Ijtimoiy soha va uning
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh
Download 1.41 Mb.
|
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)
5. O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh
qilish va rivojlantirish chora tadbirlari Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror va ishonchli taraqqiyotini ta’minlashda sug‘urta faoliyatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bozor infratuzilmasining eng muhim institutlaridan biri – tadbirkorlar va aholini extimoli bo‘lgan turli zararlardan himoya qilishga qaratilgan sug‘urta faoliyati izchil rivojlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda bu sohada 20 dan ortiq kompaniya, 450 dan ortiq shahobchalar ish yuritmoqda hamda ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 150 dan ortiq turdagi sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Sug‘urta maxsulot ishlab chiqarishning raqobatbardoshligi oshirish, kapital, ish kuchi, maxsulot eksporti hamda importi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabilar bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyatlarni risklardan himoyalashga Shuningdek, u har bir sub’ektning o‘z faoliyatini kengaytirishga, investitsiyalarni ishonchli joylashtirishga, kredit olish imkoniyatlarini oshirishga xizmata qiladi.20 Mamlakatimizda “Davlat – iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi” tamoyiliga asoslanib, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish maqsadida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari asoslandi uning huquqiy asoslari va tashkiliy uslubiy jihatlari yaratildi hamda takomillashtirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan sug‘urta sohasidagi davlat monopoliyasiga marham berishi uchun zaruriy huquqiy asos yaratilgan edi. Uning bajarishini hamda mamlakat iqtisodiyotini ishonchi sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash maqsadida mamlakatimiz Prezidentining maxsus farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining bir qancha yirik (“O‘zbekinvest” EIMSK, “O‘zagrosug‘urta” hamda “Kafolat” DASK, “Madad” SA va boshqa) sug‘urta kompaniyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan edi. O‘z vaqtida qabul qilingan bu farmon va qarorlar mamlakatimiz sug‘urta faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi. Respublikamizdagi bir qator vazirlik va idoralar zimmasiga sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan dastur asosida O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish vazifasi yuklatildi. Mazkur hujjatda sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik, normativ-huquqiy bazasini xalqaro amaliyotga muvofiq yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini, import-eksport operatsiyalari sug‘urtalash, inson hayotini uzoq muddatga sug‘urtalash, bu xizmatning jamg‘arma turlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish ko‘zda tutildi. Shuningdek, qarorda shu sohani rivojlantirish hamda yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalashda keng qatnashishini rag‘batlantirish uchun mol-mulkni va hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari soliqqa tortilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling