Ijtimoiy soha va uning
Sug‘urtaning funksiyalari
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
2. Sug‘urtaning funksiyalari
Barcha iqtisodiy kategoriyalar kabi sug‘urta kategoriyasi ham o‘z funksiyalariga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: 1. Sug‘urtaning taqsimlash funksiyasi. 2. Sug‘urtaning nazorat funksiyasi. Sug‘urtaning taqsimlash funksiyasi quyidagi maxsus funksiyalar tavakkalllik (risk), ogohlantirish va jamg‘arish funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi: a) tavakkallik funksiyasi bevosita sug‘urtaning belgilanishi bilan bog‘liq bo‘lib, zarar ko‘rgan jismoniy yoki yuridik shaxsga pul yordami berilishi bilan xarakterlanadi. Bu funksiya orqali sug‘urta mablag‘lari qiymati qayta taqsimlanadi; b) ogohlantirish funksiyasi sug‘urta tavakkalligining kamayishi bo‘yicha tadbirlarga sug‘urta fondidan mablag‘lar moliyalashtiriladi, sug‘urta shartnomalari tuziladi va sug‘urta tavakkallligining miqdoriga qarab, sug‘urta to‘lovlari belgilanadi; v) jamg‘arish funksiyasida sug‘urta fondidagi mablag‘lar jamg‘arib boriladi va bu mablag‘lar aholi turmush darajasini yaxshilash uchun va nafaqa davrida to‘lash uchun yo‘naltiriladi. Boshqarma kompaniyalarga litsenziyalar beradi, ular faoliyatini zarur hollarda tekshiradi, normativlar belgilaydi va rezervlarni joylashtirish qoidalarini ishlab chiqadi. O‘zbekistonda 1993 yil qabul qilingan “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonun hayotga tatbiq etilganligi tufayli Respublikamizda davlat, xususiy, hamkorlikdagi sug‘urta kompaniyalari faol xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar. Respublikamiz sharoiti uchun sug‘urta tizimini rivojlantirish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Inson tabiatdagi o‘zgarishlarni hali oldindan aniqlash va uning oldini olish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ham tabiatda bo‘ladigan suv toshqinlari, er qimirlashi, yashin urishi, ko‘chkilar, shamol, sel kelishi, do‘l va yomg‘ir, qor ko‘chishi hollari, kutilmaganda bo‘lib turadigan hodisalar iqtisodiyotga va fuqarolarga mislsiz katta zarar keltiradi. Amerikalik iqtisodchilarning hisobiga ko‘ra har yili yer qimirlashi tufayli ko‘riladigan zarar 7 mlrd. dollarni tashkil etar ekan. Bir yilda er yuzida bir milliondan ortiq er qimirlash hodisasi bo‘lib, ulardan yuz mingi sezilarli, yuztasi turli shakllarda talofat etkazadi, bittasi halokatli bo‘lar ekan. Iqtisodchi olimlar dunyo miqyosida sug‘urtaga alohida e’tibor berish sug‘urtani tabiiy ofatlarni bartaraf etuvchi va unga qarshi kurashuvchi fan deb qarashmoqda. Ayrim iqtisodchilar sug‘urtani aholining moddiy boyliklarini qo‘riqlaydigan va muhofaza etadigan fan deb qarashmoqda. Huquqshunoslar esa sug‘urtaga shartnoma deb qarab, sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchining o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi vositalar qonuni deb hisoblaydilar. Bizning fikrimizcha sug‘urta qaerda assotsiatsiya mavjud bo‘lsa, o‘zining a’zolariga ega bo‘lgan hamda a’zolik badallari o‘z navbatida jadval bo‘yicha to‘lab turilgan, to‘lovlar amalga oshgan taqdirda yordam ko‘rsatish zarur deb hisoblaymiz. Turli mulk shakllari amal qilayotgan bozor munosabatlari hukmronlik qiladigan jamiyatda sug‘urta kopaniyalari ham turli normalarda bo‘lishining hayotning o‘zi taqozo qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sug‘urtalash sharoitlari ham sug‘urta ishida muhim rol o‘ynaydi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling