Ijtimoiy soha va uning


Ijtimony sohani moliyalashtirish usullari


Download 1.41 Mb.
bet46/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

2. Ijtimony sohani moliyalashtirish usullari

O‘z daromadiga ega bo‘lgan va byudjet tomonidan moliyalash-tiriladigan korxona va tashkilotlar byudjet tashkilotlari deb yuritiladi. Bundan tashqari, xo‘jalik hisobidan ishlaydigan, lekin daromadlari o‘z xarajatlarini qoplamaydigan bir qator korxonalar, ya’ni madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport, kommunal xo‘jaliklarning bir qismi davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi.37


Ba’zi bir ijtimoiy-madaniy tadbirlarning xarajatlari davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi, lekin ularning ko‘p qismi kor-xonalar tomonidan qoplanadi. Masalan, bevosita ishlab chiqarishning o‘zida xodimlar tayyorlash, malaka oshirish, korxonalar tomonidan talabalarga to‘lanadigan stipendiyalar xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Xarajatlar smetasi byudjet tomonidan moliyalashtiriladigan maqsadli yo‘nalishdagi choraklarga taqsimlangan xarajatlarning asosiy hujjati hisoblanadi. Ixtiyoriga byudjet tomonidan bepul mablag‘lari berilgan korxonalar va tashkilotlar kredit taqsimlovchilari deyiladi. Agar byudjet tomonidan moliyalashtiriladigan korxonalar boshqa tushumlarga ega bo‘lsalar, bu tushumlar maxsus mablag‘lar sistemasida ko‘rsatiladi va alohida xarajat qilinadi.
Smetada byudjet tashkilotlarini joriy saqlash xarajatlari hisobga olinadi. Davlat byudjetining kapital quyilmalari alohida smeta asosida moliyalashtiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida smeta asosida moliyalashtirishda indeksatsiya ham hisobga olinadi, yangi yil boshida tuzilgan smetaga chorak davomida ish haqini o‘zgartirish, oziq-ovqatlar, dori-darmonlar va boshqa xarajatlarning baholari o‘zgarishi natijasida mahalliy hokimiyatlar o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin.
Bir turdagi korxonalar uchun smeta xarajatlari bir xil byudjet normativlari asosida tasdiqlanadi. Bu o‘z navbatda shu korxonalarning moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini bir xil darajada qondirish imkoniyatini yaratadi. Smeta asosida moliyalashtirish byudjet ajratmalarini qat’iy maqsadga yo‘naltirishni tavsiflaydi. Xarajat-larni maqsadli ta’minlash yagona byudjet tasnifi yordamida amalga oshiriladi. U guruhlar, bo‘limlar, boblarga paragraflarni o‘z ichiga oladi. Xarajatlar asosiy yo‘nalishlarni yorituvchi 10 ta guruhda olib boriladi. Ular bo‘limlar bo‘yicha loyihalashtiriladi. Barcha byudjet tashkilotlari uchun bir xil xarajat moddalari joriy qilingan. Ish haqi, ish haqiga ijtimoiy sug‘urta xarajatlari, ovqatlanish, dori-darmonlar, qattiq, yumshoq jihozlar olish, kapital ta’mirlash va boshqa xarajatlar shular jumlasidandir.
Byudjet tasnifi va xarajatlarni hisoblash usuli turli smetalarni tuzishga bir xilda yondashishi talab qilinadi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling