Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya
MUNDAREJA . Mavzu: Mirzacho’l iqtisodiy geografik rayoni I.Kirish……………………………………………………………………….3
Download 176.47 Kb.
|
Mirzacho’l iqtisodiy geografik rayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati…………………………………… ...39 Kirish
MUNDAREJA .
Mavzu: Mirzacho’l iqtisodiy geografik rayoni I.Kirish……………………………………………………………………….3 II.Asosiy qisim……………………………………………………………….3 I bob. Mirzacho’l iqtisodiy geografik rayonining tavsifi……………………..4 1.1. Tarixi va tabiiy resurslar………………………………………………….5 1.2. Iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari……………………………….6 II bob. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatkichlarining o‘rni …………8 2.1. Transport vositalari va ularga bog'liq muammolar .....................................11 2.2. Turizm sohasi: potensial, muammolar va ularni hal qilish usullari………31 III.Xulosa ……………………………………………………………………….37 IV.Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati…………………………………… ...39 Kirish Mirzachoʻl (ruscha: Голодная степь) — Oʻrta Osiyodagi tekislik. Oʻzbekistonning Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyati va Tojikistonning Zafarobod tumani xududlarida. Maydoni 10 ming km², balandligi 230 –385 m. Sharqda Sirdaryo, janubda Turkiston va Nurota togʻlarining togʻ oldi tekisliklari bilan chegaradosh. Gʻarbda astasekin Kizilqumga tutashib ketadi. Qizilqum bilan Mirzachoʻl orasidagi tabiiy chegara Arnasoy botigʻidan oʻtadi. Mirzachoʻl Sirdaryoning lyossimon qumoq va qumloqlardan tarkib topgan uchta koʻhna qayiri (terrasasi)da joylashgan, janubiy qismi togʻlardan oqib tushuvchi mavsumiy oqar suvlarning prolyuvial, prolyuvial-allyuvial va allyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan. Mirzachoʻlning bir necha bor dengiz bosishi natijasida bu yerda, asosan, karbonatli, gipsli va gilli shoʻr jinslar toʻplanib qolgan. Mirzachoʻl toʻrtlamchi davrdagi alp tektonik harakatlari natijasida choʻkkan. Golotsen epoxasida yangi tektonik harakatlardan Sirdaryoning 1- va 2-koʻhna qayirlari paydo boʻlishi bilan 3-koʻhna qayirda sizot suvlari pasayib, tuproq va ustki qatlamlar vujudga kelgan. Yerlar sugʻorilganda ana shu qatlamdagi tuzlar yer yuzasiga chiqib qoladi. Mirzachoʻlning yer yuzasi tekislik, shimoliy va shimoli-gʻarbga qiya. Janubiy qismida chuqur jarliklar, Sirdaryo vodiysida qoldiq oʻzanlar va oʻrqirlar bor. Markaziy va shimoliy qismlari tekis. Sirdaryoga 6–20 m chuqurliqdagi jarlik hosil qilib tushadi. Mirzachoʻlni janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga Yettisoy, Sardoba, Qoraqaroy, Shoʻroʻzak kabi oʻzansimon pastliklar — Sirdaryoning eski oʻzanlari kesib oʻtgan. Bu pastliklarning eng keng joyi 18 km, chuq. 9–10 m. Iqlimi kontinental. Urtacha yillik temperatura shimoliy qismida 12,5, janubiy da 15,G. Iyulning oʻrtachi temperaturasi 26 — 30°, yanvarniki 0,8—4°. Yozi nihoyatda issiq (baʼzan 40—47°). Yillik yogʻin miqdori 200–300 mm, togʻ oldi qismida 310–428 mm, koʻproq bahorda yogʻadi. Tekislikka Bekobod shamolining taʼsiri kuchli (baʼzan shamolning tezligi 46 m/sek. ga yetadi), bugʻlanishni kuchaytiradi, shoʻrlanish jarayonini tezlashtiradi. Turkiston va Molguzar togʻlaridan Sangzor daryosi, Zominsuv, Xoʻjamushkentsoy, Pishagʻarsoy, Rabotsoy va boshqa oqib tushadi. Bu soylar bahorda toʻlib oqadi. Sirdaryo qayirlarida koʻl va botqoqliklar koʻp. Koʻllarning suvi shoʻr. Mirzachoʻlda sizot suvlari togʻ oldi tekisliklarida 20–120 m, tekislik qismida esa 0,3 m chuqurlikda, shoʻrligi 30 g/l dan ortiq, tarkibida xlorid tuzlari koʻp. Markaziy qismida sizot suvlarining oqimi nihoyatda sekin va ancha shoʻr. Mirzachoʻldagi prolyuvial tekisliklarda tipik boʻz, markaziy va togʻ oldi qismlarida och boʻz, oʻzansimon pastliklarda shoʻrxok, shoʻrtob, daryo vodiysida allyuvial-oʻtloqi, oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Download 176.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling