Ijtimoiy soha va uning


Sug‘urtaning kelib chiqish shart-sharoitlari


Download 1.41 Mb.
bet28/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

1. Sug‘urtaning kelib chiqish shart-sharoitlari

Sug‘urtaning kelib chiqish tarixi uzoq davrni o‘z ichiga olib, dastlabki kurtaklari qadimgi Rim imperiyasining hukmronlik davriga to‘g‘ri keladi. Dastlab hamkorlarning birlashishi natijasida hamkasb jamiyatlar tuzilgan. Bu jamiyat a’zolari diniy marosimlarni o‘tkazish uchun “dafn kassasi”ga birlashib, o‘zaro badallar (pay) asosida pul to‘plaganlar. Agar jamiyatning birorta a’zosi vafot etsa, to‘plangan pul uning merosxo‘riga berilar edi. Vaqt o‘tishi bilan bu to‘plangan pul boquvchisiz qolgan oila a’zolariga beriladigan bo‘ldi. Shu davrlardan boshlab shaxsiy sug‘urta turlari yuzaga kela boshlagan.


Rimda vujudga kelgan ilk sug‘urta jamiyatlari davr o‘tishi bilan nemis xalqlari orasida shu hududning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda mazmunan bir xil bo‘lsa ham shaklan o‘zgargan holda qabul qilingan. Germaniyada savdogarlar gildiyasi (uyushma) keyinchalik sug‘urta hamdo‘stlik jamiyatlari shakllanib rivoj topdi. Sug‘urta institutlari o‘rta asrlarda paydo bo‘lganligi o‘z navbatida shu davrlarda dengizlar orqali yuklarni etkazib berish kafolati bilan bog‘liq. Savdo-sotiqning rivojlanib borishi sug‘urta tizimining turli mamlakatlardagi rivoji, jamiyat turli sohalarida sug‘urta munosabatlarining shakllanishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, dastlabki sug‘urta uyushmalari XII asrda Islandiyada barpo etilgan. Bu uyushmalar shu mamlakatlarda yashovchi xalqlarning o‘z mol-mulki yong‘indan va qoramollari yiqilib zararlanishidan sug‘urtalangan. XIII asrda Evropada dengizda tashiladigan yuklarni sug‘urtalash rivojlanib, XV asrga kelib, dengiz sug‘urtasi hissadorlik jamiyatlari shaklida xususiy hollarda ham tashkil etildi. Ayni paytda yuk tashuvchi kemalarni turkumlash hamda nazorat etish hatto Angliya yoki Germaniyaga taalluqli ekanligiga e’tibor berila boshladi. Sug‘urta to‘g‘risidagi dastlabki qonunlar ham shu davrlarda qabul qilindi. 1446 yili, Golshteyn sug‘urta jamiyatlari London hamda Parijda tashkil etildi. Bu jamiyatlar faoliyat ko‘rsatib, jahonda mashhur edilar. Evropa mamlakatlaridan bo‘lgan Germaniya hamda Shveysariyada qishloq xo‘jaligi sohasida qoramollarni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta jamiyatlari tashkil etildi.
Ayniqsa XVII asrga kelib, sug‘urta hissadorlik kompaniyalari son jihatdan o‘sib, faoliyat olib bordilar. Jumladan, Gollandiya-Ost-Indiya kompaniyasiga 1602 yili asos solindi. 1613 yili Angliya-Ost-Indiya kompaniyasi tashkil qilindi. 1726 yili Kopengagen, 1734 yili Stokgolm, 1745 yili Berlin 1720 yili London hissadorlik sug‘urta jamiyatlari barpo etildi. XVIII asrga kelib Evropa mamlakatlarida dengiz sug‘urtasi, shoxli yirik mollarni nobud bo‘lishdan sug‘urtalash, yong‘indan sug‘urtalash, mulkni sug‘urtalash bilan sug‘urta jamiyatlari shug‘ullanib keldilar.
Evropa mamlakatlarida sug‘urta jamiyatlari faoliyatidan uning a’zolari foyda olayotganligini ko‘rgan fuqarolar Germaniyada mulkiy sug‘urta jamiyatlariga a’zo bo‘la boshladilar. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Irlandiya, Fransiya, SHotlandiya mamlakatlarida yashin urishdan sug‘urtalash rivojlanib bordi.
XX asrga kelib iqtisodiy rivojlangan dunyo mamlakatlarida davlat tomonidan aholini sug‘urtalash tizimi vujudga keltirildi. XX asrning boshlarida ishsizlikning Evropa mamlakatlarida ko‘payib borayotganligini hisoga olib, Angliya va boshqa mamlakatlarda ishsizlikdan sug‘urtalash davlat yo‘li bilan majburan joriy etilgan edi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tizimi jamiyat hayotining hamma jabhalariga kirib bordi, haqiqatda hamma narsani sug‘urtalash mumkin bo‘lib qoldi. Sug‘urta jamiyatlarining beradigan yordamidan faqat mulk egalari emas, balki jamiyat a’zolari ham manfaatdor bo‘ladi. Shuning uchun ham har bir inson sug‘urta tizimi rivojidan foyda ko‘rish bilan birga qo‘shimcha daromadga ham ega bo‘ladi. Tashqaridan etkaziladigan zararlar insonning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etadi, hatto vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga yoki ishga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. Ana shu davrdagi tirikchiligi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta jamiyatlari to‘laydi. Bu o‘z navbatida fuqarolarni oldindan o‘z hayotlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va odamlardan sug‘urta badallarini muntazam to‘lab borishni talab qiladi. Sug‘urta har bir fuqaroning shaxsiy manfaatlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi yuqorida keltirilgan ma’lumotlar orqali isbotlanadi. Bu o‘z navbatida sug‘urtaga ta’rif berish hamda sug‘urtaning o‘ziga xos belgilarini ko‘rsatib berishni ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi. 18
Sug‘urta – maxsus fondlarni tashkil etishda yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, undan turli hodisalar yuz berganda ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Sug‘urta munosabatlari ikki tomon sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida yuzaga keladi. Sug‘urta o‘zining qator belgilariga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Sug‘urta maqsadli xarakterga ega bo‘lib, sug‘urta to‘lovlari oldindan belgilangan shartnomaga ko‘ra, bu hodisalar yuz berganda to‘lanadi.
2. Sug‘urta ehtimollik xarakteriga ega, chunki u yoki bu hodisaning qachon sodir bo‘lishi va uning kuchi hamda keltiradigan zarari qanday bo‘lishi va qaysi sug‘urtalanuvchiga tegishli bo‘lishi noma’lumdir.
3. Sug‘urta mablag‘lar qaytarilish xarakteriga ega bo‘lib, (sug‘urta-lanuvchilar) sug‘urta fondidan mablag‘lari ayrim shaxslarga to‘lash uchun emas, balki hamma sug‘urtalanuvchilarga to‘lash uchun mo‘ljallangan.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling