Ikki elning tanti


IBROYIM YUSUPOV “NAVRO'Z BAYRAMI KELDI”


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

IBROYIM YUSUPOV “NAVRO'Z BAYRAMI KELDI” 
SHE’RI TAHLILI 
 
 Abdurashidova Noila – FarDU talabasi 
M.Gaziyeva – tilshunoslik kafedrasi dotsenti 
Annotatsiya 
Maqolada Ibroyim Yusupov “Navro'z bayrami keldi” she’ri tahlil 
qilingan. 
Kalit so‘z va iboralar: she’r, she’r tahlili, she’r g’oyasi, lirik qahramon. 
Аннотация 


60 
В статье проанализировано стихотворение Ибраима Юсупова 
«Навруз байрамы пришел». 
Ключевые слова и фразы: стихотворение, анализ стихотворения, 
идея стихотворения, лирический герой. 
Annotation 
The article analyzes the poem by Ibroyim Yusupov “Navruz holiday 
has come". 
Key words and phrases: poem, poem analysis, poem idea, lyrical hero. 
“Navro'z bayrami keldi” she'ri mazmun jihatidan mavzusiga mos 
keladi. Chunki bu she'r Navro'z bayrami kelishi haqida. Bahor - fasllar 
gulshani, uyg'onish fasli. Butun tabiat barq urib yashaydi, yangilanadi. 
Shuningdek, turkiy xalqlar ham Navro'z bayrami, ya'ni yangi kunning 
tug'ilishini aynan bahor faslida nishonlanishi bejiz emas.Navro'z-bahor, yangi 
yil bayrami. “Navro'z” atamasi ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib, “nav”- 
yangi, “ro'z” – kun, ya'ni “yangi kun" degan ma'noni bildiradi. Navro'z 
bayrami hammaga shodlik, quvonch, o'zgacha baxt olib kiradi. Bu bayramda 
o'zbek oilalari sumalak, xalim, ko'k somsalar, palov kabi turli milliy taomlar 
tayyorlaydi. Shuning uchun she'rda ham Navro'z bayramining kirib kelishi, 
nishonlanishi shoir tomonidan chiroyli tasvirlangan:
Muruvvat nurlarin quyib jonlarga, 
Yurak to'lib tushdi, quvonchni bildi. 
Yorug' shu'la borib otar tonglarga, 
Navro'zning nurga boy bayrami keldi 
She'rda shoir Navro'z bayramini shunday ta'riflayaptiki, muruvvat 
(saxovat, yaxshilik) nurlarini jonlarga (insonlarga) quyib, tonglarga yorug' 
shu'la berib, quvonch ulashib nurga boy Navro'z bayrami keldi, deb yozgan. 
Shu o'rinda shoir Navro'z bayramini nurga boy deb ataydi. Nur- bu nuqtaviy 
yorug'lik, u olamni yoritadi. Shuningdek, Navro'z bayrami ham inson qalbini 
quvonch-u shodlik nurlari bilan yoritadi. Demak, Navro'z bayrami quvonch-u 
shodliklarga boy. She'rning keyingi misralarida esa shunday yozilgan:
Kunlar isib, obi havo jo'nashib, 
Dehqonni chorlashar,, Kel-ho!" lashib. 
Xuddi bugun kun bilan tun tenglashib, 
Ko'ngillarga hurlik bayrami keldi! 
Ushbu misralarda bahor fasli kirib kelib, kunlar isib, ob-havo 
yaxshilangandan so'ng Navro'z bayrami ko'ngillarga hurlik olib kelishi, ya'ni 
bu bayramda hamma xursand bo'lishi, dehqonlarni dalalarda erta bahordan 
ish boshlashi ta'riflangan. Ayniqsa, shoir,, Xuddi bugun kun bilan tun 
tenglashib" degan misralarini ham yozib o'tgan. Navro'z bayramida bilan tun 


61 
tenglashishini hammamiz bilamiz, shoir shunday tabiat hodisalarini ham 
ushbu misralarda keltirib o'tgan. 
Ushbu she'rni ko'tarinki ruhda ekanligini ifodalovchi bir qancha 
jumlalar mavjud. Masalan, Navro'z bayrami dillarga quvonch olib kelganini 
ifodalovchi misralarni olsak: 
Muruvvat nurlarin quyib jonlarga, 
Yurak to'lib toshdi, quvonchni bildi. 
Yorug' shu'la borib otar tonglarga, 
Navro'zning nurga boy bayrami keldi. 
Bu misralarda,, Yuraklar to'lib-toshdi, quvonchni bildi" misrasi orqali 
ko'tarinkilik ifodalangan, ya'ni Navro'z bayrami yuraklarni to'lib-toshdiradi, 
uni quvontiradi. Bundan tashqari, yana boshqa misralarda ham kuzatish 
mumkin: 
Yoshlar yugirishar yuzlari yayrab, 
Qarilar shukur etar ezgu o'y o'ylab. 
Navro'z go'jalar qozonda qaynab, 
Ko'pdan kutgan to'yning sarvari keldi. 
Yuqoridagi,, Yoshlar yugirishar yuzlari yayrab" misrasida Navro'z 
bayramida yoshlarni xursand bo'lib yugirishib,xususan, varrak uchirishlari
Navro'z bayramining aziz, ulug' ne'mati bo'lgan sumalak uchun toshlar terib 
keltirishlari, qarilarning esa shu kunlarga sog'-salomat yetib kelganiga 
shukrlar qilib o'ylab o'tirishlari, hamda Navro'z bayramida go'jalarni 
pishirilishi ifodalangan. Shoir bu misralar orqali ko'tarinkilik ruhni 
ifodalagan.
Janjal dunyosida bozor yo'q bul on, 
Urush yo'q, araz yo'q, barcha mehribon. 
Barcha odam chiqqanday bir ovuldan 
Totuvlik mulkining sultoni keldi. 
Bu misralarda mustaqillikka erishganimizdan so'ng, hamma tinchlik-
totuvlikda, urush va janjallarsiz, barcha bir-biriga mehribon bo'lib, ahillikda, 
birlikda milliy bayramimiz hisoblangan Navro'z bayramini nishonlashi 
tasvirlangan. Navro'z bayrami mustaqilligimizning bir belgisi hisoblangani, 
hamda bu bayramni tinchlik kunlarda nishonlanishi sababli shoir uni,, 
Totuvlik mulkining sultoni" deb atagan. 
Ushbu she'r Navro'z bayrami haqida. She'rning g'oyasi mustaqil 
O'zbekistonning milliy bayrami bo'lgan Navro'z bayramidagi o'zgacha 
shukuhlarni yoritish hisoblanadi. 
Ezgu umid yuvib ko'ngil g'uborin,
Tuzalsin deb arosatning zamonin.
Ruhlari shod bo'lib ota-boboning
Yayrab-ag'nab yotgan xabari keldi.


62 
Shoir bu misralarda Navro'z bayrami insonlarning ko'nglidagi 
g'uborlarni ezgu umid bilan yuvib, yurtimiz tinch bo'lishi, notinchlik 
bo'lmasligini, ota-bobolarimizning ruhlari shod bo'lishi haqida duo qilishlari 
ta'riflangan. Bundan tashqari she'rning 
g'oyasini yanada ochib beruvchi oxirgi misralarida: 
Haqning inoyati Inson ko'nglinda, 
Mehribonlik, muruvvatning gulinday. 
Shon-shavkatli O'zbekiston elinda, 
Kunlar kelib, bahor ayyomi keldi, 
Navro'zning yorug'lik bayrami keldi. 
Kunlar isib, bahor kelib O'zbekiston elida xuddi mehribonlik, 
muruvvatlik guliday bo'lib Navro'z bayrami kelishi yozilgan va oxirgi 
misrasida Navro'z bayrami yurtga yorug'lik olib kelgani, ya'ni tinchlik, 
totuvlik olib kelgani uchun «Navro'zning yorug'lik bayrami keldi" deb 
ta'riflangan. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling