138
MUVASHSHAH
I- ste‘doddan yaralgan bu foniy dunyo
B- erilgandir meros qilib shoirlarga.
R- avza bo‘lar so‘z kuchidan oxir sahro
O- jiz boqar qalbni yoqqan qodirlarga.
Y- angraydi xush ovoz Chimboy tomonlardan
I- btidoda yurt nafasi, inson qadri.
M- uallodir haqni aytmish zabonlarda
Y- ulduzlarday misralarda xalqning sabri.
U- mid yonar
yuraklarni yoqmoq uchun
S- o‘z sehrining sadosidan titrar zamin.
U- yg‘otmoqchi bo‘lib mudroq tilaklarni
P- archalaydi jasorat-la nafsning damin.
O- rif Ustoz, sizsiz so‘zi, umri saboq,
V- ulqon bugun taftingizdan qoraqalpoq!!!
Saodatxon Sulaymonova,
Filologiya fakulteti
22.94-guruh talabasi.