Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari


Download 248.74 Kb.
bet3/13
Sana23.04.2023
Hajmi248.74 Kb.
#1386731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi uchunn

Tayanch tushunchalar
Mehnat qurollari – insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir qilishga
xizmat qiladigan vositalar: mashinalar, stanoklar, qurilmalar, uskunalar va
boshqalar.
Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta‘sir qiladigan, ya‘ni mahsulot
tayyorlanadigan narsalar (yer – suv, xomashyo, materiallar va boshqalar).
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilarning maqsadni ko‘zlab amalga
oshiriladigan faoliyati bo‘lib, iste‘moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy
ne‘matlarni yaratishga qaratilgan jarayon.
Ijtimoiy ishlab chiqarish – o‘zaro bog‘liqlikda va doimiy aloqada bo‘lgan
barcha individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdir.
Ishlab chiqarishning samaradorligi – ishlab chiqarishning pirovard natijasi
bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o‘rtasidagi nisbat.
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari
o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Qo’shilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital
miqdori ustiga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib
aytganda kapital miqdorining o‘sgan qismi.
O’rtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir-birligiga
to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori.
Qo’shilgan mahsulot – so‘nggi qo‘shilgan omil: kapital yoki ishchi kuchi
hisobiga o‘sgan mahsulot


1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning turlari
Tovarlarni sotish narxlari korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari ularning ishlab chiqarish
va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga
bog‘liq.
Ishlab chiqarish xarajatlari tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va
iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha iqtisodiy resurs

Download 248.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling