Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari


Ishlab chiqarish va uning tarkibiy tuzilishi


Download 248.74 Kb.
bet10/13
Sana23.04.2023
Hajmi248.74 Kb.
#1386731
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi uchunn

3.2. Ishlab chiqarish va uning tarkibiy tuzilishi
Ishlab chiqarish — bu mahsulot va xizmatlarni yaratish jara
yonidir. Buni mazmunan mehnat jarayoni, deb aytish mumkin.

Cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni to'laroq qondirish


uchun ishlab chiqarish saniaradorligini muttasil oshirib borish zarur
bo'ladi, aks holda farovonlikni ta ’minlab bo'lmaydi.Samaradorlik resurs sarflari bilan ishlab chiqarishdan olingan
natijaning taqqoslanishini bildiradi, ya’ni bu nima sarflab nimaga
erishilganligini ko‘rsatadi.
Samaradorlik ishlab chiqarishning pirovard natajasiga qarab
belgilanadi. Ammo bu natija qilingan sarflar bilan taqqoslanishi
shart. Pirovard natija — mahsulot va xizmatlarning pulda hi
soblangan miqdori, ya’ni qiymati. Uni yaratish uchun moddiy re
surslar, informatsiya-axborot va ish kuchi sarflanadi, ularning ham
puldagi qiymati bor. Samaradorlik (S) aniqlanganda yaratilgan
mahsulot va xizmatlar qiymati (M q) bilan resurslarning sarfi (R s)
taqqoslanadi:
S = M q/ R s
Bu bilan sarflangan resurs birligiga qancha natija olinganligi
aniqlanadi. Agar M q=10 mlrd, Rs=5 mlrd bo'lsa, S= 10/5=2,0
bo'ladi. Demak, sarf birligiga 2 birlik mahsulot olingan. Agar S=l,5
bo'lsa, samaradorlik pasaygan, agar S=2,2 bo'lsa, u ortgan bo'ladi.
Samaradorlikni boshqacha hisoblasa ham bo'ladi. Bunda resurs sarfi
natijaga nisbatlanadi, ya’ni S = R s/ M q hosil bo'ladi. Bu natija qanday
sarf evaziga olinganligini bildiradi. Oldingi misolga qaytsak,
S = 5 /l0=0,5 hosil bo'ladi. Demak, bir birlik mahsulot olish uchun
0,5 birlik resurs ketgan. Bu mahsulotning resurs sig'imini ko'rsatadi.
Agar S=0,6 bo'lsa, samaradorlik pasaygan, aksincha S=0,4 bo'lsa,
samaradorlik oshgan bo'ladi, chunki mahsulotning resurs sig'imi
kamaygan. Bu esa kam sarflab ko'p ishlab chiqarilganligini, sarf va
natija ijobiyligini bildiradi.
Samaradorlik mehnat unumdorligining hosilasidir. Resurslar
cheklanganidan jamiyat o'z ehtiyojini qondirish uchun mehnat
umumdorligini oshirish yo'lidan boradi. Mehnat unumdorligi
mehnat natijasini, mehnat samaradorligini anglatadi.

Download 248.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling