o’zgaruvchi xarajatlar farqlanadi.232
Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga qarab xarajatlarni turkumlash
15.2-jadval
UMUMIY XARAJATLAR
Doimiy xarajatlar
O‘zgaruvchi xarajatlar
Korxona to‘lov majburiyatlari
Xom-ashyo
Soliqlar
Material
Amortizatsiya ajratmalari
Yonilg‘i
Ijara haqi
Transport xizmati
Qo‘riqlash xizmati xarajatlari
Ishchilar ish haqi va shu kabilar
uchun xarajatlar
Boshqaruv xodimlar maoshi va h.k.
Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan xarajatlar
doimiy xarajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, va ishlab
chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga
korxonaning to‘lov majburiyatlari (zayomlar bo‘yicha foiz va boshqa), soliqlar,
amortizattsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga
xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqariladigan tovar miqdorining
oshishiga yoki kamayishiga bevosita bog’liq bo’lgan harajatlardir. Unga
xomashyo, material, yonilg‘i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga
qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar
yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
Mahsulot narxiga qo‘shilish xarakteriga ko’ra to’g’ri va egri xarajatlar
farqlanadi:- To’g’ri xarajatlar – bevosita tannarxda aks etib, mahsulot narxi
tarkibiga kiradi.
- Egri xarajatlar – tannarxda aks etmaydi va mahsulot narxiga ustama
hisoblanadi.
Mahsulot birligini ishlab-chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash
uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar
tushunchalaridan foydalaniladi. O’rtacha umumiy xarajatlar umumiy
Do'stlaringiz bilan baham: |