Ikki elning tanti
IBROYIM YUSUPOV SHE’RLARIDA HISSIY KECHINMALAR
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар
IBROYIM YUSUPOV SHE’RLARIDA HISSIY KECHINMALAR
Eshonqulova Svetlana Viktorovna Abdujabborova Feruza Asadbek qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Annotatsiya: Ushbu maqolada Ibroyim Yusupov she’rlaridagi ichki his- tuyg‘ularning inson hayotidagi o‘rni, uning tasavvurimizdagi obrazi haqida so‘z yuritilgan. Аннотация: В данной статье говорится о месте внутреннего чувства в жизни человека и его образе в нашем воображении в стихах Ибрагима Юсупова. Abstract: This article talks about the place of inner feelings in human life and its image in our imagination in Ibrayim Yusupov's poems . Kalit so’zlar: Ibroyim Yusupov she’riy to‘plamlari, “Amudaryo” jurnali, qoraqalpoq madaniyati, “Oltin qirg’oq”, “Mangu buloqlar”. 69 Ключевые слова: поэтические сборники Ибраима Юсупова, журнал "Амударья", Каракалпакская культура, “Золотой берег”, “Вечные источники” Keywords: poetry collections by Ibraim Yusupov, "Amu Darya" journal, Karakalpak culture, "Gold Coast", "Forever springs" Ibroyim Yusupov qoraqalpoq va o‘zbek xalqining suyukli, el ardog‘ida bo‘lgan, buyuk shoirlaridan biri hisoblanadi. Ibroyim Yusupov 1929-yili Chimboy tumanidagi Ozod qishlog‘ida tavallud topgan. 1949-yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini bitirgach, 1961-yilgacha shu oliy dargohda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. 1961–1962 yillarda “Amudaryo” jurnalining bosh muharriri, keyingi uch yil mobaynida Najim Dovqorayev nomidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlash bilan bir qatorda yana ko‘plab sohalarda faoliyat olib borgan. Uning she’rlari 40-yillarda matbuotda e’lon qilina boshlangan. Bolaligida qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi namunalarini, Sharq adabiyoti namunalari hamda mumtoz adabiyotimiz namoyondalarini, talabalik yillarida esa rus va jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishib ularni qunt bilan o‘rgangan. Shoirning ilk she’ri “Vatanim” nomi bilan e’lon qilingan. Shu bugungacha “Baxt lirikasi” (1955), “Kunchiqar yo‘lovchisiga” (1959), “O‘ylar” (1960), “Yetti navo” (1962), “Dala orzulari” (1966), “Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar” (1971), “To‘maris” (1974), “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo” (1987), “Tuzli shamollar” (1988), “Ko‘ngildagi keng dunyo” (1989), “Bekligingni buzma sen...” (1995), “Har kimning o‘z zamoni bor” (2004) kabi she’riy to‘plamlarini nashr ettirildi. Uning ikki jildlik “Tanlangan asarlar” to‘plamlari ikki marotaba – 1978–79 va 1992 yillarda nashr qilingan. Turli yillarda chop etilgan to‘plamlarda shoirning “O‘rtoq muallim”, “Akatsiya gullagan yerda”, “Aktrisaning iqboli”, “Gilamchi ayol”, “Eski favvora ertagi”, “Dala armonlari”, “To‘maris”, “Bulbul uyasi”, “Farishta oy”, “Poseydonning g‘azabi”, “Vatan tuprog‘i” va boshqa doston (poema)lari e’lon qilingan. Bundan tashqari Ibroyim Yusupov bir qator pyessa va publitsistik maqolalarning ham muallifi hisoblanadi. Shoir ko‘plab qardosh xalqlar va jahon adabiyoti mumtoz shoirlar asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilib, sayrata olgan tarjimondir. U A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, T.Shevchenko, J.G.Bayron, I.V.Gyote, G.Geyne, F.Shiller she’rlarini, Shekspir sonetlarini, Alisher Navoiy va Hofiz g‘azallarini, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilib, milliy adabiyotimizni badiiy-g‘oyaviy, shakliy jihatdan turli asarlar ila boyitdi. Ibroyim Yusupov nasr va dramaturgiya sohasida ham qalam tebratdi. 1963-yilda uning “Qari tutning kuzi” nomli hikoyalar, ocherk va publitsistik maqolalar to‘plami bosmadan chiqdi. Shoir “Qirq qiz” pesasini, (Amet Shomuratov bilan birgalikda), 1966-yilda “O‘mirbek laqqi” komediyasini, 70 1986-yili “Iskandar podshoning tushi” dramasini, 1973-yili “Ajiniyoz” operasi librettosini yaratdi. Ibroyim Yusupov adabiy tahlil, she’riyatning munozarali muammolari, badiiy tarjima masalalariga bag‘ishlab bir qancha mazmundor maqolalar yozib, hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotshunosligi faniga ham ulkan hissa qo‘shdi. Uning “Lirika haqida munozara” (1956), “Urushdan keyingi qoraqalpoq poeziyasi” (1956), “Xalq shoiri Abboz Dobilov” (1958), “Dala Orfeyi” (1957), “Qoraqalpog‘iston – Mahtumqulining ikkinchi shoirlik vatani” (1958), “Mahtumquli va qoraqalpoq adabiyoti” (1957), “Mahtumquli asarlarini tarjima qilishdagi ba’zi bir anglashilmovchiliklar haqida” (1983) kabi maqolalari shular jumlasidandir. Shoir o‘z she’rlarida vatanga, yurtga bo‘lgan muhabbat, insonlarning bir-biriga sadoqati, sevgi va vafo singari tushunchalarni nihoyatda yuksak mahorat bilan tasvirlay olgan ijodkor hisoblanadi. Shoirning ko‘plab she’rlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan va keng kitobxonlar ommasiga yetib borgan. Jumladan, adibning quyidagi “Qoraqalpoqni ko‘p maqtama ko‘zimcha” she’rida qoraqalpoq xalqining mehnatsevarligini shunday tasvirlaydi: Mehnat desa yeng shimargan polvonday, Aravada tog‘ keltir de, keltirar. Do‘stlik desa, yulduz topib olganday, Oq ko‘kragin ezgulikka to‘ldirar. Ibroyim Yusupov insonlar orasida mehr-muruvvat tuyg’ularining yuksak ehtiromini quyidagi satrlarga joylaydi: Birov ketsa oradan, Birov unga yig‘laydi. Bir odamdan bir odam, Borib kengash so‘raydi. O‘q otilsa birovga, Jonin qo‘yib garovga. Yetib borar suyovga, Bir odamni bir odam Shoir bu she’rida turkiy xalqlarning qadim zamonlardan buyon bir-biri bilan ahillikda, og‘ir damlarida yelkadosh, alamli kunlarida qayg‘udosh bo‘lib qardoshidan jonini ham ayamaydigan mard, tanti xalq ekanligini sodda satrlarda chuqur mulohazalar bilan ifodalaydi. Tirik turib kimdir otin yo‘qlamas, Inson bo‘lib ichgan tuzin oqlamas, Beryog‘idan qo‘ygan bilan to‘xtamas, Naryog‘inda bir narsasi bo‘lmasa. Shoirning “Bo‘lmasa” nomli she’ri chuqur falsafiy ma’noga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Basharning bu foniy dunyoga ko‘ngil qo‘yishi 71 oqibatida haqiqiy dunyoni unutishi, bu olamda otini abadiylashtirishga loyiq bir ish etmasligi, odamlar xotirasida “kimningdir bolasi” va yoki “kimningdir otasi” bo‘lib qolishlik, insonlarning qilgan yaxshiliklariga javob qaytarmaslik, faqat va faqat yolg‘on dunyo ortidan quvishlik hozirgi zamon she’riyatida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bu mavzu bashariyat mavjud ekan, hamisha global bo‘lib qolaveradi. O’zining muhabbat tarixini ham go‘zal badiiy chizgilar bilan tasvirlaydi: Sarvi gulga bulbul qo‘ngaydir har dam, Malol kelmas, bog‘bon beozor odam, Yayrab gul teraylik kelaqol erkam, Balog‘at tongida anor gulladi. Ma’lumki, adabiyotda qizning tik qomati sarvga, go‘zalligi gulga o‘xshatilsa, oshiq bulbulga qiyoslanadi. Bog‘ tasviri muhabbat olamiga qadam qo‘ygan yoshlarning visol onlariga guvohlik qiluvchi makondir. Folklorda oshiq o‘z mashuqasiga muhabbatini izhor qilishda anor, olma, gul kabi ramziy ahamiyatga ega detallardan foydalangan. She’rda xalqona pafos yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Ibroyim Yusupov o‘zining salmoqli ijodiy merosi bilan faqatgina qoraqalpoq xalqining emas, balki, o‘zbek xalqining ham adabiy merosini boyitgan ijodkor hisoblanadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling