Ikki elning tanti
IBROYIM YUSUPOV IJODIDA PEYZAJ TALQINI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
IBROYIM YUSUPOV IJODIDA PEYZAJ TALQINI
FarDU adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Abdulxamidova Xikmatoy FarDU talabasi Murodova Madinaxon Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbek va qoraqalpoq adabiyotida peyzaj tasviri tahlilga tortilgan. Maqolada she’r va lirikada peyzajni tasviridan foydalanishi orqali ijodkor uslubiga baho beriladi. Annotation. This article analyzes the image of landscape in uzbek and karakalpak literature. The article evaluates the artist’s style through the use of landscape images in poems and lyrics by artists. Абстрактный. В данной статье анализируется изображение пейзажа в узбекской и каракалпакской литературе. В статье оценивается стиль художника через использование пейзажных образов в стихах и лирике некоторых художников. Kalit so’zlar: peyzaj, mubolag’a, adib, shoir, qoraqalpoq kuychisi, insonparvarlik, xalqparvarlik, milliy qadryatlar, umummilliylik, umumbashariylik va shu kabi atamalar uchraydi. Key words: landscape, exaggeration, writer, poet, humanitarianism, philanthropy, national values, poetry, nationalism, universality and similar terms are found. Ключевые слова: пейзаж, преувеличение, писатель, поэт, каракалпакский певец, гуманизм, человеколюбие, национальные ценности, национализм, универсализм и подобные термины. Badiiy adabiyotda inson xarakterini yaratish, uning murakkab qirralarini ochib berishda ruhiy tahlil o‘rinlidir. Inson ichki dunyosini chuqur va batafsil ochib berishga qaratilgan o’ziga xos badiiy tasvir silsilasidan iborat bo‘lmish ruhiyat tasviri ijodkorga qahramon ruhiy olamiga chuqurroq kirib borish, uning nozik ichki kechinmalarini payqab olish va xatti- xarakatlarining mantiqiy ruhiy asosini ochib berishni taqozo etadi. Ruhiy tasvir xarakter yaratishning muhim vositalaridan biridir va u o‘ziga xos 58 uslubiy hodisa sifatida muayyan badiiy mazmunni ifoda etishga xizmat qiladi. Ijodkor ruhiy holatini aks ettirishda peyzaj tasviri yetakchilik qiladi. Peyzaj 3 ( frans. paysage – mamlakat joy) 1) rassomlik va haykaltaroshlikda tabiatni aks ettiruvchi janr yoki shu janrda yaratilgan alohida asar. 2)adabiyotda - badiiy so’z vositasidagi tabiat tasviri, ifodasi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, asarning estetik quvvatini oshirish, qahramonning ruhiy holatini, ichki dunyosini ochish kabi vazifalarni bajaradi. Tabiatning ma‘lum bir lavhasi, ijtimoiy hayotdagi biror hodisa yoki voqea adib qalamida poetik obraz qiyofasiga kiradi va uning badiiy maqsadlari bilan bir qatorda o‘quvchi maʼnaviyatini rivojlantirish yo‘lida xizmat qiladi. Poetik obrazlarning shakllanishida ijodkorning tabiat va jamiyat bilan aloqasi, unga munosabati ham muhim rol o‘ynaydi. Ikki xalqning yuragidan joy olgan Ibroyim Yusupov chin ma’noda yurt muhabbati bilan ijod qilgan shoirdir. Uning “Cho‘l to‘rg‘ayi” to’plamini varaqlab bunga yana bir bor amin bo‘lamiz. Xususan, uning she’rlarida peyzaj tasviriga e’tibor qaratamiz. Peyzajning juda muhim xususiyatini ta‘kidlash joizki, u qahramonlarning kechinmalari bilan chambarchas bog‘liq, ularning his- tuyg‘ulari va kayfiyatlarini, uning badiiy maqsadlari bilan bir qatorda o‘quvchi maʼnaviyatini rivojlantirish yo‘lida xizmat qiladi. Poetik obrazlarning shakllanishida ijodkorning tabiat va jamiyat bilan aloqasi, unga munosabati ham muhim rol o‘ynaydi. Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yerlarga. Talay yo‘llar bosib misoli shamol Yana qaytib keldim bu so‘qmoqlarga Ushbu tor so‘qmoqqa qadam qo‘yganda Qaytadan men bola bo‘lib ketaman. Intiqqan yuragim kengayib shunda Chamanda, qush bo‘lib parvoz etaman. Ibroyim Yusupov ijodida “Qadrdon so‘qmoqlar” she‘ri alohida diqqatga sazovor. Bu she’r badiiy barkamolligi bilan she’riyat muxlislari qalbidan joy olgan. “Har kimning tug’ilgan yeri - Misr shahri” degan epigraf keltirilgan ushbu she’r shoirning garchi kichik qishloq bo’lsa-da uning uchun Misrdek buyuk bo’lgan ovuli haqida. Bolaligi o’tgan ko’chalar qadrdon so’qmoqlar haqida. Lirik qahramon bolaligi o’tgan qishloqqa qaytayotib, sog’ingan kunlarini, qadrli odamlarni eslaydi. She’rning ilk satrlarida qizil kendr degan daraxt bilan tol daraxti shivirlashib turadi. Turnalar olis yoqlarga uchib o’tadi. Shoir talay 3 D.Quronov. ”Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari”.Toshkent.“Navoiy universiteti”.2018. 59 yo’llarni, ya’ni ko’p yillarni bosib o’tib, yana qadrdon so’qmoqlariga qaytib keladi. U ushbu tor so’qmoqqa qadam qo’yganda qaytadan bola bo’lib ketishini aytadi. Go’yoki uning yuragi kengayib, nazarida qush kabi parvoz etadi. She’rda yosh shoirlar mosh paykalidagi gala chumchuqlarga o’xshatilgan. U shunday hayajon bilan ketardiki, so’qmoqda uning oldidan xuddi qo’shni qiz chiqib qolarday bo’ladi. Biroq bu qiz yiroqlarda. She’rda shunday jumla bor “Bizning joylar o’rni hozir paxtazor” demak shoir o’sha davrda faqat paxta ekishga e’tibor berilganini boshqa poliz mahsulotlari yoki ekinlar ikkinchi darajaga tushganiga ishora qilgan. Shuningdek, shoir gul terib, kapalak quvgan sho’x vaqtini bedazorda yurgan toyga qiyoslaydi. Shoir she’rning so’nggida bir qiyshiq so’qmoqning nega bu qadar dilga yaqinligiga o’zi ham hayratda ekanini aytadi. Peyzaj - mustaqil janr koʻrinishidagi landshaft qadimgi Xitoyda ibtidoiy tabiatning goʻzalligi va nafosatini tarannum etuvchi lirik yoʻnalish sifatida paydo boʻlgan. Keyinchalik bu termin adabiyotga ham koʻchgan. Peyzaj tasvirini biz deyarli barcha shoir, yozuvchilarning ijodida uchratamiz. Shoir lirik qahramon qalbidagi rang-barang tuyg’ularni ochishga harakat qilar ekan, albatta, tabiatning turli tuman ko’rinishlaridan foydalanadi va shu orqali o’quvchida muayyan tuyg’ularni shakllantiradi, tabiatga havas ham uyg’otadi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.I.Yusupov. “Cho’l to’rg’ayi”. ”G’afur G’ulom” nashriyoti. Toshkent.1972. -184b. 2.D.Quronov. Z.Mamajonov. M.Sheraliyeva."Adabiyotshunoslik lug’ati. “Akademnashr”. 2013. -408b. 3.https://n.ziyouz.com//kutubxona. 4.D.Quronov."Adabiyot nazariyasi asoslari"D.Quronov. Toshkent: Akademnashr, 2018. - 480b. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling