Ikki elning tanti


IBROYIM YUSUPOV SHE‘RLARINING POETIK TAHLILI


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

IBROYIM YUSUPOV SHE‘RLARINING POETIK TAHLILI 
Dilnavoz Abdurahimova 
Farg‘ona davlat universiteti talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ibroyim Yusupov she‘rlarining mavzu 
ko‘lami,ta‘sirchan ifodalari,tug‘ilgan joy va Vatan mavzusi keng yoritib 
berilgan. 
Kalit so‘zlar:shoir poetikasi,xalq tili,poeziya,obrazli fikrlash. 
Ibroyim Yusupov she’riyati o‘z xalqining hayot tarzini,tarixiy jarayoniga 
bevosita bog‘liqligi yoritilgan.Ibroyim Yusupov asarlarini o‘qish orqali 
bugungi ko‘p millatli,ko‘p tilli xalqimizning teran tarixini va hozirgi hayotini 
boy mazmunli turmush bilan milliy o‘ziga xosligi,madaniyati,xulq-atvori,urf-
odatlari to‘g‘risida yaqindan tanishish imkonini beradi.Yozuvchi tilimiz 
orqali 
adabiyotimizni,adabiyot 
orqali 
tilimizni 
boyitdi,xalqimizning 
dunyoqarashini kengaytirib,betakror ijod orqali qalblarga go‘zallik 
urug‘larini berdi.Shuning uchun ham u har bir she‘rida so‘z va uning 
ma‘nosi,bir so‘zning qayta takrorlanmasligi,uning ta‘sir kuchi,xalq tiliga 
yaqinligi va tushunarliligi hamda zamon bilan hamnafasligiga alohida e‘tibor 
bergan.Bevosita aytishimiz mumkinki,shoir ijodi orqali tilimiz nufuzi yanada 
ortib,lug‘at boyligimiz kengaydi.Shoir poetikasi,uning boshqalarga 
o‘xshmaydigan obraz yaratish usuli,voqelik kitobxonni keng mushohadaga 
chorlashi orqali adabiyotimizda poeziya turini yangi va yuksak cho‘qqilarga 
olib chiqqanligi kabi masalalarni anglab yetdilar.Uning oʻnlab sheʼrlar borki, 
har birida qoraqalpoq shoirining badiiy estetik tuygʻulari, doʻstlikning 


63 
ijtimoiy-maʼrifiy ahamiyati haqidagi fikrlari oʻquvchiga zavq beradi, fikr 
dunyosini boyitadi. I.Yusupov mavzuni shunchaki quruq, taʼsirsiz ifodalar 
bilan taʼriflamaydi, balki hech bir shoirda uchramaydigan, bir oʻqishda yod 
boʻlib ketadigan badiiy komponentlarda talqin etadiki, shoirning topqirligiga 
tan berasiz. Kichkina bir misol fikrimizni tasdiqlay oladi. 
Tomirimizda tugʻishganlik qonimiz bor qotishgan, 
Ota-bobo bir non topsa, birga boʻlib totishgan. 
Xalqimiz bor bir daryoning ikki boʻyicha turib, 
“Assalomu alaykum!” deb nosvoy soʻrab otishgan. 
Misol shoirning “Xorazmga” sheʼridan olindi. Mazkur parchaning oʻzidayoq 
hayotning ixcham bir manzarasi koʻz oldingizda gavdalangandek boʻladi. 
Xorazm va qoraqalpoq xalqlarining qoʻni-qoʻshniligi, birodarligi haqida koʻp 
sheʼrlar yozilgan. Lekin hech bir shoir bu doʻstlikni, uning tarixi va bugunini 
I.Yusupovchalik betakror obrazli shaklda taʼriflamagan boʻlsa kerak. Bu 
sheʼriyatda xalqlarimiz doʻstligini yoritishning chinakam badiiy kashfiyoti, 
shoirning mahorati belgisi. Mahalliy-milliy kolorit talqinining betakror 
koʻrinishi. 
I.Yusupov sheʼriyatining Mirtemir lirikasiga uygʻunlashadigan bir 
xususiyati bor. Shoir sheʼrlari oddiy, samimiy, lekin falsafiy maʼno talqini 
chuqur. Muallifning obrazli fikrlash tarzi mukammal, chiqariladigan xulosa 
ham gʻoyat ibratli. 
Oʻzbekiston haqida koʻp sheʼrlar oʻqiganmiz, qasidalar bitilgan. I.Yusupov 
ham bu mavzuga murojaat etdi va boshqa shoirlarga oʻxshamaydigan 
“Oʻzbekiston” degan sheʼr yozdi. Oʻzbekistonni qoraqalpoq shoiri qalbi, 
ijodiy tamoyillari asosida taʼrifladi. Shuning uchun ham u oʻzbek 
shoirlarining Oʻzbekiston haqidagi sheʼrlarining hech birini takrorlamaydi. 
Sheʼr yigirma band. Uni qasida janri namunasi deyish ham mumkin. Sheʼrda 
Oʻzbekistonning betakror salohiyati, tabiati-yu odamlari, shaharlari-yu 
qishloqlari, mehmondoʻstlik fazilati qoraqalpoq shoiri qalamida yanada 
koʻrkam, yanada jozibador, oʻzgacha jaranglaydi. Ulugʻbek-u Navoiylarni 
bergan diyor, Toshkent, Xorazm-u Buxoro, Andijon-u Fargʻonaga maskan 
boʻlgan oʻlkani shunday ulugʻlaydiki, oʻqigan har bir inson shu yurt farzandi 
ekanligidan faxrlanadi. Bu fikrlarning qoraqalpoq shoiri tilidan aytilayotgani 
sheʼrning ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Mavzuning doʻstlik gʻoyalari 
bilan bogʻlab talqin etilgani sheʼrning yana bir yutugʻidir.Vatan, tug‘ilgan 
joyga atab she’rlar yaratish Ibrohim Yusupovning eng sevimli mavzularidan 
biri bo‘lganligi “Kegayli”, “Qora tol”, “Tolli jag‘isda (sohilda)gi esga 
olishlar”, “Tug‘ilgan yer”, “Ovul, ovul!”, “Tol bo‘libdi tollari” kabi bir qator 
she’rlari qoraqalpoq adabiyotidagi mazkur mavzudagi eng buyuk asarlar 
sifatida baholanadi. Shoir bu she’rlarida tug‘ilgan joyni cheksiz mehr va 
muhabbat bilan ifoda etadiki, tug‘ilib o‘sgan ovulining toli,daraxtlarini ham, 


64 
yulg‘un-saksavullarini ham, hayvonot va nabotot olamini ham,hattoki hakka 
– qora qarg‘ani ham go‘zallikning, nafislikning, yaratganning in’omi sifatida 
kuch-qudratning, qo‘nim topgan joyiga nisbatan sadoqatning yuksak timsoli 
sifatida ko‘rsatadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Yusupov I. Buloqlar qaynaydi. –Tashkent, 1962. 
2.Ma’mbetov Q. I.Yusupov poemaları. – No‘kis: NMPİ kishi tipografiyası, 
2005.
3. Esemuratov G. Yusupovtın’ poeziyası. – Nөкис, 1976. 
4. Yusupov I. Sahro orzulari. –Tashkent, 1967 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling