Ikki elning tanti


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Aдабиётшунослик луғати. 
Т.: Aкадемнашр, 2013. 
2. Бобоев Т. Aдабиётшунослик асослари. Т.:Ўзбекистон, 2002. 
3. VikipediyA 
4. Ибройим Юсупов. Қоратол. Т.:Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва 
санъат нашриёти, 1988
IBROYIM YUSUPOV IJODINING O‘ZIGA XOSLIGI 
Sh.Maxmidjonov
FarDU adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi 
S.Komilova 
FarDU filologiya fakulteti 2-kurs talabasi 
Annotatsiya: ushbu maqolada Ibroyim Yusupov ijodi, she’riyatidagi vatan 
obrazining qiyosiy tahlili, shoirning vatan obrazi orqali ifodalamoqchi 


53 
bo‘lgan g‘oyalari, o‘ziga xos uslubi va obraz yaratish mahorati tahlil 
qilingan. 
Kalit so‘zlar: xalq kuychisi, ijodkor inson, badiiy mahorat, vatan tuyg‘usi. 
“Adabiyot xalqning yuragi, elning maʼnaviyatini koʻrsatadi. Bugungi 
murakkab zamonda odamlar qalbiga yoʻl topish, ularni ezgu maqsadlarga 
ilhomlantirishda adabiyotning taʼsirchan kuchidan foydalanish kerak. 
Ajdodlar merosini oʻrganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk 
adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz” – deya takidlaydi 
yurtboshimiz Har bir xalqning o‘zi suygan, ardoqlagan va chin yurakdan 
hurmat qilgan shoir va yozuvchilari mavjud. Bu insonlar o‘zlarining ijod 
mahsullari bilan xalqning, mehr-u ishonchiga sazovor bo‘ladi. Ana shunday 
e’zozlangan shoirlardan biri bu – Ibroyim Yusupovdir. Ibroyim Yusupov 
1929-yil 5-mayda Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani, Azot ovulida 
tavallud topgan. Qoraqalpoq pedagogika institutini 1949-yilda tamomlagan. 
1949-1961-yillar o‘zi o‘qigan universitetda o‘qituvchi, “Amudaryo” jurnalida 
bosh muharrir, N.Dovqorayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida ilmiy 
xodim, sektor mudiri, Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasining raisi 
(1965-1980), “Sovet Qoraqalpog‘iston” gazetasining bosh muharriri (1980-
1985), Qoraqalpog‘iston ma’aviyat va ma’rifat markazining raisi (1985-
2000) sifatida faoliyat olib borogan.
Shoirning dastlabki she’rlari XX asr 
40-yillari o‘rtalarida e’lon qilina boshlangan. Uning 30 dan ortiq she’riy va 
nasriy to‘plamlari bor. “Qir qiz”, “Aktrisaning iqboli”, “Umirbek laqqi”, 
“Ajiniyoz” kabi asrlar muallifi. Ibroyim Yusupovning “Kun chiqish 
yo‘lovchisiga”, “Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha”, “Qora tol”, 
“Turnalar” va boshqa she’rlarini qoraqalpoq xalqi iliq munosabat bilan kutib 
olganlar. Shuningdek, yozuvchining “Akatsiya gullagan joyda”, “Gilamchi 
xotin haqida haqiqat”, “Dala armonlari”, “Mangu buloq” singari dostonlari 
XX asr qoraqalpoq adabiyotining eng katta yutuqlari hisoblanadi.
Shoir yozgan “Buloqlar qaynaydi”, “Oltin qirg‘oq”, “Dala armonlari”, 
“Cho‘l to‘rg‘ayi”, “Qora tol” kabi asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 
Qoraqalpog‘iston davlat madhiyasi matni Ibroyim Yusupov qalamiga 
mansubdir.
Yozuvchi ijodining salmoqli qismini vatan mavzusiga bag‘ishlangan. 
Uning she’rlaridagi yurtga bo‘lgan muhabbat, vatan sog‘inchi kabi ulug‘ 
tuyg‘ular o‘zgacha mahorat bilan tasvirlangan. Misol qilib Omon Matjon va 
Yangiboy Qo‘chqorovlar tomonidan tarjima qilingan “Qoraqalpoqni ko‘p 
maqtamang ko‘zimcha” she’rini keltirishimiz mumkin.
Shoir she’rining matla qismida go‘yoki qoraqalpoq xalqining 
samimiyligi soddaligini aytib o‘tadi. U xalqni “qarmoqqa tez tushadigan 
baliq”, “cho‘rtanimday sal anqovroq xalqman” deya ta’riflaydi.


54 
Keyingi misralarda esa u o‘z ona xalqining juda ham ochiq qo‘l, 
mehribon, mehmondo‘st xalq ekanini, odamlari mehnatkash, to‘g‘ri so‘z, 
yosh boladay ko‘ngilchan, qalbi Jayhundek jo‘shqin ekanligini ta’kidlab 
o‘tadi.
Qoraqalpoqni ko‘p maqtama ko‘zimcha, 
Qarmoqqa tez tushadigan baliqman. 
Har kimning bor ojiz joyi o‘zicha, 
Cho‘rtanimday sal anqovroq xalqman. 
Ushbu she’rni Muhammad Yusufning “Iqror” she’ri bilan qiyoslasak, 
ikkala she’r ham Vatan madhi uchun bitilgan. Shoirlarning o‘z diyorining 
ta’rif-tavsiflari keltirib o‘tilgan. Muhammad Yusufning ushbu she’rida:
Sendek mehribon yo‘q, seningdek ko‘rkam,
Rimni alishmasman bedapoyanga. 
degan jumlalarni aytib o‘tadi. Ibroyim Yusupov esa: 
Yolg‘iz otin so‘yib berib qo‘noqqa,
Yayov qolib bu el talay bo‘lgan zor. 
degan misralarni yozadi. Muhammad Yusuf shoir o‘z ona vatanining 
ko‘rkam va mehribonligini aytib, uning bedapoyalarini Rimga 
alishtirmasligini ta’kidlaydi. Barchamizga ma’lumki Rim go‘zal, afsonaviy 
shahar. Shoir ana shunday joyni oddiy bedapoyaga alishtirishga tayyor. 
Albatta O‘zbekiston bunday ta’rifga juda ham loyiqdir. Ibroyim Yusupov 
qoraqalpoq xalqining bor ayb-u nuqsonlari bilan yaxshi ko‘rishini ifodalab 
o‘tadi.
Shoirning poetik ijodida dono xalqimizning naq-u maqollariga ko‘plab 
duch kelishimiz mumkin. Yuqoridagi she’rining so‘ngi misralarida “Yaxshi 
so‘z jon ozig‘idir” naqli bilan boshlab, maqta qismini kamtarlik bilan 
yakunlaydi: 
Yaxshi so‘z jon ozig‘idir, naql bor,
Xushomadga har kim havas o‘zincha. 
Shundayam, bir o‘tinchim bor, odamlar: 
Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha. 
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, shoir Ibroyim Yusupov lirikasida 
vatan, mavzusi yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi. U tug‘ilib o‘sgan 
makonini hech qaysi shoir qo‘llamagan uslub bilan namoyon qiladi. Shoir 
ijodi mamlakatimiz e’tiboridan chetda qolmadi. Unga Qoraqalpog`iston 
Respublikasida san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Berdaq nomidagi davlat 
mukofotiga loyiq ko‘rildi. Shoir O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt 
hurmati”, “Do‘stlik” ordenlari, bir qator hukumat faxriy yorliqlari va 
medallari 
bilan 
mukofotlandi. 
2004-yili 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni berildi. 


55 
Ibroyim Yuspov hozirda xalqning orasida bo‘lmasada lekin xalqning qalbida 
va she’rlarida doimo mangu yashaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Sh.Mirziyayev. 
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy 
bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyobonda so‘zlagan nutqi. 
2. Umarali Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. –T.:Ma’naviyat.2000 
3. Ibroyim Yusupov “Tanlangan asarlar”. “Sharq” Nashriyot-Matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent, 2019 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling