqori hisoblanadi. Samaradorlik — m ^ o ri,unumdorligi hosilasidir. Mehnat unumdorligini oshiruvchi omillar
sirasiga texnika-texnologiya darajasi, ish kuchining sifati, tabiiy
sharoitning qulayligi va mehnat stimullarining ta ’sirchanligi kiradi.
4. Ishlab chiqarish chegarasi b o ‘lib, bu muayyan resurslar
sharoitida faqat m a’lum hajmda ishlab chiqarish mumkinligini
bildiradi. Mazkur chegara ishlab chiqarish ko'lamini hosil qiladi,
buni resurslar miqdori, sifati va ularning m a’lum nisbatda ishlatilishi
belgilaydi. Ishlab chiqarish darajasi uning naqadar rivojlanganligini
bildiradi, mehnat unumdorligida ifodalanadi. Ko'lam ishlab
chiqarish umumiy hajmi bilan o'lchansa, daraja bir ishlovchiga va
jon boshiga ishlab chiqarish miqdori bilan o ‘lchanadi.
5. Ishlab chiqarish doimo takrorlanib va yangilanib turadi. Tak
ror ishlab chiqarish oddiy, kengaytirilgan va toraygan bo'ladi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish milliy boylikni ko'paytirish
sharti hisoblanadi. Milliy boylik tarkiban moddiy, tabiiy va
intellektual boylikdan, bir avlodga va bir necha avlodga xizmat
qiluvchi boylikdan iborat. Boylik qanchalik ko'p bo'lsa, iqtisodiy
salohiyat ham shunchalik kuchli bo'ladi. Salohiyat ishlab chiqarish
imkoniyatlari bo'lib, bu erishilgan va istiqboldagi salohiyatlardan
iboratdir.
Download 248.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling