Ijtimoiy soha va uning


-jadval Shaxsiy daromad solig‘i stavkasi (taxminiy ma’lumotlar)


Download 1.41 Mb.
bet37/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

1-jadval
Shaxsiy daromad solig‘i stavkasi (taxminiy ma’lumotlar) 26

Soliq olinadigan umumiy daromad (so‘m)

Oxirgi soliq stavkasi (so‘m)

Daromad-ning o‘sishi (so‘m)

Soliqning o‘sishi (so‘m)

Umumiy soliq (so‘m)

O‘rtacha yillik stavka (5)/(1)

1

2

3

4

5

6

0

0












9000

14

9000










12000

16

3000










15000

20

3000










22300

30

7500










30000

40

7500










30000<

50

-










Jadvalning 2-ustunida daromad solig‘i stavkasining dinamikasi keltirilgan. 14 foizli stavka 9000 so‘mdan kam bo‘lgan barcha yillik daromadlarga (30000 so‘mdan yuqori) qo‘llaniladi. Soliq olinadigan yillik umumiy daromad 9000 so‘mlik darajadan ortib borishi bilan, shunga mos ravishda soliq stavkasi ham o‘sib boradi. Umumiy yillik daromad 30000 so‘mni tashkil qilganda, daromadning o‘sgan qismi (7500 so‘m) umumiy soliq summasini (7500 so‘m) qoplamaydi. Umumiy yillik daromad summasi 30000 lik darajadan ortib borishi bilan soliq summasining o‘sishi o‘rtasidagi farq soliq foydasi hisobiga boradi.


Shaxsiy daromad solig‘i bilan bog‘liq masalani chuqurroq aniqlab olish uchun oxirgi va o‘rtacha soliq stavkasi o‘rtasidagi farqni tushuntirish zarur. Oxirgi soliq stavkasi o‘sgan yoki qo‘shimcha daromadga to‘lanadigan soliq hisoblanadi. Oxirgi soliq stavkasi to‘lanadigan soliqning o‘sgan qismini o‘sgan daromadga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.27
O‘rtacha soliq stavkasi bu umumiy soliq summasining soliq olinadigan yillik daromadga bo‘lingan nisbati. Agar umumiy soliq summasi 1740 so‘mni, soliq olinadigan yillik daromad 1200 so‘mni tashkil qilganda, o‘rtacha soliq stavkasi 14,5 (1740 : 12000) foizga tenglashadi.
Ish haqidan olinadigan soliqlar. Ish haqi umumiy yillik daromadning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli fuqarolarning umumiy daromadidan olinadigan daromad solig‘i ish haqiga tegishli. Soliqning bu turini yuqorida batafsil qarab chiqdik. Ish haqi fondidan olinadigan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari va undan to‘lovlar (5 foizli) ham soliqlarning alohida turi sifatida ko‘rib chiqildi. Bulardan tashqari ish haqidan bo‘ydoqlar, so‘qqaboshlar va kam oilalilar ham soliq to‘laydi. 1992 yil respublikamizda soliqning bu turlari aholidan olinadigan soliqlarning 1,8 foizini tashkil qilgan. Fuqarolar o‘zlarining ish haqidan turli ijtimoiy tashkilotlar va fondlarga ham to‘lov va xayr exsonlar qilishi mumkin.
Korxona daromadidan olinadigan soliq. Soliq qonunchiligida davlat korxona va tashkilotlari hamda jamoa va mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan korxona va tashkilotlar daromadlaridan davlat byudjetiga soliq to‘lashi ko‘zda tutiladi.
Daromad solig‘i korxona daromadining mutloq summasidan olinadi. Soliq olinadigan daromad summasi quyidagi ketma-ketlikda hisoblab topiladi:
1. Umumiy daromad aniqlanadi. U o‘z ichiga yalpi foyda (amortizatsiyani ham o‘z ichiga oladi), boshqa korxonalardan kelib tushadigan dividentlar va obligatsiya bo‘yicha foizlar (aksiya va oblegatsiyalarga ega bo‘lgani uchun), zayom va bankdagi qo‘yilmalarga olinadigan foizlar va shu kabilar hamda ijaraga berilgan korxona mulkidan renta tushumlari, patent va litsenziya sotishdan tushumlar, mol mulkni sotishdan tushadigan daromadlarni oladi.
2. Daromadni kamaytiruvchi umumiy summa hisoblab topiladi (chiqim). Daromadni kamaytiruvchi chiqimlar o‘z ichiga va xizmatchilarga to‘lovlar (yalpi foydani hisoblashda mahsulot qiymatini oshirmaydigan), to‘langan soliq va foizlar xayr ehson fondlariga ajratmalar, amortizatsiya ajratmasi summasi, o‘z pensiya fondiga ajratma va ishchilarga to‘langan dividentlarni oladi. Soliq olinadigan daromad umumiy daromad bilan umumiy ajratma (chiqim)lar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Mulkchilikning barcha shakllariga asoslangan korxonalar daroma-diga ma’lum stavka bo‘yicha (bizda 18 foizli) daromad solig‘i o‘rnatiladi. Xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari uchun pasaytirilgan (12 foizdan kam bo‘lmagan) va oshirilgan soliq stavkasi (35 foizdan yuqori bo‘lmagan) o‘rnatilishi mumkin. 28
Aksiz solig‘i. Bu soliqning ob’ekti natural yoki qiymat shaklida sotilgan tovarlar hajmi hisoblanadi. Aksiz solig‘i egri soliq hisoblanib tovar birligiga o‘rnatiladi va uning chakana narxiga kiradi hamda ancha yuqori narxlar orqali sotuvchidan iste’molchiga o‘tadi.
Mulk solig‘i. Mulk solig‘ining asosiy qismining og‘irligi shu mulk egasining elkasiga tushadi, chunki bu soliqni boshqaga yuklash mumkin emas. Bu - er, shaxsiy mulk, xususiy uy yoki kvartira soliqlariga tegishli. Masalan, hatto er sotilganda ham mulk solig‘ining qandaydir yukini unga ortish mumkin emas. Xaridor shu er uchun kelajakda to‘lashga to‘g‘ri keladigan soliq hajmini e’tiborga olib erning narxini pasaytirishga harakat qiladi.
Tadbirkorlik mulkiga solinadigan soliq ishlab chiqarish xarajatlari sifatida qoladi va shu sababli mahsulot bahosini o‘rnatishda hisobga oladi. Shu orqali bunday soliqlar iste’molchilar elkasiga yuklatiladi.
Bundan tashqari dehqon xo‘jaliklarini yurituvchi fuqarolar daromadidan ham soliq undiriladi. Soliq undiriladigan daromad yalpi daromad (pul yoki natural shaklidagi) va shu daromadni olish uchun qilingan xarajatlar o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Soliq stavkasi oylik tushumning 10 foizi miqdorida o‘rnatiladi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling