Ijtimoiy soha va uning


O‘zbekistonda sug‘urta ishini rivojlantirish istiqbollari


Download 1.41 Mb.
bet31/59
Sana08.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1674153
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
Ijtimoiy soha iqtis ma\'ruzalar matni (2)

4. O‘zbekistonda sug‘urta ishini rivojlantirish istiqbollari

Bozor iqtisodiyoti milliy iqtisodiyotimizda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga va moliya tizimida keng miqyosdagi iqtisodiy islohotlarning ro‘yobga chiqishiga turtki bo‘ldi. Mamlakat moliya tizimining muhim omillaridan bo‘lgan sug‘urta sohasida bir qancha ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi, iqtisodiy islohot sug‘urta sohasida ham amalga oshirildi.


O‘zbekistonda «Sug‘urta to‘g‘risida»gi qabul qilingan qonun (1993 yil 6 may) va mamlakatimizda sug‘urta tizimini o‘zgartirish va uni har tomonlama rivojlantirish uchun hamda turli mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlarini vujudga keltirish uchun huquqiy asoslar yaratib berilishi natijasida bir qancha sug‘urta kompaniyalari tashkil topdi. Masalan, 1994 yil 21 yanvarda «O‘zbekiston eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi» («O‘zbekinvest»), 1997 yil 25 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan «O‘zagrosug‘urta» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda bu kompaniyaning 12 viloyatda direksiyalari hamda respublikaning barcha tumanlarida 163 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatib, qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatish uchun 2 mingdan ortiq mutaxassislar jalb etilgan.
1997 yil 14 martda «Kafolat» ochiq turdagi davlat hissadorlik sug‘urta kompaniyasi tashkil qilindi. Ushbu kompaniyaning respublika viloyatlarida filiallari bor. Bu kompaniya chiqarayotgan aksiyalar mijozlar tomonidan keng miqyosda sotib olinmoqda, respublikamiz sug‘urta bozorida faol ish olib borayotgan kompaniyalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
1996 yil 22 iyulda O‘zbekiston Respublikasida banklararo sug‘urta jamiyati – «Banksug‘urta» tashkil etildi. «Banksug‘urta» yoki «Ishonch» sug‘urta jamiyatining oldiga qo‘ygan muhim vazifalari quyidagilardan iborat: respublika bank tizimini sug‘urta orqali kafolatlangan holda ishonchli himoyalashni amalga oshirish; respublika banklarining kompleks ravishda ixtiyoriy sug‘urtalashni amalga oshirish bank xodimlarining sog‘lig‘ini va rahbarlarning malaka ma’suliyatini sug‘urtalash; sug‘urta ob’ekti bo‘lgan banklar, lizing, kliring operatsiyalari va boshqa jarayonlarni sug‘urtalash; ixtiyoriy ravishda bank tizimini, xorijiy, yuridik va jismoniy shaxslarni sug‘urtalash.
1995 yil 26 iyulda Respublika birinchi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug‘urta yo‘li bilan himoya qiluvchi «Madad» agentligi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu «Madad» agentligining asosiy vazifasi bozor sharoitida tadbirkorlik tavakkalligidan himoya etish maqsadida sug‘urta xizmatini ko‘rsatish va sug‘urta vasiqalarini berish bo‘lib, sug‘urta vasiqasi tadbirkorga «Biznes Fond» tomonidan imtiyozli kredit olish imkonini beradi. Shu bilan birga agentlik mulklarni sug‘urtalash, transport vositalari egalarining fuqarolik ma’suliyatini uchinchi bir shaxs zarar ko‘rishidan sug‘urtalash, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash kabilarni ham amalga oshiradi. «Madad» sug‘urta agentligining O‘zbekistonda 13 ta filiali mavjud bo‘lib, bularning hammasi faol faoliyat yuritmoqda.
Keyingi yillarda respublikamizdagi sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy imkoniyatlari kengayib bormoqda. Masalan, «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining ustav fondi qariyb 1,5 barobarga oshdi. Rivojlangan davlatlarda korxonalar, tadbirkorlar sug‘urta polisiga ega bo‘lmasa, boshqalar ular bilan hamkorlikda ishlamaydilar. Chunki o‘zini hurmat qilgan, uddaburon, tejamkor tadbirkor, avvalo o‘z faoliyatidagi hamda sheriklikdan etishi mumkin bo‘lgan zarardan ehtiyoj choralarini ko‘rib qo‘yadi. Bundan tashqari, sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘lanadigan badallar faqat bank muassasalarida investitsiya tariqasida jamlanib, mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlan-tirishga xizmat qiladi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling