Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari


Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining


Download 248.74 Kb.
bet2/13
Sana23.04.2023
Hajmi248.74 Kb.
#1386731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi uchunn

Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining
ham cheklanishiga olib keladi.
Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar
bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin


4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari
Ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga
qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni anglatadi. Boshqacha aytganda, samara
dorlik ―natija‖ va ―xarajat‖ nisbatini aks ettiradi ya‘ni, ―natija‖/ ―xarajat‖ .
Butun milliy xo‘jalik darajasida uning natijalarining iqtisodiy resurs sarf
xarajatlariga nisbati milliy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy
ko‘rsatkichidir. Samaradorlikning mavjud darajasida jamiyat a‘zolari biror
qismining iqtisodiy ahvolini yomonlashtirmasdan boshqasining ehtiyojlari
qondirilish darajasini oshirish mumkin emas. Bunday holat Pareto – samarasi deb
nomlanadi. (Italiyan iqtisodchisi V. Pareto nomi bilan).
Foyda miqdori va uning normasi ishlab chiqarish samaradorligining
asosiy mutloq va nisbiy ko‘rsatkichidir. Foyda normasi (1
) olingan foyda
massasining (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (W) nisbati bilan
aniqlanadi, ya‘ni:
1   100%.
W
Bu erda: R1– foyda normasi,W– ishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lganligi sababli,
qayd qilingan birgina asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘liq ravishda har tomonlama
ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun iqtisodiy reserslardan samarali foydalanish
darajasini tavsiflovchi unimdorlik ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi.42
Mehnat unumdorligi ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot
yaratish qobiliyati yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning sarflangan mehnat
miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. MU=M/V.
Bu erda, MU mehnat unumdorligini, M mahsulotning hajmi, V sarflangan ish
vaqti.
Mehnat unumdorligi sarflangan mehnatning har birligi hisobiga ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdorini bildiradi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham
foydalaniladi va u ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning birligi evaziga
olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdorini ko‘rsatadi KU=M/K;
KU=YAD/K ;
KU=F/K; bu erda KU – kapital unumdorligini, K – ishlab
chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini, M – mahsulot, YAD – yalpi daromad, F
– foyda.
Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli undan
foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi olingan mahsulot hajmining yer maydoniga
(gektarga) nisbati yoki ekinlar hosildorligi bilan aniqlanadi.
Samaradorlikni aniqlashda mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi,
energiya sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan mehnat, energiya va moddiy
ashyolar miqdorini ifodalaydi.
Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar
samaradorligini ifodalab, bir-birini to‘ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligi har qanday darajada uning natijalari miqdoriga
to‘g‘ri, iqtisodiy resurs sarf-xarajatlari hajmiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
Ishlab chiqarish natijalari miqdori o‘zgarmay qolganda xarajatlarning kamayishi
uning samaradorligi oshishini bildiradi va aksincha.
Shu sababli samaradorlikni oshirishga boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda
ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko‘paytirish va unga sarflanadigan
harajatlarni kamaytirish, ya‘ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali
erishiladi. 2017-2021 yillar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning43
―Harakatlar strategiyasi‖ da ham .. ―...iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini
qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy
etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish,
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish‖ga ishlab chiqarish
samaradorligini o‘stirishning muhim omili sifatida qaraladi.6 Ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishning shunday omillari ham mavjudki, ular bir vaqtda ham
natijaviy ko‘rsatkichlar miqdoran ortishiga va ham iqtisodiy resurs xarajatlari
kamayishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Bunday omillarga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda
ishlab chiqarishni uzluksiz modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni kiritish
mumkin. Modernizatsiya inglizcha ―modern‖so‘zidan olingan bo‘lib ―yangi‖,
―zamonaviy‖ kabi ma‘nolarni anglatadi.
Ishlab
chiqarishga
qiyosan
modernizatsiyalash
mahsulotlarning
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularni ―yangilash‖, mashina, uskuna va
texnologik
jarayonlarni
―zamonaviylashtirish‖ni
bildiradi.
Iqtisodiy
modernizatsiyalash mehnat, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish darajasiga
ijobiy ta‘sir ko‘rsatish orqali ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga ham olib
keladi.
Diversifikatsiyalash (lotincha ―diversys‖ – har xil, ―facese‖ qilmoq,
bajarmoq) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, maqsadida korxonalar faoliyat
sohalarini kengaytirish, chiqariladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga
qaratilgan jarayondir.
Diversifikatsiyalash vertikal, gorizontal va konglomerat bo‘lishi mumkin.
Vertikal diversifikatsiyalash – bir xil yo‘nalishda ixtisoslashgan
korxonalarning tarmoq darajasida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini
ko‘paytirish va faoliyatlarini tarmoq ichida kengaytirishni bildiradi.
Gorizontal diversifikatsiyalash – turli tarmoq korxonalari (sanoat, qishloq
xo‘jaligi, transport, qurilish va h.k.) ning yagona texnologik jarayonga qo‘shilib
6 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари
бўйича Ҳаракатлар стратегияси. 44
borishi orqali mahsulot turlarining ko‘payishi va faoliyatlarining tarmoqlararo
kengayishini anglatadi.
Konglomerat diversifikatsiya korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot
turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar talabini hisobga olib
ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Istiqbolda mahsulot turlarini ko‘paytirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish va
bozorni kengaytirishga qaratilgan harakat diversifikatsiya strategiyasi mazmunini
anglatadi. Bu korxonalarda mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish,
milliy va chet el kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tuzish, boshqa
korxonalarni sotib olish kabi usullarda amalga oshiriladi.
Xarajatlarni kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishda mahalliylashtirish darajasini o‘stirib borish
muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev qayd qilib o‘tganlaridek
samaradorlikni oshirishning muhim omili... ―..asosiy va yordamchi tarmoqlarni
barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliy
lashtirish darajasini oshirish va importning qisqarishi‖7 dan iborat.
Mahalliylashtirish mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xom-ashyo
va materiallardan foydalanishga ustuvorlik berishni anglatib, bu pirovardida
nafaqat tannnarxni pasaytirish, balki import qilinadigan tovarlar hajmini qisqa
rtirish imkonini ham beradi. Importning qisqarishi sof eksportni ko‘paytirish orqali
milliy iqtisodiyot samaradorligini o‘sib borishiga olib keladi.
Respublikamizda faqat 2017 yilning o‘zida mahalliylashtirish dasturlari
to‘liq amalga oshirilmaganligi natijasida unda ko‘zda tutilgan ―qariyb 400 million
dollarlik mahsulot chetdan import qilingan‖8
Shu
sababli, 2017-2021
yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning
―Harakatlar
strategiyasi‖* da
ishlab
chiqarishni
7Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.14 бет.
8 Ўша жойда. 26 бет.
* кейинги ўринларда қисқача ―Ҳаракатлар стратегияси‖ деб кетилади.mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda eng avvalo
iste‘mol tovarlari va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo
sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish,
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida
qaraladi.

Download 248.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling