Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya
II bob: Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatkichlarining o‘rni
Download 176.47 Kb.
|
Mirzacho’l iqtisodiy geografik rayoni
II bob: Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatkichlarining o‘rni
2000 yilda qishloq xo’jalik mahsulotlari 100,2 foizga o’sgan. Yalpi ichki mahsulot hajmida qishloq xo’jaligining tutgan o’rni 75,6 foizni tashkil etadi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 2000 yilda 131,3 foizga, halq iste’moli mollari 107,8, chakana savdo aylanmasi 105,2 foiz va pullik xizmat ko’rsatish 108,3 foizga oshgan. Viloyatda elektroenergetika, engil, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari rivojlanmoqda. Bu esa qishloq xo’jaligi bilan bir vaqtda sanoat ham taraqqiy etiishga imkon tug’diradi.Sanoati. Sirdaryo viloyatida asosiy sanoat korxonalarining soni 43 taga etgan bo’lib, ular hududda butunlay yangidan barpo etilgandir. Sanoat ishlab chiqarish so’nggi 40-50 yil davomida shakllangan. 50-yillarda Mirzacho’lni majmuali o’zlashtirish maqsadida uning qurilish bazasi yaratildi va paxta tozalash sanoati, oziq-ovqat hamda elektr energetika rivojlanib bordi.Viloyat sanoatining hozirgi kundagi axvoli birmuncha past bo’lib, u bu jixatdan faqatgina Jizzax viloyatidan oldinda turadi, holos. 1999 - 2000 yillarda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish xajmi 112,2 foizga oshgan.Sanoat rivojlanishida yoqilg’i resurslari boshqa iqtisodiy rayonlardan, aniqrog’i Sho’rtan gaz konidan keltiriladi. Respublikamizdagi eng yirik Sirdaryo IESining qurilishi munosabati bilan bu erda Shirin shahri barpo bo’ldi. IESning qurilishi qishloq xo’jaligi bilan bir vaqtda sanoatning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir etdi. Asosiy sanoat mahsulot xajmida elektr energetika tarmog’ining ulushi 66.6 foizga tengdir.Ikkinchi o’rinda engil sanoat turadi, uning umumiy sanoat tarmoqlaridagi xissasi 11,8 foizni tashkil etadi, oziq-ovqat sanoati 7,4 foiz bilan uchinchi o’rinni egallaydi. Sirdaryo viloyati sanoati aynan mana shu tarmoqlarga ixtisoslashgan.Sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibini taxlil qilganda viloyat markazi Guliston shaxrini alohida ko’rsatib o’tish joiz. Bu shaxar zimmasiga Sirdaryo viloyati sanoat mahsulotining 23,2 foizi (2000 yil) to’g’ri keladi. Gulistonda engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yaxshi rivojlangan.Qishloq tumanlaridan Sirdaryo, Sayxunobod, Sh.Rashidov va Oqoltin tumanlarining xissasi ancha yuqori. Jumladan, viloyat sanoat mahsulotining 17,2 foizini Sirdaryo va, 16,2 foizini Sayxunobod tumanlari beradi. Ayni vaqtda Mehnatobod, Guliston, Mirzaobod tumanlarida sanoat rivojlanishi past darajada. Engil sanoat asosan viloyat paxta xom ashyosiga tayangan holda rivojlanib kelmoqda. Dexqonobod, Boyovut, Mirzaobod, Farg’ona va Guliston paxta tozalash zavodlari shular jumlasiga kiradi. Mazkur zavodlar viloyatdagi etishtirilgan paxtani to’la qayta ishlash quvvatiga egadir.Oziq-ovqat sanoatining korxonalari deyarli barcha shaxar va tumanlarda mavjud bo’lib, bunga Sirdaryo, Guliston sut zavodlari, yog’-pishlok zavodi, yog’-ekstraktsiya, qandolat fabrikasi va boshqalarni kiritish mumkin.Yuqoridagi tarmoqlardan tashqari mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmog’i ham shakllanmoqda. Asosan Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodining Sirdaryo filiali, Guliston ta’mirlash-texnika zavodlari, refrijerator-vagonlarni ta’mirlash zavodlari shular jumlasidandir. Mazkur tarmoqning viloyat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi xajmi 2,2 foizga barobar.Qurilish materiallari sanoatiga jami sanoat maxsulotining 1,2 foizi yaqini to’g’ri keladi. U asosan Yangier shaxri va Sirdaryo tumanlarida rivojlangan.Yangier qurilish materiallari va konstruktsiyalari kombinati tarkibida temir-beton mahsulotlari, temir-beton quvurlari zavodlari va tsexlari mavjud. Sirdaryoda ham temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladi, bu erda uysozlik kombinati barpo etilgan.Sirdaryo viloyatida qazilma boyliklar, etarlicha ishchi kuchi bo’lmaganligi bois og’ir sanoat tarmoqlari sust rivojlangan, ammo kelajakda to’qimachilik, mashinasozlik, farmatsevtika va qurilish sanoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar bor.Qishloq xo’jaligi. Sirdaryo viloyati mamlakatimiz qishloq xo’jaligi mahsulotining 3,6 foizini, Mirzacho’l iqtisodiy rayonining 40,8 foizini beradi. Yangi erlarni o’zlashtirish orqali rivojlangan bu tarmoqda dexqonchilik etakchilik qiladi.Hozirgi paytda Sirdaryo viloyatininig umumiy ekin maydonlari 260 ming gektar bo’lib, shundan 104,4 ming gektarga donli ekinlar ekiladi. Qolgan qismida paxta, poliz va sabzavot etishtiriladi. 2000 yilda viloyatdagi 104,4 ming gektarga ekilgan donli ekinlardan 217,2 ming tonna hosil olingan (asosan bug’doy), hosildorlik o’rtacha 20,8 tsentner. Dexqonchilikning etakchi tarmog’i - paxtachilik bo’lsada, keyingi yillarda uning ekin maydonlari anchaga qisqardi. Hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati barcha ekin maydonlarining 53,1 foiziga paxta ekilmoqda.Poliz va sabzavot mahsulotlarini etishtirish ham muxim qishloq xo’jaligi tarmoqlari bo’lib, viloyat bu jihatdan mintaqalar ichida etakchilardan hisoblanadi. Aynan ana shu mahsulot turlarining yalpi hosili Respublika umumiy ko’rsatkichida 3,7 foizni, shundan poliz ekinlari 54,1 foiz, qolgani sabzavotlarga to’g’ri keladi. Poliz ekinlari etishtirish bo’yicha (63,4 ming tonna) viloyatlar orasida mazkur viloyat birinchi o’rinni egallaydi.Sirdaryo viloyatida dexqonchilik mahsulotlarini etishtirish bilan bir vaqtda chorvachilik tarmoqlari ham rivoj topib bormoqda. Mazkur tarmoqning yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti xajmidagi ulushi 45,7 foizga teng. Go’sht etishtirish tirik vaznda 25,1 ming tonnani tashkil etgan holda Respublikada etishtirilgan go’shtning 3,1 foizni, sutning 3,3 foizini beradi. Bundan tashqari, pillachilik ham yaxshi yo’lga qo’yilgan.Qishloq xo’jaligidan olinayotgan mahsulotlarning yalpi hosiliga ko’ra 2000 yilda Oqoltin (15,9 foiz), Sayxunobod (13,6 foiz), Boyovut (17,2 foiz) va Sirdaryo (14,5 foiz) tumanlari boshqa tumanlarga nisbatan ajralib turadi.2001 yil ma’lumotlari bo’yicha, o’tgan davr oralig’ida viloyat qishloq xo’jaligida bironta ham ortiqcha ishchi kuchi bo’shamagan. Aksincha, aynan shu tarmoqda 4,6 ming kishilik yangi ish o’rinlari tashkil etilgan. Bu esa viloyatdagi mehnat resurslari muammolarini hal etishga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yuksaltirishga xizmat qiladi.Sirdaryo viloyati mamlakat hududiy mehnat taqsimotida qishloq xo’jaligining ba’zi tarmoqlarini rivojlantirish uchun etarlicha sharoit va imkoniyatlari borligi tufayli kelajakda mintaqalar iqtisodiyotida alohida o’rin egallash zarur. Download 176.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling