Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chuqurlashtirish. Reja


Download 24.73 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi24.73 Kb.
#1216747
Bog'liq
Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chuqurlashtirish.



Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chuqurlashtirish.

Reja:


  1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish

  2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

  3. YOSHlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

1.Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.


2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Resnublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab:
barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqs shaklda beriladi;
58 ta tog‘li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda nakd shaklda amalga oshiriladi;
oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.
Bundan tashqari, hududlarda shakllangan ish haqini nakd shaklda hamda plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashda odamlar o‘z ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va o‘zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud to‘lov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi.
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan.
Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti.
Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini YOSHlar tashkil etishi (har yili yarim milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muhtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq
Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo YOSHlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning 93,2 foizi ishga joylashtirilgan.
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususan, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasi» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, tuqimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamii yaratadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi )fta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:
fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish;
qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish;
parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;
ixcham issiqxonalar tashkil etish;
urug‘ va ko‘chatlar etishtirish.
Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi.
Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish kuzda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyoxlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, hojatxona va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyoxdarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
Harakatlar strategiyasida xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‘llabquvvatlash maqsadida:
«Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish;
«Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi 2017» respublika tanlovini o‘tkazish;
Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‘shko‘pir tumanlarida ayollarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyati tashkil etish.
Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi qizlarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshiradi.
O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 tamoyil (ish joyi va mehnat sharoiti, ish vaqti, turarjoy bilan ta’minlash, malakali tibbiy xizmat, migrantning xavfsizligi ta’minlanganligi) asosida amalga oshirilmokda.
Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
hududlarda fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga o‘zini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga o‘rgatishni yuklagan holda, Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazining hududiy tuzilmalarini tashkil etish;
fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va xorijiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni hisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSh, Kanada, Yaponiya, Evropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga) ishga yuborish hajmi va yo‘nalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar o‘tkazish.
«Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
Loyiha mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilish ham mehnat bozoridagi ta’sirchan siyosatning muhim uslubi sanaladi. Bundan maqsad ish izlovchilarni taklif etilayotgan bo‘sh joylar bilan tanishtirish, shuningdek, ularga mehnat bozori, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yangi kasbga o‘qitish to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishdan iborat.
Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxtttilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.
Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Utgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha qatlamlarini har tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamoqsa.
Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yzshaltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda.
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda 2010-2015 yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, nogironlarning turarjoy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqparini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mii tashkil etdi.
Jamiyatning demokratlashuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash uchun «Nuroniy» jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa YOSHdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.
Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 28 dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»'gi Farmon hamda «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarorning qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llabquvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, «Nuroniy» jamg‘armasi markaziy apparatini, uning viloyat va tumanlardagi bo‘linmalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa YOSHdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa YOSHdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz
keksalarning turmush sifati va darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa YOSHdagi shaxslarni to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqsoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan.
Download 24.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling