Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari


Mehnat qurollarining naqadar mukammalligi, ya'ni ishlab


Download 248.74 Kb.
bet12/13
Sana23.04.2023
Hajmi248.74 Kb.
#1386731
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi uchunn

1. Mehnat qurollarining naqadar mukammalligi, ya'ni ishlab
chiqarishning texnik-texnologik darajasi. Qo'l mehnatiga asoslan
gan ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi past va aksincha ma-shinalashgan ishlab chiqarishda u g'oyat yuqori va muttasil ortib
boradi. Yangi texnika va texnologiyani qo'llash unumdorlikda bu
rilish yasaydi. Masalan, zamonaviy robotlar texnikasining qo'lla
nilishi mehnat unumdorligini 8—10 marta oshiradi. Olimlar hisobiga
ko'ra, mehnat unumdorligi o ‘sishining 2/3 qismi fan-texnika
taraqqiyoti hisobiga, 1/3 qismi esa boshqa omillar hisobiga yuz
beradi. Aytaylik mehnat unumdorligi yiliga 6 foiz o'sgan bo'lsa,
shund?n 4 foizi texnika taraqqiyoti hissasiga tushadi.
2. ishlovchilarining bilim saviyasi, mehnat malakasi va maho
rati, ya’ni ishlab chiqarish shaxsiy-insoniy omilining sifati. 13u omil
mashinalashgan ishlab chiqarishda beqiyos ahamiyatga ega. Mu
rakkab texnika-texnologiya yuksak saviya va malakani talab qiladi,
aks holda uni samarali ishlatib bo'lmaydi. Gap shundaki, ishlab
chiqarishning moddiy va shaxsiy omillari bir-biriga mos bo'lishi
kerak. Masalan, yangi texnikani ishlatish chuqur texnikaviy bilim va
ish tajribasini talab qiladi.
3. Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti, tabiiy resurslarning
ishlatilish sharoitining naqadar qulay boMishi. Bu ayniqsa, undirma
sanoat va qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligiga jiddiy ta ’sir
etadi. Qazilmalar tarkibida foydali moddalar ko‘p va ular sayoz
joylashgan bo'lsa, shubhasiz ularni undirib olish ham sarf talab
qiladi. Quvayt neft konlarida mehnat unumdorligi Rossiyaning
shimolidagi konlarga nisbatan ancha yuqori. Buning sababi Quvayt
tabiiy sharoitining qulayligidir. O'zbekiston janubidagi paxtachi
likda uning shimolidagiga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori.
Buning sababi ham tabiiy sharoitning har xil bo'lishidir. Gap
shundaki, tabiiy sharoitga qarab, bir xil mehnat har xil natija beradi.
4. Mehnat stimullarining naqadar kuchli bo'lishi. Buni motivat
siya, ya’ni ish natijasiga qiziqish, undan manfaatdor bo'lish hosil
qiladi. Motivatsiya unumli ishlashdan yaxshi daromad topish bilan
cheklanmaydi, bu o ’z qobiliyatini ishga solish, dovruq qozonish,
obro' orttirishni ham bildiradi. Ishlovchilar mehnat unumdorligini
oshirishga qiziqqan joyda stimullar harakatga keladi, kishilar
jonbozlik qilib mahsulot va xizmatlarni yaratishga ketadigan
resurslar sarfini tejaydilar, natijada ish unumi ortadi. Mehnatni
rag'batlantirish o'rniga mehnatga zo‘rlash bo'lgan joyda unum -
dorlikni oshirishga intilish so'na boradi, ishlab chiqarish natijasiga
befarq qarash paydo bo'ladi. Agar qul holatidago ishchini misol qilib
olsak, u mehnatga z o ‘rlanganidan unumdorlikni ko'tarishga
oshiqmaydi.
Aksincha, mehnatni erkin tanlagan, undan manfaat topgan,
ozod ishlab chiqaruvchi mehnat unumdorligini oshirishga intiladi,chunki Abu Rayhon Beruniy aytganlaridek: «Insonning qadr-qim
mati o'z vazifasini a'lo darajada bajarishdan iborat, shuning uchun
insonning eng asosiy vazifasi va o'rni mehnat bilan belgilanadi,
inson o ‘z xohishiga mehnat tufayli erishadi».
Ishlab chiqarishning, umuman iqtisodiyotning naqadar rivoj
langanligining asosiy ko'rsatkichi mehnat unumdorligi darajasidir.
Iqtisodiyotga baho berishda jamiyat, ya’ni mamlakat iqtiso
diyoti miqyosidagi mehnatning unumdorligi asos bo'lib xizmat qila
di. Bu jamiyat miqyosida sarllangan mehnat evaziga nima yara
tilganligini bildiradi. Mehnat unumdorligini (U) aniqlash uchun bir
yilda yaratilgan mahsulot va xizmatlarning pulga chaqilgan miqdori
(Mq)ni ishlovchilar soniga (N) bo'linadi. Buni formula shakliga kel
tirsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
U—Mc/ N
Mq = 3 mlrd dollar, N = 500 ming kishi bo'lsa,
U=3mlrd /500ming=6000 dollar.
Bu ko'rsatkich mehnat unumdorligi darajasini bildiradi va jam i
yatning ishlab chiqara olish qobiliyatini ifodalaydi.
Eng yuksak mehnat unumdorligi XXI asrga kelib rivojlangan
mamlakatlarda kuzatildi. Bir ishlovchi ko'p miqdorda ishlab chi
qargani uchun jon boshiga yaratilgan tovar va xizmatlar ko'p bo'ldi.
Masalan, 2010-yil AQShda jon boshiga ishlab chiqarish 47 ming,
Yaponiyada 34,8 ming, Germaniyada 38,2 ming dollar bo'ldi.
Unumdorlik darajasi bilan uning o'sish sur'atlarini farqlash
kerak, chunki daraja yuqori bo'la turib, sur’atlar past bo'lishi
mumkin va aksincha. Unumdorlikning o'sish sur’ati uning yuksalish
tezligi bo'lib, foiz bilan ifodalanadi. Masalan, mehnat unumdorligi
10 yilda 57 foizga oshgan bo'lsa, uning yillik o'sish sur’ati 4,6 %
bo'ladi.
Ammo bu unumdorlik darajasini bildirmaydi. Iqtisodda shun
day qoida borki, unumdorlik darajasi yuqori bo'lsa, uning o'sish
sur’atlari nisbatan past bo'lishi ham mumkin. Shu sababli u num ­
dorlik o'sish sur’atlari past mamlakatning iqtisodiy qudrati yuqori
bo'lishi mumkin. Aksincha ham bo'ladi.

Download 248.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling