Ijtimoiy soha va uning


Sug‘urta ishini tashkil etish


Download 1.41 Mb.
bet30/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

3. Sug‘urta ishini tashkil etish

Bozor iqtisodiyoti sug‘urta tashkilotlarini talab va taklif asosida shakllantirishni va sug‘urta ishini qaytadan tashkil etishni talab etadi. Bunda oldi-sotdi ob’ekti sug‘urta himoyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida 1993 yil 6 mayda qabul qilingan ”Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonun zaminida mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika iqtisodiyotining rivojlanishida sug‘urtaning asosiy o‘rni va tutgan mavqei hamda yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablarini har tomonlama qondirilishiga ushbu qonun kafolat beradi. 19


Qonunda sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug‘urta – inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida etkazilgan zarar hamda talofatlarni jismoniy va yuridik shaxslar to‘lagan sug‘urta badallari (sug‘urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq yoki qisman qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug‘urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlar demakdir.”
Sug‘urta bozorining shakllanishi tufayli sug‘urta jamiyatlari bilan birga sug‘urta kompaniyalari ham sug‘urtaning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘iniga aylandi. Sug‘urta jamiyatlarida sug‘urta fondi tashkil topadi va ulardan foydalanish amalga oshmoqda. Sug‘urta fondlarining turli mulk shakllarida tashkil topishi natijasida shaxsiy, guruh, jamoa manfaatlari bir-biri bilan bog‘lanib ketadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti turli mulkchilik munosabatlariga asoslanib, rivojlanib borishi bilan har bir fuqaro boshqa fuqarolar bilan turli yo‘nalishlar bo‘yicha birgalikda hamkorlik qilish uchun shartnomalar tuzish huquqiga ega. Xuddi shu jarayonlarni sug‘urta bozori hisobga olgan holda mijozlar uchun turli-tuman sohalarda sug‘urta xizmatini ko‘rsatishi mumkin.
Sug‘urta bozorining tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) institutsional aspekt. Bunda hissadorlik, kooperativ va davlat sug‘urta kompaniyalari yagona sug‘urta tizimiga birlashadilar.
b) hududiy aspekt. Bunda mahalliy sug‘urta bozorlari milliy va jahon sug‘urta bozorlari o‘rganiladi.
Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi taraqqiyot yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘q qilib, iqtisodiy hamkorlikning kengayishiga olib keladi va milliy sug‘urta bozorlarining jahon sug‘urta bozoriga ulanishiga olib keladi. Masalan, umumevropa sug‘urta bozori xuddi shu yo‘l bilan vujudga kelgan. Talab va taklif qonuniga asoslangan holda sug‘urta xizmati ichki va tashqi bozorga bo‘linadi.
1) Ichki sug‘urta bozori. Bu bozor mahalliy bozordan iborat bo‘lib, bunda talab aniq harakat etadigan sug‘urtalovchi kompaniyalar tomonidan qondiriladi.
2) Tashqi sug‘urta bozori. Bu mahalliy bozordan tashqarida harakat etib, sug‘urta xizmatiga bo‘lgan taklif jahon xo‘jaligi miqyosida ta’minlanadi.
Agar sug‘urta bozorini tarmoqlar bo‘yicha o‘rganadigan bo‘lsak, u shaxsiy, mulkiy javobgarlik, iqtisodiy tavakkalliklar sug‘urtalariga bo‘linadi. Har bir sug‘urta turi ham bir necha bo‘g‘inlar orqali turkumlanadi. Bizning Respublikamizda barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta ishi hali uncha rivojlangan emas.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling