6. Keyingi yillarda mamlakatimizda majburiy sug‘urtalashning
ayrim turlarining joriy etilishi
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonini tegishli bozor infratuzilmasi, jumladan, sug‘urtani rivojlantirmasdan turib amalga oshirish mumkin emasligini alohida ta’kidlangan. Xulosa qilib aytganda, mazkur Qonun eng avvalo, bugungi kunda transport vositalari egalarining vujudga kelishi mumkin bo‘lgan mulkiy yo‘qotishlarini bartaraf etadi, qolaversa, ularni moddiy tarafdan qo‘llab-quvvatlaydi hamda muayyan tarzda jabrlanuvchilarning zararlarini qoplaydi. Aniqroq ta’riflaganda, bir vaqtning o‘zida ham zarar etkazuvchi, ham jabrlanuvchi manfaatdorligi ta’minlanadi.21
Transport vositalari egalarini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta summasining minimal miqdori 3000 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida belgilanmoqda. Bu orqali sug‘urtalovchiga bankrotlik jarayoni qo‘llanilganda yoki etkazilgan zarar uchun javobgar shaxs noma’lum bo‘lganda yoxud zarar etkazgan transport egasi fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda kompensatsiya to‘lovlarini to‘lashni kafolatlaydi.
Har ikkala qonunning amaliyotgan tatbiq qilinishi birinchidan, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga, ikkinchidan, vaqtincha bo‘sh yotgan sug‘urta mablag‘larini u yoki bu sohalarga jalb etish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda, moliya tizimining muhim bo‘g‘inlaridan bo‘lgan sug‘urta sohasini to‘la hayotga tadbiq etish va sug‘urtaning yangi turlarini qo‘llash muhim hisoblanadi. Xorij sug‘urta kompaniyalarining tajribalaridan foydalangan holda va ular bilan hamkorlikda ish olib borilsa, respublikamiz sug‘urta tizimida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin, chunki iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tizimi rivojlangan bo‘lib, sug‘urta tizimi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |