Ikki elning tanti


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

 
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 
1. Ibroyim Yusupov “Tanlangan asarlar”. (1992) 
2. 
http://ziyouz.com
 
IBROYIM YUSUPOV SHE’RLARIDA SINONIM SO‘ZLAR VA 
KO‘CHIM TURLARINING AHAMIYATI 
 
M.Husaynova, D.Rustamova, 
 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent 
axborot texnologiyalari universiteti
talabalari 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ibroyim Yusupovning hayoti va ijod yo‘li 
to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari “Mening yigit vaqtim, 
sening qiz vaqting…”deb nomlangan she’rlari va unda uchraydigan 
so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari hamda ko‘chim 
turlaridan metaforaga oid misollar tahlil qilinadi. 
Annotation: This article provides information about the life and creative path 
of Ibrayim Yusupov. In addition, the poems called "My boyhood time, your 
girlhood time..." and the types of words found in it according to the relation 


72 
of form and meaning, as well as examples of metaphors from the types of 
movement, are analyzed. 
Kalit so`zlar: sinonim, omonim, antonim, metafora, to`plam, ruhiyat. 
Key words: synonym, homonym, antonym, metaphor, set, mentality. 
Аннотация: В данной статье представлена информация о жизненном и 
творческом пути Ибраима Юсупова. Кроме того, анализируются 
стихотворения под названием «Мое отрочество, твое девичество...» и 
встречающиеся в нем типы слов по соотношению формы и значения, а 
также примеры метафор из типов движения.
Ключевые слова: синоним, омоним, антоним, метафора, установка
менталитет. 
O‘zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat 
ko‘rsatgan 
san’at 
arbobi 
Ibroyim 
Yusupov 
1929-yil 
5-mayda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tavallud topgan.Yoshligidan jajji qo‘llari 
bilan qalam ushlagan va urush yillarida ijod qilgan shoirimiz o‘z faoliyatini 
Qoraqalpoq pedagogika institutini tamomlagach, avval gazeta va jurnallarda 
faoliyat olib borish bilan davom ettiradi va 20-asrning 40-yillarida ilk 
she’rlarini e‘lon qildi. Qahramonimiz shoirgina bo‘lib qolmay balki, jahon 
klassik durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, shu jumladan u yetuk 
tarjimon desak, yanglishmaymiz. Shuningdek, qahramonimizning “Akatsiya 
gullagan joyda”, “Gilamchi xotin haqida haqiqat”, “Dala armonlari”, “Mangu 
buloq” singari dostonlarini ham xalqimiz ko‘zida yosh va qalbida mehr ila 
eshitgan. Bu durdonalar 20-asr qoraqalpoq adabiyotining eng katta yutuqlari 
hisoblanadi. Ibroyim Yusupovning asosiy ijodidagi farq esa urushni ko‘rib, 
bilib bu holatni o‘z mo‘yqalami orqali asarlarda, she’rlarida chuqur aks ettira 
olgan.
Uning she’riy to`plamlari ba’zan ajoyib va ba’zan tushkunlik bilan 
murakkab tarzda yoritilib berilgan. Shu tariqa insonlar ruhiyatini uning 
she’rlari, asarlari orqali anglash mumkin bo‘ladi. Qahramonimiz she’rlari har 
qanday insonni o‘ziga jalb qila oladi.”Mening yigit vaqtim,sening qiz 
vaqting…” she’riga etibor bersak, bunda shoir notiqlik bilan yangi ochilgan 
universtitet va u yerga ilk jo‘shqin qadam qo‘ygan talabalarni tasvirlaydi. Bu 
manzara har bir kitobxonga o‘zgacha shukuh va o‘ziga bo‘lgan ishonchni 
to‘laqonliligicha aks ettiradi.
Shoirning she’rlarini tahlilga tortar ekanmiz, unda turli xil ko‘chim 
turlaridan unumli foydalanganligining guvohi bo‘lamiz. 
Metafora (gr. metaphora – ko‘chirish) – nutq mexanizmi, biror leksema 
denotatining tashqi, zohiriy o‘xshashligi asosida boshqa ma’noni ifodalash 
uchun ishlatilishi.[1,133] 
So`nggi “Kazbegim”ni tutatib olib. 


73 
Uzoq tentiradim anhor boyida. 
Bu misralar albatta, hammamizga tanish. Asosan, bu bilan anhorning 
bo‘yida seni uzoq kutdim va izladim deya o‘z so`zlarini universtitet tomon 
chorlaydi. Balki, shoir bu so‘zlari bilan uzoq va bardavomli sokinlikni 
nazarda 
tutayotgandir. 
Bundan 
tashqari 
metaforaga 
oid 
misol 
qo‘llaganilganligiga guvoh bo‘lamiz. Hozirgi davrda hamon sening ismingni 
ta’kidlaganimda o`sha davrdagi sening jozibang, ulug’vor qudrating ko`z 
ongimda gavdalanadi deya shoir o`z hissiyotlarini universtitet tomon aks 
ettiradi. Shunday kirib kelganimda viqor bilan turishing esa hamon 
yodidaligini bildiradi. So`zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra 
turlaridan ishtirok etgan metafora fikrlarning izchilligini ta’minlaydi. 
Yurakni tirnardi “Tanovar” yig‘lab, -
Shamollar izg`irdi xazonni titib… 
  
Mazkur misralarda ham metaforaga oid jumlalar tanovorning yig‘lab, 
yurakni tirnashi, shamollar izg‘ib xazonni titishi jonlantirish vositasida yana 
ham she’rning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.
Majnuntol shoxlari suvlarga solib- 
Sochlaringni solar edi o‘yimga… 
Ushbu 
misralarda 
jonlantirish 
vositasida 
majnuntol 
shoxlari 
sochlaringni yodimga solar edi jumlalari orqali metafora qo‘llanilgan. 
Tovusdek tovlangan o‘zbek qizlari. 
Dasturxon yozarlar, tutarlar ham jom. 
Oh, tug‘ishganingday zaboni shirin- 
Studentlik, senga olqish, ehtirom. 
Mazkur misralarda o‘zbek qizlarining tovusdek tovlanishini, zaboni 
Shirin jumlalarini metaforaga misol bo‘la oladi. 
Ayni ilk saharda ochilgan guldek- 
Ochilib kiyibsan, ochilib gulim! 
Hinduning ortidan ergashgan fildek- 
Sen tomon eltadi hamisha yo‘lim… 
 
Ushbu misralarda metaforani yuzaga keltiruvchi -dek qo‘shimchasidan 
guldek, fildek so‘zlari orqali ko‘chi turini hosil qilishda unumli 
foydalanilgan. 
Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo aynan bir tushunchani turli bo‘yoq 
va ottenka tusi bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi (gr. 
synonymos – “bir nomli”). Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya 
yoki 
sinonimik 
munosabat 
deb 
yuritiladi. 
Sinonim 
leksemalar 
sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi 
farqlanadi.[2.137] 
Shoirning 
yuqorida 
berilgan 
she’rida 
sinonim 
so‘zlarning 
qo‘llanilganligiga guvoh bo‘lamiz. 


74 
Ming-ming yigit qizning u shavq,shukuhi 
Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting 
Mazkur misralarda shavq va shukuh so‘zlari o‘zaro sinonim sifatida 
qo‘llangan. Aynan shu misralardagi yigit vaqtim, qiz vaqting jumlalarini 
matn ichidagi antonim sifatida olishimiz mumkin. 
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, adibning “Mening yigit 
vaqtim sening qiz vaqting” nomli she’ri juda ko‘p chiroyli o‘xshatishlardan 
iborat. Mazkur she’rni ilk marotaba tinglagan inson balki, biroz tushunishga 
qiynalar lekin, bu she’r hammaga birdek yoqadi. Chunki, bu she’rda o‘ziga 
bo‘lgan ishonch, universtitetga bo‘lgan eng katta kuch uni muhabbatini 
yanada oshiradi va uni butun umri davomida unutmaslik uchun doim o‘ziga 
chorlab turadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1. R.Sayfullayeva “Hozirgi o`zbek tili ”. Hosila sememaning vujudga 
kelish yo‘llari. Toshkent 2019, 133- bet. 31-dars. 
2. R.Sayfullayeva “Hozirgi o`zbek tili ”. Leksik – semantik
munosabatlar Toshkent 2019, 137- bet.32-dars. 
3. 
https://www.google.com/url?q=https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ibroyim_Yus
upov&sa=U&ved=2ahUKEwiMlLHw6d_7AhVMkMMKHQRWDvgQFnoE
CAYQAg&usg=AOvVaw2K8hjc-hpr1999kqGn4LWG
 
4. 
https://www.google.com/url?q=https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ibroyim_Yus
upov&sa=U&ved=2ahUKEwiMlLHw6d_7AhVMkMMKHQRWDvgQFnoE
CAYQAg&usg=AOvVaw2K8hjc-hpr1999kqGn4LWG
 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling