Ikki elning tanti


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар

Ki, yangi - bastakor Zamon
Yangi sozla, sozingni. 
Yangi yo'llarda yotsirab, 
Bo'g'mag'il ovozingni. 
Bastakor qoʻshiqqa kuy bastalagandek sen ham zamon bilan hamnafas 
bo'l. Yangi yoʻllarda yurayotganingda, albatta, qandaydir toʻsiqlarga duch 
kelasan. Lek shu toʻsiqlarni qoʻrqmay yengib o't. Har qanday qiyinchiliklar 
muvaffaqiyatlar kalitidir.
Dunyo - toshqin, oqar daryo
U har on o'zgaradi. 
Kecha quloq eshitganin, 
Bugun ko'zing koʻradi.
Dunyo jarangdor so'z-a? Shoir dunyoni nimaga toshqin, daryoga 
o'xshatyapti. Xalqimizda shunday naql bor : " Oyning o'n beshi yorugʻ, o'n 
beshi qorongʻu". Dunyo hech qachon bir xil muvozanatda turmaydi. Doimo 
harakatda, oʻzgaruvchan. Dunyo goʻyoki charxpalak kabidir. Masalan, 
bugun boysan, ertaga esa hech kiming yo'q gadoysan. Bu foniy dunyoning 
sinovi ham ana shunda. 
Fasl ranglardan kiyim kiysa, 
Yangila kiyimingni. 
Gar kerak, yangila: tuygʻu, 
Uy-roʻzgʻor buyumingni. 
Diyorimizda to'rt fasl o'z sehri va tarovati ila almashinib boradi. Barcha 
insonlar 
fasllarga 
moslab 
kiyinadilar.Sen 
fasllar 
almashgani 
sari 
tuygʻularingni ham almashtirib tur.Ginalaring boʻlsa unut. Bunday gina 
saqlab yurish yarashmaydi. 
Oxori ketsa o'zgart sen
Fikring mag'z-u po'stini
Biroq yangilay koʻrma hech
Zinhor eski doʻstingni. 
Xalqimizda shunday naql bor : " Yangisini topganda eskisini unutma ". 
Doʻst shunday narsaki, goʻyoki yoʻlingni yoritguvchi mash'al kabidir. 


67 
Fikrlaringni, qarashlaringni oʻzgartirsang boʻladi. Lekin doʻstlarni hech 
qachon oʻzgartirib boʻlmaydi. Doʻstlikni suisteʼmol qilish gunohlarning eng 
yomonidir. 
Do'st ortdir yangi avloddan, 
Yot tuymasin oʻzingni. 
Lek oqil eski doʻstlardan
Og'irmagin yuzingni. 
Do'stsiz hayotdan koʻra kimsasiz sahro yo'q; doʻstlik neʼmatni 
koʻpaytiradi, 
qiyinchiliklarni 
yengillashtiradi, 
ruhning 
tasallisidir. 
Darhaqiqat, do'stlarsiz hech qanday baxt yo'q. Ahboblardan qimmatroq narsa 
yo'q, shuning uchun ham imkon qadar ularni qoʻlga kiritish imkoniyatini 
yoʻqotmang. Yangi doʻstlar orttiring, dildan suhbatlashing, dardlariga 
malham boʻling , lek eski doʻstlaringizni yoddan chiqarmang.
"Yangi koʻza - suvi toza",
Yangi doʻst suyuk boʻlar. 
Biroq, mening kabi aslo
Qalbing tushunmas ular. 
Yangi ko'zaga suv qoʻysangiz, suv tiniq koʻrinadi. Yangi narsalar 
hamma hammaga yoqadi.Yangi doʻstlar ham insonlarga yoqadi, koʻproq 
muloqotda boʻlishga intiladi. Ular haqida koʻproq maʼlumot olishga harakat 
qiladi. Yangi doʻstlarni topib, koʻproq suhbatlashib, meni esdan chiqarib 
qoʻyma. Bular mening kabi boʻlolmaydi hech qachon! Chunki men sening 
qalbingni tushuna olaman, his eta olaman, ular boʻlsa bilishmaydi.
Zamon yangi lek oqkoʻngil
Eski doʻstlaring boʻlsin. 
Koʻzlaring cho'gida xalq uchun 
Mehr lovullab tursin. 
Haqiqiy doʻst bizning ikkinchi oʻzimiz boʻlishi kerak; u hech qachon 
doʻstdan axloqiy goʻzallikdan boshqa narsani talab qilmaydi. Doʻstlik bizga 
tabiatan yaxshiliklarga yordamchi sifatida berilgan, yomonliklarda hamroh 
sifatida emas. Xalq uchun jonini fido qilishga tayyor har qanday doʻst 
sadoqat timsolidir. Koʻpchilikning dardini oʻylagan insondan yomonlik 
chiqmaydi. Xalqqa mehr bersa, mehr qaytadi. 
Yashamoqning qizigʻi yoʻq 
Oʻzingdan boʻlak menga
" Xay, shoir! 
Kelmay ketding-ku!...." 
Deyishing kerak menga. 
Yashamoqning oʻzi nima ? Xuddi bir tansiq taomdek gap. Yeb 
tugatilsa, umr ham tugaydi. Doʻstlar - bu odamlar oʻrtasidagi munosabatlar, 
uni har kim yaratish mumkin. Eng yaxshi doʻstlari boʻlgan odamlar oʻzlarini 


68 
yer yuzidagi eng baxtli odamlar deb bilishadi. Haqiqiy doʻst sizning 
hayotingizda qora chiziq boʻlsa ham, siz tomonga boʻlishda qatʼiy qaror 
qilishadi. Qiyinchiliklar sizning eshigingizni taqqillatganda, yomon doʻstlar 
sinovdan oʻtishi dargumon.Ularning aksariyati sizdan yuz o'giradi yoki 
dushmanlaringiz bilan birlashadi, muvaffaqiyatli odamlarga boradi. 
Muvaffaqiyat va boylik sizdan ketishi bilan soxta doʻstlar sizni 
tanimayotganday qilib ko'rsatishadi, siz ular uchun begona boʻlib 
qolasiz.Haqiqiy doʻst esa sizning muvaffaqiyatlaringiz va yutuqlaringizdan 
chin dildan quvonadi va hech qanday holatda sizga yomonlik 
tilamaydi.Doʻstlikni qadrlash kerak, chunki zamonaviy dunyoda haqiqiy, 
sodiq, samimiy va xayrixoh doʻstlarni topish juda kam uchraydi. Yaxshi 
doʻstlar bir-birlariga ishonadilar. 
Doʻstlikni qadrlaydigan va yaxshi doʻst boʻlishni biladigan odamning 
sodiq va ishonchli doʻstlari bor. Agar biz kimgadir yordam berishga harakat 
qilsak, bu yaxshilik bizga qaytadi va biz oʻzimizning " ulugʻvorligimizni " 
topamiz. Yaxshi doʻstlar boʻlishi uchun, siz oʻzingiz yaxshi doʻst boʻlishingiz 
kerak!
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Ibroyim Yusupov " Qoratol". Toshkent. G'afur Gʻulom nomidagi Adabiyot 
va sanʼat nashriyoti. 1988. 58 bet. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling