Ikki akademik soatlik dars ishlanmasi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1063728
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ish rejasi15

Xodimning ehtiyojlari – bu albatta xodimning oladigan maoshi bilan o`zining, 
oilasinig oylik xarajatlarini qoplay olishi. 
Muomila madaniyati. Muomila madaniyati – mehnat faoliyatida ish 
unumdorligining tayanchlaridan biri bo`lib, xodimlarning o`z hamkasblari, ish 
faoliyatidagi barcha kollektiv bilan o`rnatgan munosabat va rishtalar yig`indisi. 
Oila va ish o`rtasidagi munosabat. Oila va ish o`rtasidagi munosabat – 
insonning bor etibori kerakli vaqtda ishga va albatta oilaga ham qarata bilishi zarur. 
Meyorni tuta va ikkala tarafda ham zarur munosobatlarnio`rnata olgan inson 


mufaqqiyatga erisha oladi va shunchaki hayotda charcahb qolmaydi.
Mehnat unumdorligi 
Mehnat unumdorligi - minimal ish haqi xarajatlari bilan eng katta samaraga 
erishishda ifodalangan xodimlarning mehnat faoliyati samaradorligi. Natijada ishlab 
chiqarilgan barcha mehnat xarajatlariga nisbati bilan o'lchanadigan ishlab 
chiqarishning iqtisodiy samaradorligidan farqli o'laroq, iqtisodiy e.t., olingan 
natijaning inson faoliyatining barcha sohalarida tirik mehnat xarajatlariga nisbati bilan 
belgilanadi; moddiy ishlab chiqarish sohasida, noishlab chiqarish tarmoqlarida, 
shaxsiy yordamchi va maishiy sohalarda.
Ishlab chiqarish jarayonida kishilar 
mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi 
ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot 
hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat 
unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini 
oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot 
aniqlanadi. 
Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat 
sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir 
xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan 
ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital 
bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi 
texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, 
xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini 
oshirish Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling