Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari


Mehnat unumdorligi vaqt birligida yaratilgan mahsulot va


Download 248.74 Kb.
bet11/13
Sana23.04.2023
Hajmi248.74 Kb.
#1386731
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi uchunn

Mehnat unumdorligi vaqt birligida yaratilgan mahsulot va
xizmatlar miqdori yoki mahsulot va xizmatlar birligini yaratish
uchun sarflangan ish vaqtidir.
Agar 7 soatlik ish kuni davomida bir ishchi 140 dollarlik
mahsulot yaratsa, uning bir soatlik mehnat unumi 20 dollarga teng
bo'ladi (140:7=20). Unumdorlik oshsa, 210 dollarlik mahsulot
olinadi. Bir soatlik unum 20 dollardan 30 dollarga (210:7=30) etadi.
Bunda mehnat unumdorligi 1,5 marta (30:20=1,5) oshgan bo'ladi.
Ishlab chiqarish hajmi jamiyatda yil davomida sarflangan ish
vaqtiga va mehnat unumdorligiga bog'liq bo'ladi. Muayyan m am ­
lakatda bir yilda 1 mln kishining ishlashi hisobidan 2 mlrd soat vaqt
39sarflansa va har soatlik mehnat unumdorligi 20 dollar bersa, yil
davomida yaratilgan mahsulot 40 mlrd dollarga teng bo'ladi. De
mak, ishlab chiqarish hajmi qancha kishining ishlashiga va har bir
kishining mehnat unumdorligiga bog'liq.
3.4. Mehnat unumdorligining turlari va omillari
Resurslar kamyob bo'lar ekan, ularni tobora ko'proq ishlatish
orqali ehtiyojlarni to'liq qondirib bo'lmaydi. Shu sababli jamiyat
resursni tejab, resurs birligidan ko'proq mahsulot oladi, bunda ham
moddiy, ham mehnat resurslari tejaladi. Mana shu mehnat
unumdorligini o'sishi bo'ladi.
Mehnat unumdorligi mehnat sarfi minimum boMgani holda,
mahsulotning maksimum ho'lishini bildiradi.
Mehnat unumdorligi turli darajada ifodalanadi:
1. Ish o ‘rnidagi mehnat unumdorligi. Bu alohida olingan ish
lovchi vaqt birligida o'z ish joyida qanday miqdorda mahsulot
yaratgani yoki qanchalik xizmat ko'rsatganini bildiradi.
2. Korxona darajasidagi unumdorlik. Bu jamoada ishlovchi bir
kishi vaqt birligida o'rtacha qancha mahsulot yoki xizmat
yaratgan ini bildiradi.
3. Sektor sohasidagi unumdorlik. Mazkur sektor bo'yicha bitta
ishlovchi muayyan vaqtda qancha ishlab chiqarganini bildiradi.
Masalan, agrar sektorda 3 mln kishi band bo'lgani holda 15 mlrd
dollarlik mahsulot yetishtirilsa, bir kishi mehnatining unumdorligi 5
ming dollarni tashkil etadi (15 mlrd / 3 mln = 5 ming). Bordi-yu
hozir shu 3 mln kishi o'zidan tashqari 12 mln kishini boqishga
yetadigan mahsulot bersa, keyinchalik u 15 mln kishiga yetadigan
mahsulot beradi. Bunda mehnat unumdorligi 25 %ga oshgan bo'la
di (15x100/12=125 %).
4. Milliy iqtisodiyot darajasidagi unumdorlik. Bunda mamlakat
miqyosidagi bitta ishlovchi o'rtacha qancha mahsulot va xizmatlar
yaratganligini bildiradi. Masalan. mamlakatda jami aholi 40 mln,
shundan 20 mln kishi ishlaydi va 240 mlrd dollarlik mahsulot va
xizmat yaratadi. Bunda bir ishlovchining yillik mehnat unumdorligi
jamiyat miqyosida 12 ming dollarga teng bo'ladi.
Mehnat unumdorligi turli korxonalar, sektorlar va mamlakatlar
miqyosida jiddiy farqlanadi va bu mehnat unumdorligiga ta’sir
etuvchi omillarga bog'liq. Bu omillar quyidagicha:

Download 248.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling